Monokristall va polikristall jismlar
1. Kristallarning turlari
Kristali panjara tugunlarida turgan zarralarga va o'zaro ta'sir kuchiga bog’liq ravishda kristallar to'rt turga ajraladi: ionli kristallar, atomli kristallar, metalli kristallar va molekular kristallar.
Ionli kristali panjara tugunlarida qarama - qarshi ishorali ionlar turadi. Ionlar shunday joylashadiki, bunda qarama - qarshi zaryadli ionlar orasidagi tortishish kuchi bir xil ishorali ionlar orasidagi itarishish kuchidan katta bo'ladi. Shuning uchun kristali panjara konfiguratsiyasi turg'un va cheksiz uzoq muddat saqlanishi mumkin.
Elektro statik kuchlar barcha yo'nalishlarda bir xil bo'lgani uchun ionlarni qarama-qarshi elektrlangan sharlar deb qarash mumkin. Bunda har bir musbat ion oltita manfiy va har bir manfiy ion — oltita musbat ionlar bilan o'ralgan. Binobarin, kristali ichida molekulani ajratib olish mumkin emas. Kristali butunlayin bitta katta molekuladan iborat bo'ladi. Bog'lanishning bunday ko'rinishi ionli bog'lanish deb ataldi.
Atomli kristallning kristali panjara tugunlarida neytral atomlar bo'ladi. Bu atomlar orasidagi bog'lanishni qisqacha quyidagi tarzda tushuntirish mumkin. Atomlar yaqinlashganda ularning valent elektronlari yaqinidagi qo'shni atomlar uchun umumiy bo'ladi. Masalan, germaniy atomlari yaqinlashganda luir bir atomning to'rt valentli elektronlari yaqinidagi to'rtta atom uchun umumiy bo'lib qoladi va ular bilan o'zaro ta'sirlashishini ta'minlaydi. Biroq bu model atomli kristallda atomlar o'zaro ta'sirlashishining faqat eng muhim xususiyatini aks etuvchi qo'polroq model hisoblanadi. Kristallda atomlarning bunday bog'lanishi kovalent bog'lanish deb ataldi.
Metalli kristallarning panjara tugunlarida metallarning musbat ionlari joylashadi, ular orasida esa gaz molekulalarig o'xshash, atomlar bilan bog'lanishi uzilgan erkin elektronlar harakatlanadi. Bu „umumlashgan" elektronlar musbat ionlarn biriktiruvchi o'ziga xos „sement” rolini bajaradi. Shu bilan birga musbat ionlar ham kristall panjara ichida elektronlarni ushlab turad va shuning uchun ular oddiy sharoitlarda kristallni tashlab keta olmaydi.
Nihoyat, molekular kristallar bilan tanishamiz, Ularning tugunlarida molekular tortishish kuchlari bilan tutib turiladigan neytral molekulalar joylashgan bo'ladi. Bu kuchlar uncha katta emas. Shuning uchun molekular panjarali qattiq moddalar oson buziladi. Masalan, vodorod, azot, suv, karbonat kislotalar qattiq holatda molekular kristall panjaraga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |