O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


-Mavzu: Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana07.06.2021
Hajmi0,72 Mb.
#65833
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Byudjet hisobi

17-Mavzu: Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi 

Reja: 

1  Byudjet  tashkilotini  yakuniy  moliyaviy  natijalarini  aniqlashning 



ahamiyati va zarurligi.  

2  Yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.  

3  Yakuniy  moliyaviy  natijalarni  buxgalteriya  hisobvaraqlari  va  hisob 

registrlarida aks ettirish. 

 

  Yakuniy  moliyaviy  natija  -  bu  byudjet  tashkilotining  hisobot  yili  yakunida 



daromadlar  va  harajatlar  smetalari  ijrosi  bo’yicha  daromadlar  bilan  haqiqiy 

harajatlar  o’rtasida  yuzaga  keladigan  farqidir.  Shuningdek  byudjet 

tashkilotining  yakuniy  moliyaviy  natijasi  barcha  aktivlarining  (nomoliyaviy 

aktivlari,  moliyaviy  aktivlari  va  debitorlari)  umumiy  summasidan  uning 

majburiyatlarini  (kreditorlik  qarzlarini)  ayirmasiga  tengdir.  Byudjet  tashkilot 

faoliyatining  yakuniy  bo’yicha  moliyaviy  natijalari  28  “Yakuniy  moliyaviy 

natijalar” schyotida aks ettiriladi. 

Agarda,  yil  yakunlari  bo’yicha  yakuniy 

moliyaviy  natijalarini  hisobga  oluvchi  subschyotlarda  umumiy  holda  kredit 

qoldig’ining  qolishi  tashkilotning  barcha  aktivlarini  (nomoliyaviy  aktivlari, 

moliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasi tashkilot majburiyatlarining 

umumiy  summasidan  ortiq  bo’lganligini,  debet  qoldig’ining  qolishi  esa, 

tashkilotning  umumiy  majburiyatlari  summasi  uning  barcha  aktivlari 

(nomoliyaviy  aktivlari,  moliyaviy  aktivlari,  debitorlar)  umumiy  summasidan 

ortib ketganligini bildiradi.  

Buxgalteriya  hisobida  28  “Yakuniy  moliyaviy  natijalar”  quyidagi 

subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi: 

  280 “Byudjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija”; 

  281  “To’lovlarning  maxsus  turlariga  doir  hisob-kitoblar  bo’yicha  yakuniy 

moliyaviy natija”; 

  282  “Ta’lim  muassasalarida  o’qitishning  to’lov-kontrakt  mablag’lari 

bo’yicha yakuniy moliyaviy natija”; 

  283  “Byudjet  tashkilotini  rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’lari  bo’yicha 

yakuniy moliyaviy natija”; 

  284 “Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija”; 

  285 “Byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va 

boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar”. 

280  “Byudjet  mablag’lari  bo’yicha  yakuniy  moliyaviy  natija” 

subschyotining  kreditiga  (debetiga)  joriy  yilning  oxirida  230  “Byudjet 

mablag’lari  bo’yicha  joriy  yilga  moliyaviy  natijalar”  subschyotining  kredit 

(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 281  “To’lovlarning  maxsus  turlariga 

doir  hisob-kitoblar  bo’yicha  yakuniy  moliyaviy  natija”  subschyotining 

kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 240 “To’lovlarning maxsus turlariga 

doir  hisob-kitoblar  bo’yicha  joriy  yilga  moliyaviy  natijalar”  subschyotining 

kredit (debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 282 

“Ta’lim 


muassasalarida 

o’qitishning  to’lov-kontrakt  mablag’lari  bo’yicha  yakuniy  moliyaviy  natija” 

subschyotining  kreditiga  (debetiga)  joriy  yilning  oxirida  250  “Ta’lim 



 

52 


muassasalarida  o’qitishning  to’lov-kontrakt  mablag’lari  bo’yicha  joriy  yilga 

moliyaviy  natijalar”  subschyotining  kredit  (debet)  qoldig’i  hisobdan 

chiqariladi.  283  “Byudjet  tashkilotini  rivojlantirish  jamg’armasi  mablag’lari 

bo’yicha  yakuniy  moliyaviy  natija” subschyotining  kreditiga (debetiga) joriy 

yilning  oxirida  260  “Byudjet  tashkilotini  rivojlantirish  jamg’armasi 

mablag’lari  bo’yicha  joriy  yilga  moliyaviy  natijalar”  subschyotining  kredit 

(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 

  284 “Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija” subschyotining 

kreditiga  (debetiga)  joriy  yilning  oxirida  270  “Boshqa  daromadlar  bo’yicha 

joriy  yilga  moliyaviy  natijalar”  subschyotining  kredit  (debet)  qoldig’i 

hisobdan chiqariladi. 

285 


“Byudjetga 

va 


byudjetdan 

tashqari 

jamg’armalarga  hisoblangan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha 

imtiyozlar”  subschyotida  tashkilotlarga  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda  ularning  byudjetdan  tashqari  olgan  daromadlari  uchun  hisoblangan 

soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar summalari va 

ularning belgilangan maqsadlar uchun ishlatilishi aks ettiriladi. Agarda, 

qonunchilikda  boshqacha  tartib  belgilanmagan  bo’lsa,  tashkilotlarga  soliq  va 

boshqa majburiy to’lovlar uchun berilgan imtiyozlar tufayli tejalgan (bo’shab 

qolgan)  mablag’lar  tashkilotning  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlashga 

ishlatiladi. 

  Ushbu  subschyotning  kreditida  byudjetga  va  byudjetdan  tashqari 

jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lov turlari bo’yicha 

belgilangan  imtiyoz  summasi  aks  ettiriladi,  bunda,  160  “Byudjetga  to’lovlar 

bo’yicha  byudjet  bilan  hisob-kitoblar”,  163  “Byudjetdan  tashqari  Pensiya 

jamg’armasi  bilan  hisob-kitoblar”,  va  169  “Boshqa  byudjetdan  tashqari 

jamg’armalar bilan hisob-kitoblar” subschyotlarning tegishlisi debetlanadi.  

  Ushbu  mablag’lar  hisobidan  sotib  olingan  moddiy  aktivlarning  sarflanishi 

(eskirishi)  yoki  moddiy  aktivlar  sotib  olish  bilan  bog’liq  bo’lmagan  holda 

tashkilotning 

moddiy-texnika 

bazasini 

mustahkamlash 

maqsadlariga 

ishlatilishi  munosabati  bilan  amalga  oshirilgan  xaqiqiy  xarajatlar  mos 

ravishda  251  “Ta’lim  muassasalarida  o’qitishning  to’lov-kontrakt  shaklidan 

tushgan  tushumlar  hisobidan  amalga  oshirilgan  xaqiqiy  xarajatlar”  va  261 

“Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga 

oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotlarning debetida aks ettiriladi. 

  Hisobot  yilining  oxirida  mazkur  subschyotlarda  aks  ettirilgan  xaqiqiy 

xarajatlar  avvalo,  foydalanilgan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha 

imtiyozlar  summasiga  to’g’ri  keluvchi  qismi  doirasida  285  “Byudjetga  va 

byudjetdan  tashqari  jamg’armalarga  hisoblangan  soliq  va  boshqa  majburiy 

to’lovlar  bo’yicha  imtiyozlar”  subschyotining  debetiga  hisobdan  chiqariladi, 

bunda, mos ravishda 251 “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 

shaklidan  tushgan  tushumlar  hisobidan  amalga  oshirilgan  xaqiqiy  xarajatlar” 

va 261 “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 

amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar” subschyotlari kreditlanadi. 

  Analitik  hisob  har  bir  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha 

hisoblangan imtiyozlar bo’yicha alohida holda yuritiladi. 




 

53 



Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish