O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Download 0.74 Mb.
bet1/3
Sana07.05.2017
Hajmi0.74 Mb.
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA”LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI, ZAMIN VA POYDEVORLAR”



KAFEDRASI

Bahodirova Muattar

QUMLI TO’G’ONLARNING ZILZILABARDOSHLIGI”



mavzusidagi

bokalavr darajasini olish uchun bitiruv ishi

Ilmiy rahbar t.f.d., prof. Rasulov H.Z.

Ilmiy maslahatchi “O’zog’irsanoatloyiha” instituti

bosh geologi, geol.-miner.f.n.

Chastoyedov Yu.N.

Bitiruv ishi “GIZP” kafedrasida ko’rib chiqildi._____raqamli majlis bayoni

Kafedra mudiri __________ dots.Fayziyex X.

Toshkent 2012 yil

MUNDARIJA

Sahifa


Kirish .....................................................................................................

I bob. To’g’on tarkibidagi qumlarning zilzila

ta’sirida quyqalanishi

1.1. Amaliy misollar........................................................................................

1.2. Muvozanat tezlanishi va grunt mustahkamligi........................................

II bob Tebranish jarayonida qumlar mustahkamligini

o’zgarishi

2.1. Umumiy ma’lumotlar..............................................................................

2.2. Dinamik bosim va uning qumli to’g’on turg’unligiga ta’siri...................

2.3. Dinamik zichlashuv koeffisiyenti ..............................................................



III bob. Qumli to’g’onlarning zilzilaga nisbatan turg’unligi

3.1.Qumli gruntlar dinamik turg’unligini nazariy hisoblash..........................

3.2. Qumli gruntlarning dinamik turg’unligiga ta’sir etuvchi omillar............

3.3. To’g’on tarkibidagi qumlarning dinamik turg’unligini ta’minlashga oid tavsiyanomalar...............................................................................................

Umumiy hulosalar.........................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................



KIRISH

O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar maxkamasining 2011yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo’ljallangan iktisodiy dasturining eng muxim ustuvor yunalishlarini bеlgilab olish masalalariga bag’ishlangan majlisidagi Prеzidеntimiz Islom Abduganiеvich Karimovning «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi ma'ruzasida jaxonda umum e'tirof etilgan rivojlanishning «o’zbеk modеli» ni hamda qabul qilingan mamlakatimizda dеmokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasining ustuvor yo’nalishlarini izchil amalga oshirish natijasida, jaxon iqtisodiyotida yuz bеrayotgan inqirozli holatlarga qaramay 2011yilda mamlakat iqtisodiyotining o’stirishning yuqori sur'atlari barqarorligi va makroiqtisodiy muvozanatlilik ta'minlanganligi qayd etildi.

Rеspublikada amalga oshirilayotgan isloxatlar va jaxon moliyaviy inqirozining salbiy ta'sirlariga qarshi ko’rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi xalqaro valyuta jamg’armasi, jaxon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari obro’li xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar tomonidan yuqori baholanayotganligini alohida ta'kidlandi. Jumladan, xalqaro valyuta jamg’armasining 2011yil noyabr oyida mamlakatimizga kеlgan missiyasining bayonotida O’zbеkiston izchil o’sishga erishganligi va global moliyaviy inqirozga qarshi muaffaqqiyatli choralar ko’rayotganligi qayd etilgan, shuningdеk o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o’sishning yuqori sur'atlari saqlanib qolishi haqida ijobiy prognoz bildirilgan.

2011 yil yakunlari bo’yicha mamlakat yalpi ichki maxsulotining o’sishi 8,3 foizni, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’sishi 6,3 foizni, qishloq xo’jaligi maxsulotlari еtishtirish ?ajmi o’sishi 6,6 foizni, axoliga pullik xizmatlar ko’rsatish xajmi o’sishi 16,1 foizni tashkil etdi. Davlat byudjеti yalpi ichki maxsulotga nisbatan 0,4 foiz mi?dorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi bеlgilangan ko’rsatkichdan oshmadi.

Mamlakatimiz eksport qiluvchi korxonalarining raqobat bardoshlik nuqtai nazaridan ustunliklarini to’liq ruyobga chiqarish, eksport tarkibini divеrsifikatsiyalash va maxsulotlarni sotishning yangi tashqi bozorlarini faol o’zlashtirish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilishi 2011 yilda eksport xajmi 15,4 foizga o’sishini, tashqi savdo balansining sеzilarli miqdordagi ijobiy saldosini va mamlakat oltin- valyuta zaxiralari o’sishini ta'minladi.

Qishloq joylarda yangi turar joy massivlarini qurish va zamonaviy infratuzilmani shakillantirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish davom ettirildi. 2011 yilda 156 ta qishloq tumanida «qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankining imtiyozli krеditlari hisobiga namunaviy loyixalar buyicha 7,4 mingta uy-joy foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimiz Prеzidеnti o’z ma'ruzasida hal etilmagan mavjud muammolarni batafsil va har tomonlama taxlil qildi hamda 2012 yilda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustivor vazifalari va yunalishlarini bajarishga qaratilgan dasturiy vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tdi.

Gidrotexnika qurilishini asosini tashkil etuvchi to’g’on barpo etishda grunt asgyolaridan foydalanish o’tgan asrning yigirmanchi yillaridan boshlab dunyo mamlakatlari amaliyotida keng taraqqiy etib kelmoqda.

Gruntli to’g’onlar, aslida, suv inshootlarida qadimdan qo’llanib kelingan. Ularning dastlabkilari eramizdan avval taraqqiy etgan davlatlar: Misr, Hindiston, Xitoy, Peru va b. Larda barpo etilganligini misol keltirishimiz mumkin. Bunday to’g’onlar qo’l kuchi yordamida uzoq muddat davomida (1—15 yil) barpo etilgan. Ularni qurishda, asosan, mayda zarrali gruntlardan foydalanilgan, yirik toshlar esa deyarli ishlatilmagan. O’sh davrlarda qurilgan to’g’onlarning balandligi ham 10-15 metrdan oshmagan.

To’g’on barpo etish tarixiga nazar solsak, XIX-asrning oxirlarida o’ta murakkab geologic va gidrogeologik sharoitlarda ularning yangi turi – o’rtasida suv sizishga arshi mo’ljallangan qurilma o’rnatilgan yirik toshlardan qurilgan to’g’onlar yaratilganligini guvohi bo’lishimiz mumkin.

O’tgan davr ichida dunyoning taraqqiy etgan davlatlari (AQSH, Fransiya, Angliya, Rossiya va b.)da yirik gidrotexnika inshootlari barpo etish masalasi ko’ndalang bo’lib qoldi.Shu bois bunday inshootlarni hisoblash va qurish texnologiyasi usullarini ishlab chiqishga talab kuchayib bordi. Yurik va o’ta yirik inshootlar mustahkamligi, turg’unligi va suv sizishga qarshiligi muammolariga oid yechimlar ustida jadallik bilan ilmiy izlanuvlar olib borildi. Bu vaqtda to’g’on barpo etishda gidromexanizasiya usuli birinchi bo’lib AQSH olimlari tomonidan ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.

Gruntli to’g’on barpo etishning eng taraqqiy etgan davri 1920-1930 yillarga to’g’ri keladi. Gidromexanizasiya usuli yordamida yirik xajmli va baland to’g’onlarni tosh, shag’al va qumli gruntlardan barpo etila boshlandi. Tosh to’kma gruntli to’g’onlar orasida temirbeton, metal, aspfalt va yog’ochli to’siqlar qo’llanilaboshlandi.

Bu vaqtga kelib gruntlar mexanikasi va sizish nazariyasini rivojlanishi ko’plab gruntli to’g’onlarni hisoblashga oid muxandislik usullarini ishlab chiqishga asos bo’ldi.

Shu bois so’nggi yillarda gruntli to’g’onlar barpo etish bilan bog’liq quyidagi yo’nalishlarga amal qilinib kelinmoqda:



  1. To’g’on balandligi va xajmini oshirish: Orovill (AQSH) -224m; Portidj Mauntin (Kanada) – 183m; Norak (Tojikiston) -350m; Ketan (Turkiya) -208m va b.

  2. Ota murakkab muxandis geologic, gidrogeologok va muhit sharoitlarda to’g’on barpo etish: surilish va siljishga moyil bo’lgam gruntli zaminlarda – Sion (Rossiya), Oaxe (AQSH); 8-9 ballik zilzila sharoitlarda – Norak (Tojikiston), Orovil, Kremasta (Gresiya), Liboro (Yaponiya), Braunli (AQSH); o’ta sovuq haroratli rayonlarda – Vilyuy, Angar (Rossiya); doimiy muz qoplagan tegralarda – Ust-Xantay (Rossiya) vab.

  3. Balandligi 100m. dan ziyod nogrunt ashyolardan tashkil topgan to’sqichli (ekran) to’g’onlar sonini sezilarli darajada kamaytirish.

  4. To’g’on ashyosi uchun kam mustahkamlik ko’rsatkichlarga va o’ta zichlanuvchan gruntlardan keng foydalanish: Kugar (AQSH), KOkin-Brod (Yugaslaviya), Assuan (Misr), Yefrat (Suriya) va b.

  5. Nisbatan yupqa suv to’sgich yadroli va yirik zarrali gruntdan iborat tirgak prizmali to’g’onlarni ko’paytirish: Infernilo (Meksika), Gepach (Avstriya), Perucha (Yugoslaviya), Braunli (AQSH), Kenni (Kanada), Xirfanli (Turkiya) vab.

  6. Gidromexanizasiya usulidan AQSHda butunlay voz kechish bilan, mazkur usuldan Rossiyada keng foydalanish: Volga, Dnepr, Don, Kama daryolaridagi to’g’onlar.

  7. To’g’on barpo etishda portlatish usulidan foydalanishni kengaytirish: Medeo (Qozog’iston), Norak (Tojikiston), Baypazin (Possiya) va b.

  8. Yangi texnologiya va mexanizmlarni qo’llash orqali ishlab chiqarish samaradorligini ko’paytirish. Buynda rotorli ekskavatordan, nhansportyorlardan, xarakatlanuvchi va bir joyga o’rnatiluvchi muqim ajratgich uskunalardan keng foydalanishni yo’la qo’yish va h.

  9. Dala sharoitida olib boriluvchi izlanuv-tadqiqot uzlanuv natijalaridan foydalanib to’g’onni hisoblash usullarini takomillashtirish (Orovill, Infernilo, Norak va b.).

  10. Cuv sizishga qarshi qurilmalar samaradorligini oshirish, ularni suv sizdiruvchan gruntlarda keng qo’llash masalasini yo’lga qo’yish.

  11. Ixcham o’lchamli qiyalikni mustahkamlashga oid arzon qismlar qo’llash, drenajlar va boshqa usullardan foydalanish orqali to’g’onning yangi qulay nushasini yaratish.


I bob. GRUNTLI TO’G’ON TARKIBIDAGI QUMLARNING

ZILZILA TA’SIRIDA QUYQALANISHI

1.1. Amaliy misollar

Gruntdan barpo etiladigan inshootlar, hususan to’g’onlarning turli ta’sirlar natijasida buzilish holatlari qurilish amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Ular haqida adabiyotlarda batafsil yoritilgan va keraklicha tahlil qilingan ( 2,3,5,7,10 ). Masalai mohiyatini to’laroq tasavvur etish uchun bi ham chop etilgan adabiyotlardan foydalanib ba’zi ahamiyatli misollarga to’xtalib o’tishni lozim topdik.

Prof. Maslov N.N. ning yozishicha , 1941 yilda hozirgi Volgagrad (Rossiya) shahri yaqinidagi qiyalikda nihoyatda katta xajmga ega bo’lgan ko’chki yuzaga kelgan. Uning eni 400-500 metr va kengligi 250 metr bo’lib ko’chish jarayonida katta talafotlarga olib kelgan.

Volga daryosining o’zani bo’lgan qiyalikda yua bergan mazkur ko’chkining yuzaga kelishiga uning tarkibidagi gruntning quyqalanishi sabab bo’lgan. Ja’mi 3-4 minut ichida qiyalikning qirg’oq tomoni tahminan 7,0 metr cho’kib suv yo’llarini to’sib qo’ygan. Siljish ro’y bergan qatlam orasida yuzaga kelgan yoriqlardan suv favvora shaklida otilib chiqqan holatlar ham kuzatilgan.

Shunga o’xshash o’xshash holat Gollandiyada ham birnecha martta yuz berganligi haqida ham ilmiy adabiyotlardan o’qish mumkin (7). Ular ichida eng katta ko’chki yuz bergan maydonning xajmi 2,6 mln m3 bo’lib, siljigan gruntning xajmi esa 25 mln m3 ni tashkil etgan.

Ko’chki yuz bergan qiyalik qa’ridagi grunt asosan mayda zarrali bo’lib 0,1-0,25 mm. lik zarralar gruntning umumiy xajmini 90% ni tashkil etgan. Inshoot tarkibidagi gruntning g’ovakligi esa 47,5 – 48,8 % atrofida bo’lgan.

AQSH ning Tennisi shtatida yuz bergan zilzila oqibatida quyqa holatga kelgan gruntning oqishi natijasida qiyalik ustidagi ko’mir ajratish korxonasini o’zi bilan birga oqizib ketgan. Bunda maydonning umumiy cho’kishi 25 m. ni tashkil qilib, ko’chkining surilishi Tennisi daryosi tomonga qarab 15 m. ta tashkil qilgan.

Huddi shu zilzila bilan bog’liq mazkur shtatda yuz bergan boshqa ko’chki ham etiborga loyiq. Ochiq holatda ko’mir qazish handag’ining balandligi 60 m. eddi. Handaqning uzunligi 2 km, eni esa 1 km. bo’lgan. To’satdan yuz bergan ko’chki natijasida quyqa holatidagi grunt handaqning 700-800 m. usunlikdagi qismini 20 m. qalinlik bilan to’ldirgan.

Handaq ichidagi gruntning joylashuv burchagini o’lchab ko’rilganda 1:1,75 nisbar bilan joylashgani ma’lum bo’ldi.

O’z – o’zidan ma’lumki, agar sochiluvchan grunt suniy ravishda to’kilsa tabiiy holatidan farqli o’laroq , unung zarralari aro bog’lanish kuchi bo’lmasligi sababidan dinamik tebranishga nisbatan turg’unligi yanada kamroq bo’ladi. Bu esa to’kma holatdagi inshootlarda (to’g’onlar, yol ko’tarmalari va b.) dinamik kuch ta’sirida buzilishlar ko’proq bo’lishini ko’rsatadi.

Bunga misol tariqasida Gollandiyada bo’lib o’tgan hodisani keltirish mumkin. Poyezd katta tezlik bilan xarakatlanishi natijasida temir yo’l ostidagi ko’tarma tarkibidagi lyoss gruntlar to’satdan quyqa holatga o’tishi natijasida xarakatdagi poyezd yarim beligacha grunt ichiga chokib ketgan. Yo’l ost ko’tarmasining tarkibida 0,01 – 0,1 mm. zarralar 70% ni , grunt g’ovakligi esa 41% ni tashkil etgan edi.

AQSH dagi Fot-Pek nomi bilan ataluvchi to’g’onning halokati o’z vaqtida katta shov-shuvga sabab bo’lgan (7). Halikatning dastlabki sababi to’g’onning yuqori qiyaligi zaminidagi loyli slaneslarning siljishga qarshiligi yetarli bo’lishiga qaramay uning tarkibidagi bo’sh qatlamli qumlarning quyqalanishi bilan bog’liq bo’lgan. Natijada inshootnng yuqori byefi oqib ketgan . Grunt siljishi 400 m. oraliqdagi masofani qoplab olgan.

Misli ko’rilmagan siljish holati kuchli zilzila natijasida Yangi Zellandiyada balandligi 180 m. qirg’oqda yuz berganligi haqida habar qilingan. Qirg’oqni tashkil etgan tosh-shag’al-quv-loy aralashmasi tahminan 700 m. masofaga surilib borgan. Kuzatuvchilarning shohidlik berishiga ko’ra tezlik bilan siljiyotgan quyqanini oqish shovqining balandlikdan shiddat bilan oqayotgan suvga taqqoslash mumkin.

K.Tersagi Gollandiyada yuz bergan yirik ko’chki haqida ma’lumot berib 15o qiyalikda joylashgan gruntning umumiy ko’chish xajmi 2mln m3 tashkil qilgan. Grunt quyqasi dengiz qirg’ogidan 180 m. masofaga oqib borgan. Muallifning ta’kidlashiga ko’ra qirg’oqning bunday darajada quyqalanishiga olib kelgan sabab dengizdagi kuchli to’lqin xarakatidan yuzaga kelgan dinamik ta’sirdir. Ko’chki grunt suv ostida 5o qiyalik ostida joylashgan.

Norvegiyadagi dengiz qirg’og’ida yuz bergan qiyalik surilish hodisasi ham etiborga loyiqdir. Voqea sodir bo’lmasdan burun dengiz nihoyatda sokin edi. To’satdan yuzaga kelgan 1,5 m balandlikdagi kuchli to’lqin qirg’oqqa kelib urilishi oqibatida qirg’oqda ishlab turgan gruntni qayta ishlash mashinasi tahminan 300 m. masofaga uloqtirib yuborilgan. Jami bo’lib 14 minut davom etgan to’lqin xarakati natijasida yuz bergan qirg’oqdagi ko’chki o’z qa’riga 1 km. atrof masofadagi barcha narsalarni (shu jumladan bino va inshootlarni ham) o’z qa’riga tortib ketgan. Harakatga kelgan gruntning umumiy xajmi 300 ming m3 atrofida bo’lgan. Quyqalangan gruntning xarakat tezligi esa 13-16 km/soatni tashkil qilgan.

Verniy (Olma-Ota) shahri. O’tgan asrning boshida ro’y bergan kuchli zilzila (9 ball) nafaqar Verniy shahrini, balki unga tutash bo’lgan ko’plab aholi yashash joylarini ham butunlay vayron bo’lishiga sabab bo’lgan. Mazkur zilzila oqibatlarini mashhur rus olimo I.V.Mushketov organib, tahlillab chiqqan.

Verniy shahri karra va kichik Almati daryosining vohalarida joylashgan bo’lib, shahar zaminiga mayda tosh aralashgan qumi lyosslar qalin qatlamni egallagan.

Sizot suvlarining sathi shahar chekkasida yer yuzasiga yaqin bo’lib, markazga yaqinlashgan sari chuqurlashib boradi. Shaharning shimoliy qismida sizot suvlarining chuqurligi 20 m. ni tashkil etadi.

Zilzila oqibatining tahlili qalin qatlamli kam zichlikka ega bo’lgan gruntlar ustida qurilgan shaharning shimoliy-sharqiy qismida juda ko’p vayronaliklar yuz berganing ko’rsatdi. Ushbu maydon zaminidagi suvga to’yingan gruntning quyqalanishi oqibatida 194 ta g’ishtin binolarning to’la buzilaishi kuzatilgan. Odamlarning habar berishiga ko’ra zilzila vaqdida grunt ostidan birnecha metr balandlikka otilgan ko’plab favvoralar kuzatilgan.

Oradan 23 yil o’tgach Verniy shahrida ikkinchi martta, birinchisidan ham kuchli zilzila ro’y bergan. Bu safar buzilgan inshootlarning soni 776 dan ziyod bo’lib, E.M.Antonenkoning habar berishiga qaraganda zilzilaning ta’sir maydoni 4 mln m2 maydonni egallagan. Binolarning buzilish darajasi janubdan shimolga qarab ortib borgan. Ikkala zilzila ta’sirini tahlillash natijasida oldingi zilzila ta’sirida buzilgan va qayta ta’mirlangan binolarni keyingi zilzilada ham to’laligicha buzilgan. Su bilan birga mustahkam gruntda qurilgan, oldingi zilzilada buzilmay qolgan ayrim binolar ikkinchi zilzilada ham saqlanganligi ta’kidlangan. Bunday holat zilzila ta’sirida inshootning buzilishiga grunt sharoitining ta’siri o’ta muhim ekanligidan dalolat beradi.

Niiagata, 1964 yil (Yaponiya). Qariyb 1,5 mln. aholiga ega bo;lgan ushbu shahar zaminida qalinligi 200 m. atrofidag mayda zarrali gruntlar joylashgan. Sizot suvlari yer yuzagiga yaqin bo’lganligi bois zamindagi gruntlar to’laligicha suvga to’yingan holatda edi. Zilzilaning natijasida quyidagi achinarli holat yuzaga kelgan: shahardagi barcha binolarning 2/3 qismi butunlay shikastlangan; 300 dan ziyod ko’p qavatli binolar grunt qa’riga cho’kishi natijasida 30o gacha egilgan; shahar maydoni 5 m. gacha cho’kkan; barcha inshootlarning 1/5 qismi zamin qa’riga tirlicha kirib ketgan; shundan 20 dan ortig’i 2 m.dan ortiq miqdorda yerga kirib ketgan. 1965 yilda o’tkazilgan xalqaro anjumanda so’zga chiqqan yapon olimlarining ta’kidlashicha yuqorida so’z yuritilgan binolar orasida ko’priklar, yo’l ko’tarmalari, gidrotexnika va irrigasiya inshootlari bo’lgan.

Zilzila ta’sirida grunt deformatsiyasi natijasida shikastlanibgina qolmay, balki butunlay buzilgan inshootlar haqida bizning respublikamiz va atrofdagi davlatlardan ham istalgancha misollar keltirish mumkin.

O’tgan asrning boshlarida Andijon shahri va uning atrofidagi ko’plab qishloqlarni deyarli vayronaga aylantirgan kuchli (9 ball) zilzila oqibatini tahlillash ham bizning muammoga oydinlik kiritadi. Quyida ushbu zilzila oqibatini tekshirgan nufuzli hayyatning taassurotlari keltiriladi.

Ushbu ma’lumotlar turli balandlikdagi qiyaliklar tarkibidagi gruntlarning kuchli zilzilalar ta’sirida quyqalanish holatiga kelishi va ular turg’unligini oson buzililishi haqidagi yuqoridagi ma’lumotlarga yanada oydinlik kiritadi.

Ashxobod, 1948 yil. 9 ballik zilzila shaharni butunlay vayronaga aylantirdi. Shahar zaminidagi gruntning deformatsiyasi behisob bino va inshootlarni buzilishiga sabab bo’lganligi haqida ko’plab adabiyotlarda yozilgan. Shahar atrofida 20 m. qalinlikdagi qum-shag’al-tosh aralashmasidan tashkil topgan gruntning quyqalanishi oqibatida uning sathi birnecha o’n sm. ga pasayib, hosil bo;lgan yoriqlarning o’lchami 0,5 sm. dan ziyod bo’lgan. Ushbu zilzila jarayonida turar joy, sanoat binolari bilan bir qatorda yo’l ko’tarmalari, irrigasiya va gidrotexnika inshootlari ham shikastlangan.

Andijon zilzilasiga oid ma’lumotlar



Aholi punkti

Buzilish haqida kuzatilgan ma’lumotlar

1

2

Ekin tekin

qishlog’i



Qishloq atrofidagi jarliklarda misli ko’riilmagan surilishlar yuzaga kelib, gruntning quyqa holda oqishi kuzatilgan

Palasan qishlog’i

Qo’sh ariq daryosining ikkala qirg’ogi bo’ylab yoriqlar hosil bo’lgan. Zilzila jarayonida yoriqlardan odam bo’yi balandlikda quyqa favvoralar otilgan

Lata qishlog’i

Yo’lchi ariqning ikkala qirg’ogi bo’ylab gruntning cho’kishi va hosil bo’lgan yoriqlardan suvning oqishi kuzatilgan

Qora-qalpoq qishlog’i

Qoradaryoning qirg’ogi 4-6 m. daryo tomon surilgan. Daryo vohasidagi gruntda yoriqlar paydo bo’lib, undan 1-1,5 m. balandlikda loyqa suv otilib turgan

Yo’lcha ariq qishlog’i

Yo’lchi ariq ko’prigidan ikala qirg’oq bo’ylab sharq tomonga 2 km, garb tomonga esa 3 km. masofaga cho’zilgan yoriqlar hosil bo’lgan. Ariqdagi suvning sathi ortishi kuzatilgan

Yushin qishlog’i

Qishloqdan sharq va g’arb tomonlarga gruntda yoriqlar hosil bo’lib undan balandligi 1-1,5 m. chamasi loyqa suv otilib turgan

Qurama qishlog’i

Qoradaryoning 17 m.lik qirg’og’ida surilish yuz bergan, undagi yoriqdan otilib chiqqan suvning balandligi 1 m. dan yuqori bo’lgan

Tojik qishlog’i

Qishloq ro’parasidagi tik qirg’oqda ko’chki yuzaga kelgan

Qo’shariq qishlog’i

Paxta tozalash zavodining tegrasidagi maydonning umumiy sathi 0,5 m. ga pasaygan

Hait qishlog’i, 1959 yil (Tojikiston). Kuchli yer silkinishi oqibatida Haitdan 15 km. masofada joylashgan Yasman vodiysida yirik xajmli surilishlar va ko’chkilar kuzatilgan. Qiyalik qa’rida to’satdan xarakatga kelgan grunt qatlami oqayotgan suv bilan aralashib quyqa hosil qilgan va qarama-qarshi qirg’oqqa urilib, orqaga qaytgan. Natijada vodiy bo’ylab 2-3 m. qalinlikdagi cho’kma hosil qilgan.

Gazli,1976 yil. Kuchli zilzilanig ta’siri butun Markaziy Osiyo tegrasida sezilgan. Shahardagi barcha inshootlar shikastlanib yaroqsiz holatga kelgan. Shaharda , ayniqsa episrntrga yaqin maydonlarda ko’plab yoriqlar hosil bo’lishi natijasida yer ost suvlari bu yerda ham favvoralar shaklida otilib chiqish holatlari kuzatilgan.

Yuqorida keltirilgan holatlar zilzila yuz beradigan tegralarda gruntli inshootlar loyihalash va barpo etishda nihoyatda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki inshoot tarkibidagi grunt, ayniqsa suvga to’yingan holatda bo’lsa, dinamik ta’sir natijasida quyqalanish holatiga o’tishi va yuqoridagi misillarga o’xshash holatlarni yuzaga keltirishi mumkin.



1.2 Muvozanat tezlanishi va grunt mustahkamligi

Yuqoridagi misollarni tahlillash jarayonida o’z-o’zidan savol tug’iladi: zilzila sodir bo’luvchi tegralarda qiyalikni loyihalash va barpo etish masalasi ko’tarilsa dinamik ta’sir natijasida uning qa’ridagi gruntni quyqalanish holatini hisobga olish kerakmi ?, yoki yo’qmi?

Ko'plab olimlar tomonidan o'tkazilgan tajtibalar va kuzatuvlar natijasi lyoss grunt qatlamlarining turg'unligi hamma vaqt ham harqanday zilzila ta'sirida buzilvermasligini ko'rsatgan (11). Bu masalada tashqi kuchning, yani zilzila kuchuning miqdori bilan birga gruntning zichlik va namlik holati bilan bog’liq bo’lgan mustahkamlik ko’rsatkichlari muhim rol o’ynaydi.

Prof. Rasulovning ta’kidlashicha qumlar tuzilmasining buzilishi va ularning quyqa holatga o’tishi ta’sir etayotgan zilzila kuchining to’la miqdoriga emas, balki uning ma’lum qismi bilan ifodalanadi. Zilzila ta’sirining ushbu miqdordan qolgan qismi esa gruntning mustahkamligini yengishga sarflanadi.

Buni quyidagicha ifodalash mumkin:

ah = az –am (1.1)

bunda ah – zilzila kuchining hisobiy miqdori (tezlanish hisobida);



az – zilzilaning umumiy ta’siri;

am - muvozanat tezlanishi.

1.1 ifodaga ko’ra gruntning muvozanat tezlanishi am uning mustahkamligi bilan bog’liq ko’rsatkich bo’lib, harqanday tashqi ta’sir (shu hisobdan zilzila ham) ushbu miqdordan yuqori qiymatga ega bo’lgandagina gruntning tuzilmasi buzilib quyqalanish holati yuzaga kelishi mumkin. Aks holda grunt yahlit jism shaklida tebranadi.

Muvozanat tezlanishi haqidagi ko’rsatkich ilmga dastlab O.A.Savinov (10) tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, keyinchalik D.D.Barkan (2), N.N.Maslov ( 7), H.Z.Rasulov (10) lar tomonidan turli dinamik masalalarni yoritishda foydalanilgan. Ushbu ko’rsatkichdan horijiy mamlakatlarda ham keng foydalaniladi.

Bog’lanishli gruntlar uchun muvozanat tezlanishini tajriba yordamida o’rganish jarayonida Yu.Ya Velli (7) grunt tarkibidagi bog’lanish kuchini yengish uchun zilzila ta’siri davomiyligini roli muhim ekanligini aniqladi. Shuning uchun mazkur gruntlarda quyqalanish holati to’satdan yuz bermay, balki ma’lum vaqt o’tkach asta-sekinlik bilan rivojlanishi mumkin.

Rasulov tomonidan o’tkazilgan tajribalarda ham ushbu holat tasdiqlangan. Misol tariqasida 1.1 rasmda qumlarning cho’kish holatini tebranish davomiyligi bilan bog’liqlik chizmasi tasvirlangan. Undan ko’rinib turibdiki grutnlar tarkibidagi bog’lanish kuchlari ham ularning tuzilmasini buzilishida katta ahamiyat kasb etadi.

9


    1. Gurunt cho`kishini vaqt bo`yicha o`zgarishi

Tebranma xarakat tezlanishi bilan grunt sirtiga qo’yilgan yuk orasidagi bog’liqlik 1.2 rasmda ko’rsatilgan. Shuningdek, muvozanat tezlanishi ham grunt sirtiga qo’yilgan yukning miqdoriga ham bog’liq ekanligini 1.3 - rasmdan kuzatish mumkin. Demak, grunt sirtiga qo’yilgan harqanday tashqi yuk uning

muvozanat tezlanishi qiymatini oshirar ekan.1

1.2-rasm. Muvozanat tezlanishining tashqi yukka bog`liqligi

8

1.3 Muvozanat tezlanishining tashqi yukka bog`liqligi

Shuni takidlash lozimki muvozanat tezlanishi miqdorini tajriba yo’li bilan aniqlash birmuncha qiyinchiliklar bilan bog’liq. Avvalo tajriba o’tkazish uchun tebranma uskuna bo’lmoqligi, so’ng tebranish jarayonida grunt zichlanishini, unda hosil bo’luvchi dinamik bosimo’zgarishini yozib boruvchi electron qurilmalar, reperlar, ko’rsatkuchlarni kuchaytiruvchi asboblar kabi murakkab asboblar bo’lmoqligi zarur. Undan tashqari tajriba ishlarini o’tkazishga moslangan maxsus xodimlar bo’lmoqligi talab etiladi. Bunday holatlar nafaqar loyihalash, balki ko’plab ilmiy-izlanuv tashkilotlarida bo’lmaganligi bois H.Z.Rasulov tomonidan muvozanat tezlanishini aniqlashga oid nazariy ifoda taklif etilgan:

am = , (1.2)

bunda - jismning erkin tushish tezlanishi;



- tashqi yuk va gruntning sof og’irligidan yuzaga keluvchi zo’riqish;

- w namlikdagi gruntning ichki ishqalanish burchagi;

- w namlikdagi gruntning yumshoq bog’lanish kuchi;

- w namlikdagi gruntning zichligi;

- zilzilaning tebranish davri;

- zilzilaning ko’ndalang to’lqini tezligi.

Ushbu ifodadan harqanday gruntga xos bo’lgan muvozanat tezlanishi uning mustahkamlik ko’rsatkichlariga bog’liq ekanligi ko’rinib turibdi. Har qanday holatda ham muvozanat tezlanishi gruntning mustahkamligi kamayishi bilan kamayadi.





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa