OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LOM VAZIRLIGI
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI
Tarixiy o’lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: FAYOZTEPA ARXEOLOGIK OB’EKTI HAQIDA
Jahon tarixi kafedrasi
FAYOZTEPA ARXEOLOGIK OB’EKTI HAQIDA
I.Kirish
II. Asosiy qism
1) Fayoztepa arxeologik ob’ektining tarixiy tavsifi
2) Fayoztepa arxeologik ob’ektining joylashuvi
3)Fayoztepa arxeologik ob’ektida joylashgan buddaviylik ibodatxonasi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bugungi kunda arxeologik ob’ektlarni muzeylashtirish va madaniy turizm infrastrukturasida foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Fayoztepa hududida ilk davlatchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixi, madaniyatini o‘rganish va muzeylashtirish dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Bu ob’ekt faoliyati va uning tarkibiy qismlari o‘rganilgan bo‘lsada, ammo yetarli darajada o‘rganilmagan, ya’ni to‘liq shaklda birlashgan holatda bayon etilmagan. Necha asrlardan buyon bu ob’ekt o‘z bag‘rida ko‘plab noyob, nodir va qadimiy san’at asarlarini saqlab kelmoqda. Bu borada qadimgi Fayoztepa faoliyati tarixini ilmiy asosda o‘rganib chiqish, chuqur tahlil etish va arxeologik ob’ektni mavjud holatida saqlab qolish rejasini o‘rgangan holda muzeylashtirish bosqichlarini ishlab chiqish tadqiqot ishining muhim jarayonlaridan hisoblanadi
Fayoztepa — milodiy I—VII asrlarga oid buddaviylik monastiri (vixara). Termiz shahri yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shimoli-gʻarbida, Qoratepa buddaviylik inshootlari majmuidan 1 km shimoli-sharqda, Termiz tumanining Muhammad Hakim Termiziy mahallasida joylashgan.
Fayoztepaning ochilishi 1968-yilning bahorida choʻpon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohaktoshidan ishlangan budda sanamini koʻchma qum ustidan topib, Termiz oʻlkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968—1976-yillarda arxeolog L. I. Albaum, 2004—2006-yillarda arxeolog T. Annayev boshchiligida toʻliq qazib ochilgan va ilmiy oʻrganilgan1.
Eramizning I—VII asrlarida buddaviylik monastiri vazifasini oʻtagan. Fayoztepa oʻrnidagi bu diniy markaz qadimda bu joydan topilgan yozuv namunalariga koʻra, Haya-Vihara yaʼni Otlilar monastiri deb atalgan2. Bu monastir meʼmoriy jihatdan ikki asosiy qismdan iborat boʻlgan. Monastirning janubigʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tarafida uch qismli markaziy bino (maydoni 118.4x34 m) va undan shimolda, shimoli-sharqda buddaviylikning muqaddas inshootlaridan biri hisoblangan stupalar joylashgan katta hovlidan iborat boʻlgan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5 ming m²ga yaqin
Ibodatxona hovlisi toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, maydoni 33x20 m, uning toʻrt tomoni boʻylab budda rohiblarining eshiklari hovliga qaratilgan xonalari joylashgan. Ibodatxona hovlisi ushbu xonalarning hovli tomon devorlari boʻylab yaxlit uzun ayvon bilan o'rab olingan. Ayvon devorlari rang-barang devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Rangli devoriy bezaklar ayvon devorining pastki qismidagina saqlangan. Ayvon osti boʻylab supa joylashgan. Ibodatxona hovlisining shimOLI-gʻarbiy qismida mergeliy tosh parchalaridan trapetsiya shaklida qurilgan hovuzcha boʻlib, uning tomonini pastki qismida suv oqizishga moʻljallanib teshikcha yasalgan. Teshikcha jagʻlari keng ochilgan sher boshi qiyofasida ishlangan. Bunday hovuzlarda toza suv saqlangan. Sher Kushonlar davri sanʼatida Buddaning kuch va qudrat timsoli sifatida oʻz aksini topgan. Diniy majmuaning 2 qismi — monastir boʻlib, u ibodatxona bilan hovli karbiy devoridan ochilgan eshik orqali bogʻlangan. Monastir maydonida joylashgan xonalarda rohiblar va monastir talabalari istiqomat qilishgan, monastirda oʻquv xonalari va zallari, ziyoratchilar toʻxtab oʻtadigan yotoqxonalar joylashgan. Xonalar devorlarida pilta chiroq yoritqichlari uchun tokchalar ishlangan. Ayrim xonalarning devori ostida Budda haykallari va ularni oʻrnatish uchun supatagkursilar qurilgan. Demak, rohib va talabalar hamda ziyoratchi sayyoxlar markaziy ibodatxonada diniy marosimlar toʻxtagan vaqtda oʻz ibodatlarini monastir sajdagoxlarida amalga oshirganlar. Ibodatxonaning jan.sharqida uning xoʻjalik qismi joylashgan. Uning maydoni kvadrat shaklida, hajmi 34,5x33,5 m. U ibodatxona bilan 3 eshik orqali bogʻlangan3.
Termizning buddaviylikka oid hashamatli inshooti Qoratepadan shimolda, shahar devorlari tashqarisida joylashgan Fayoztepadir. Yodgorlik me'moriy-tarh tuzilmasining umumiy tahlili ko‘rsatishicha, chamasi, u eng ilg‘or me'mor va quruvchilarni jalb etgan holda yagona rejaga asosan bunyod etilgan. Me'morlar va buddaviylik jamoasining ko‘zlagan maqsadiga ko‘ra ibodatxona uch me'moriy bo‘limdan iborat yagona bino bo‘lishi kerak bo‘lgan, mazkur bo‘limlarning vazifalari avvaldan loyihaga kiritilgan. Binoning umumiy uzunligi 117 metrga, kengligi 34 metrgateng bo‘lgan4.
Ibodatxona tarhi Baqtriya uchun xos - hovli atrofi bo‘ylab xonalar va ayvonlar joylashgan. Bino markaziy qismining shimolida ulkan stupa joylashgan5. Ibodatxona devorlarining pastki qismi paxsa g‘ishtlardan qurilgan, balandligi yarim metr atrofida bo‘lgan, tepa qismi esa to‘rtburchak xom g‘ishtlardan qurilgan. Inshootlarning to‘sin tashlangan tekis tomlari gumbaz bilan yopilgan.
Ibodatxona majmuasi o‘zagining markaziy qismi to‘g‘ri to‘rtburchak ayvonli hovli va uning atrofi bo‘ylab joylashgan 20 ta xonadan iborat. Ayvon ustunlari attika uslubida taroshlangan tagsupalarga o‘rnatilgan. Ayvon devorlari va ibodatgohga kirish yo‘li joylashgan janubi-g‘arbiy qismi boy mavzuli rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxona ayvonining ushbu qismida tomonlari 6x6,1 m ga teng maxsus ibodatgoh joylashgan. Ibodatgoh devorlarida qora rangga bo‘yalgan janubi-g‘arbiy qismidan tashqari, mavzuli rangtasvir chizilgan. Ibodatgohning janubi-sharqiy qismida oq aylanalar ustida tik turga ikki Budda tasviri, ular yonida uch ayol, ehtimol, donatrisalar tasviri jolashan. Shimoli-g‘arbiy devorda faqatgin pastki qismi saqlanib qolgan to‘qqizta odamlar tasvirlangan6. Mutaxassislarnish fikricha, ushbu kompozisiya markazida Kushon shohi Kanishka tasvirlangan bo‘lishi ehtimol. Ibodatgoxda Budda va bodxisatvalarni loy-ganchdan yasalgan haykallari o‘rnatilgan bo‘lgan. Ibodatgoh «yuragi», hech shubhasiz, yaxlit oq ohaktoshdan taroshlangan tilla suvi yuritilgan muqaddas bodxi daraxti ostidagi Budda, uning ikki tomonidan nazari «Buyuk ustozga» qaratilgan tik turgan rohiblar tasviri tushirilgan gorel'ef tasvirdir. Butun kompozisiya korinf tipidagi ustun qoshli a tayangan ravoq ichiga joylashgan. Budda qo‘llari «dx'yana-mudra» - «mulohaza» ishorasini anglatadi. Ushbu uchlikni yaratgan haykaltaroshning yuqori darajadagi kasbiy mahorati umumiy kompozisiyani aks ettirishda, tasvirlash texnikasida va muhimi, Buddaning osoyishtalik va ma'naviy xotirjamlik holatidagi klassik tasvirini ifodalashda ko‘rinadi. Lablarda mayin tabassum, solinchaklari cho‘zilgan quloqlar, sochlar boshning tepa qismida tutam qilib qo‘yilgan va ip bilan o‘ralgan, qoshlar orasida, peshonada - urna. Iloh tanasida sangxata yopinchig‘i. Fayoztepadagi gorel'ef ikonografiyasining Hindiston buddaviyligiga oid tasviriy san'at bilan bevosita o‘xshashligi yo‘q. Mazkur asar baqtriyalik, ehtimol, Tarmita-Termizdan chiqqan, Gandxara buddaviylik haykaltaroshlik maktabi an'analari bilan yaxshi tanish bo‘lgan haykaltarosh tomonidan taroshlangan, deb taxmin qilishga asos beradi.
Xulosa
Shunday qilib, yarim asr ilgari cho‘pon bobo topib olgan budda sanami mutaxassislar e’tiborini tortgan qadimiy yodgorlik endilikda mahalliy va xorijlik arxeologlar hamda sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yurtimizning boy tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qazish ishlari natijasida bu yerdan topilgan budda haykallari, sopol idishlar, kosa va ko‘zachalar, ohaktoshdan ishlangan me’moriy bezaklar,sopol chiroqdon kabi buyumlar sayyoramizning turli hududlaridan kelayotgan turistlarda boy taassurot uyg‘otmoqda.
Joriy yilning 22—27-avgust kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” Meros haftaligi ishtirokchilari Fayoztepa yodgorligi bilan ham yaqindan tanishib, o‘tmishdagi ajdodlarning hayot tarzi va hududning rivojlanish bosqichlari haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |