Ferment elektrodlar fermentativ reaksiyalarda qatnashuvchi moddalarning konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ferment elektrodga maxsus tashuvchiga yoki sezgir elementga ega ferment qavati joylashgan bo`ladi. Ferment qavati elektrod sirti bilan kovalent bog`lanish asosida ulanadi yoki u polimer to`riga kiritiladi. Fermentlar asosida ishlaydigan ionometriya usulining selektivligi yuqori bo`lib, u fermentlarning tegishli reaksiyalari va turli moddalarga nisbatan selektivligiga bog`liq. Har bir ferment faqat bir xil reaksiya turigagina katalizatorlik qila olgani uchun ferment elektrodlarning yaratilishi turli xil biologik jarayonlarni o`rganish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Hozirgi vaqtda ayrim hayvonlarning to`qimalari asosida ferment elektrodlar yaratish yo`lga qo`yilgan.[14]
Do'stlaringiz bilan baham: |