Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus


-bob. Turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/47
Sana27.10.2022
Hajmi0,9 Mb.
#856931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
QO\'LLANMA @TKTIUZ

2-bob. Turar joyida yashovchilarning huquq va majburiyatlari 
7. Turar joyida yashovchilarning huquqlari: 
turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish; 
foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni 
ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan 
kamchiliklarni bartaraf etishni sо‘rab turar joyi rahbariyatga murojaat qilish; 
turar joyida о‘tkaziladigan ommaviy, madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda 
ishtirok etish; 
yaratilgan shart-sharoitlar bо‘yicha oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim 
muassasasi rahbariyatiga takliflar bilan chiqish;
Talaba (о‘quvchi)lar kengashi a’zolarini saylash va unga saylanish; 
Talaba (о‘quvchi)lar kengashi orqali turar joyining maishiy ta’minotini 
takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash 
xonalarini jihozlash bо‘yicha masalalarni muhokama etishda ishtirok etish. 
8. Turar joyida yashovchilarning majburiyatlari: 
mazkur nizom va turar joyi ichki tartib qoidalari, shuningdek oliy va о‘rta 
maxsus, professional ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga rioya 
qilish; 
navbatchilik jadvaliga binoan yashash xonalarida, qavatlarda, umumiy 
foydalanish joylari (hojatxona, yuvinish xonasi, oshxona va boshqa joylar) da 
navbatchilik qilish; 
umumiy foydalanish joylari, yashash xonalari hamda dam olish joylarida 
namunali tozalikni tashkil etish, undagi jihozlardan tо‘g‘ri va unumli foydalanish; 
gaz, elektr jihozlaridan hamda isitish tizimidan foydalanish qoidalariga qat’iy 
rioya qilish va ulardan oqilona foydalanish; 
turar joyidan uzoq muddatga ketayotib (yozgi va qishki ta’til, dam olish, 
amaliyot, akademik ta’til olgan hollar), turar joyi rahbarini ikki kun oldin yozma 
ravishda ogohlantirib qо‘yish; 
kundalik ehtiyojga ega bо‘lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho 
buyumlarni turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirish; 
yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza 
va tartibli tutish; 
turar joyida yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bо‘lish; 
turar joyidagi mavjud barcha jihozlarni namunali darajada tutish; 
umumiy foydalanish joylariga о‘rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini 
buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalaridan 
tо‘g‘ri foydalanish; 
turar joyida о‘tkaziladigan hasharlarda, atrofni kо‘kalamzorlashtirish
va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashish; 


39 
turar joyi mol-mulkidan tо‘g‘ri va unumli foydalanish va zarar yetkazmaslik
о‘qishni tugatgan yoki talabalar safidan chetlashtirilgan, akademik ta’til olgan 
hollarda ikki kun muddatda, shuningdek turar joyidan uzoq muddatga ketishdan 
oldin (yozgi va qishki ta’til, dam olish, amaliyot) jihozlarni va xona kalitini turar 
joyi rahbariga qaytarib topshirish. 
9. Turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi: 
turar joyi rahbarining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga kо‘chib о‘tish; 
yashash xonasida kir yuvish; 
xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz kо‘chirish; 
xonadagi elektr tarmoqlarini о‘z xohishicha о‘zgartirish va qо‘shimcha 
yoritgich о‘rnatish, devorlarga rasmlar chizish va yopishtirish
ovoz kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish, yuqori ovozda ashula aytish 
va musiqa asboblarini chalish 
(musiqa va san’atga ixtisoslashgan yо‘nalish, guruh, 
fakultet talaba (о‘quvchi)lari yashovchi turar joylari bundan mustasno);
elektr isitgichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
yashash xonasida begona shaxslarning tunab qolishlari uchun joy berish; 
spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash, sotish 
hamda karta va qimor о‘yinlarini о‘ynash va h.k.; 
turar joyi xonalarida diniy marosimlarga oid tadbirlar, yig‘inlar о‘tkazilishi, 
diniy saboq berilishi va о‘rganilishi. 
10. Turar joyi faoliyatida ishtirok etishda faollik kо‘rsatgan namunaviy xulqli 
talaba (о‘quvchi) quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi: 
minnatdorchilik bildirish;
maqtov yorlig‘i topshirish;
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash;
moddiy rag‘batlantirish. 
11. Turar joyi ichki tartib qoidalari, oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim 
muassasasi odob-axloq qoidalarini buzgan talaba (о‘quvchi)ga nisbatan quyidagi 
choralar kо‘riladi: 
- Hayfsan; 
- Turar joyidan chiqarish. 
12. Oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasidan chetlatilgan 
talaba (о‘quvchi) shu xususida buyruq chiqqandan sо‘ng yoki boshqa sabablar 
bо‘yicha turar joyidan chiqishi belgilangan talaba (о‘quvchi) bir hafta muddat ichida 
turar joyidan chiqariladi. 
13. Talaba (о‘quvchi) turar joyida foydalanib kelayotgan mol-mulkka 
bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni tо‘lashi shart. 


40 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish