O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`limvazirligi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/215
Sana30.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#419193
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   215
Bog'liq
umumiy psixologiya

 
 
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
O‘qituvchilik - inson jamiyati tarixi boshlanganidan to hozirgi kungacha hamma vaqt jamiyat va 
jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyik, e’zozlab kelingan kasbdir.
 
“... O‘qituvchi - deydi Al - Farobiy, - 
aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq 
ifodalay olishni bilmiogi zarur”. U o‘z fikrini davom ettirib: “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono 
davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab 
qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va 
aniq ifodalab berishni bilmogi lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. 
Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi ”, deb 
ta’kidlagandi.
 
Abu Ali ibn - Sinoning fikricha: “O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani 
tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmogi lozim. O‘qituvchi 
o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”. 
Nasriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday deydi: 
“O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z 
fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi 
lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin 
emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...”
 
Maxmud Koshgariy 
“...Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. 
Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil.Chunki, a’zolar 
kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va 
yuz minglarcha odamlar xalok bo‘ladilar...”
.
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini 
xolisona baholab: ”Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallim) qulluq qilsa arziydi”, “Haq 
yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, aylamoq oson emas xaqqin ado ming ganj ila” kabi satrlar 
bitganlar.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan ko‘plab qimmatli asarlarisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsada o‘z qimmatini 
yo‘qotgan emas. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa


yuklab olish