O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi farg’ona politexnika instituti «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»


Sinxron mashinalarda uchraydigan ayrim nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo’llari



Download 4,04 Mb.
bet13/35
Sana16.03.2022
Hajmi4,04 Mb.
#496336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism

Sinxron mashinalarda uchraydigan ayrim nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo’llari. Amaliyotda sinxron mashinalarni ishlatish jarayonida ularda nosozliklar qodir bo’ladi. Bu nosozliklarni o’z vastida topib, ularning oldini olish har bir mutaxassisdan katta malakani talab qiladi. Quyida sinxron mashinalarni ishlatishda tez-tez sodir bo’lib turadigan nosozliklar va ularni bartaraf qilish yo’llari.

Elektr mashinalarining ishlatish jarayonida, ularni ishga tushirishdan avval, ishlab turgan onda va to‘xtatilgan so‘ng rejada belgilangan ta’mirlash va profilaktika (ta’mirlashlar orasida) sinovlarini o‘tkazish muhim ahamiyatli o‘ringa ega.
Profilaktik sinovlar shunday buzilishlarni aniqlash imkoniyatini beradiki, ularning tashqi ko‘rinishlari bo‘lmaganligi sababli, ko‘rik vaqtida doimo aniqlab bo‘lmaydi. Bunday sinovlarda elektr mashinalari chulg‘amlari izolyasiyasi va ishga tushirish-rostlash apparatlari qarshiliklari, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan tarmoqqa ulanadigan va zaminlanadigan neytralli mashinalar himoyasining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi.
EUTQ ga muvofiq, elektr mashinalar izolyasiyasi qarshiligi tekshirilganda magommetr quyidagicha tanlanadi: o‘zgarmas tok mashinalari chulg‘amlari va kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mashinalarining stator chulg‘amlari izolyasiyasi qarshiligini o‘lchashda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan megometrdan foydalaniladi, kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mashinalari rotor chulg‘amlari izolyasiyasining qarshiligi o‘lchanganda - kuchlanishi 500 V bo‘lgan megometr ishlatiladi. Kuchlanishi 1 kV dan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok mashinalarining chulg‘amlari izolyasiyasi qarshiligini o‘lchashda, kuchlanishi 2500 V bo‘lgan megometrdan foydalaniladi.
Elektr mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari juda xilma xildir. Bu ishlarning tipik hajmlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- iste’molchi tomonidan «Elektr qurilmalarini ishlatish qoidalari» va ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomalari (yuklama, elektr mashinasi alohida qismlari harorati, yopiq sovitiladigan tizimda sovutish muhiti harorati, podshipniklarda moy mavjudligi va moylanish holatlari, vibratsiya va shovqin darajasi, shchetkalar ostidagi uchqunlanish darajasi v.b.) bajarilishini har kuni nazorat qilish;
- zaminlanishning ishga yaroqliligini har kuni nazorat qilish;
- mashinani artish, tozalash, havo oqimida tozalash, asosiy texnologik jihozlar ishini to‘xtatmasdan va ularning to‘xtatilgan holatida kichik nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish (kontaktlar va mahkamlash tizimlarini tortish, shchetkalarni almashtirish, traverslarni rostlash v.b.);
- mashina qism va detallari resurslarining tugash chegarasini aniqlash maqsadida elektr mashina holatini texnik diagnostika vositalari yordamida tekshirish va avariya holatining oldini olish;
- jihoz to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan (himoya tizimi ishga tushishi natijasida) himoya uskunasini qayta tiklash;
- elektr mashinalarni montaj qilish, ta’mirlash va sozlash ishlaridan so‘ng ularning, himoya va boshqaruv tizimilarining qabul - topshirish sinovlarini o‘tkazish;
- bosh energetik tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida, ko‘rik kartisinini to‘ldirgan holda ishlatilayotgan mashinalarning rejali ko‘rigini o‘tkazish.
Ko‘pgina elektr mashinalarining ishlash qobiliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omil - mashina alohida qismlari ishchi harorati (chulg‘am, podshipnik, kollektor va kontakt halqalar) hisoblanadi. SHu sababli mashinani ishlatish jarayonida haroratni nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Amaliyotda qizishni nazorat qilishning ikki usuli qo‘llaniladi: bevosita va bilvosita.
Bevosita nazorat qilish usulida elektr mashinaning chulg‘ami ichiga joylashtirilgan, podshipnik va magnit o‘zakka o‘rnatilgan turli (qarshilik termometri, termorezistorlari, termobug‘) harorat datchiklari bo‘ladi. Bu datchiklar yordamida mashinaning tegishli qismlari harorati yoki harorat ortishi (atrof muhit haroratiga nisbatan) o‘lchanadi. O‘lchovlar mashinaning har bir ko‘rigida yoki masofadan, yoki bevosita mashina o‘zida amalga oshiriladi. Demak, harorat, yoki doimiy ravishda, yoki vaqti-vaqti bilan davriy nazorat qilinishi mumkin ekan. Bevosita o‘lchash usulining afzalligi, haroratni o‘lchash uchun mashinani to‘xtatish shart emas.
Agar bevosita nazorat qilish usuli imkoni bo‘lmasa (mashinaga kiritilgan harorat datchiklari yo‘qligi uchun), u xolda mashina haroratini nazorat qilishning bilvosita usuli qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llashda haroratning o‘zini yoki harorat ortishini nazorat qilinmaydi, balki mashina yuklanishi va atrof suvituvchi muhit harorati nazorat qilinadi. Aksariyat, yuklanish nominaldan ortmasa, sovutish muhitining harorati joiz qiymatdan oshmasa, qizib ketishning joiz qiymati oshib ketishidan havotir bo‘lmasa ham bo‘ladi. Nazoratning bilvosita usuli, kichik va o‘rta quvvatli elektr mashinalarini ishlatishda keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, bu mashinalarda harorat nazorati datchiklarini o‘rnatish ko‘zda tutilmagan.

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish