To`qimalarning hosil bo`lishi. Yosh organizmrivojlanar ekan, undagi
hujayralar soni ko`payadi va tabaqalanadi. Embrion qavatlari teri, ektoderma,
endoderma va mezodermadan hosil bo`lib, toqima va organlarga tabaqalanadi.
Ektodermadan nerv to`qimasi, terining epiteli qavati hosil bo`ladi.
Endodermadan ovqat hazm qilish organlarining shilliq qavati, nafas yo`li va siydik
pufagining shilliq qavatlarini qoplovchi epiteli, ovqat hazm qilish organlarining
shilliq qavatlaridagi bezlar, so`lak bezlari, jigar meda osti bezi hosil bo`ladi.
Mezodermadan qonning shaklli elementlari, silliq muskullar va qon tomirlari
paydo bo`ladi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |