Bog'liq Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism
2.3 - rasm. Chiziqli asinxron dvigatel
Chiziqli asinxron dvigatelning oddiy asinxron dvigeteldan konstruktiv jixatdan farqi shundaki uning statorida (induktor) aylanma magnit maydon emas,balki yuguruvchi magnit maydon xosil bo‘ladi.Yugiruvchi magnit maydonning tezligi (m/s):
v1 = 2τf1 = f1lc/p (2.1)
bu erda f1-stator chulg‘amidagi tokning chastotasi, Hz; τ– qutb bo‘linmasi; lc– statorning (induktor) uzunligi, m.
Chiziqli asinxron dvigatelning ishlash prinsipi, induktorning yuguruvchi maydoni ikkilamchi elementdagi qisqatutashgan chulg‘amni kesib o‘tib, unda EYKni xosil qiladi. Ushbu chulg‘am sterjnlaridagi xosil bo‘lgan tok yuguruvchi element bilan ta’sirlashib, induktor va ikkilamchi elementda, qo‘zg‘aluvchan qismni qo‘zg‘almas qismga nisbatan siljitishga xarakat qiluvchi elektromagnit kuchlarni xosil qiladi. Ayrim konstruksiyali chiziqli dvigatellarda induktor qo‘zg‘aluvchi qismi bo‘lsa, ayrimlarida ikkilamchi element qo‘zg‘aluvchi bo‘ladi. Agarda chiziqli dvigatellarning ikkilamchi elementida qisqatutashgan chulg‘amni joylashtirish imkoni bo‘lmasa, uning o‘rniga mi,alyumin yoki ferromagnit po‘latdan tayyorlangan tasmadan foydalanish mumkin. Chiziqli dvigatellarda ish xarakteristikasini yaxshilash maqsadida ferromagnit po‘latdan tayyorlangan tasmaning usti mis qatlam bilan qoplanadi.
Chiziqli asinxron dvigatellarning asosiy kamchiliklaridan biri chet effektining paydo bo‘lishidir. Bu effekt tufayli parazit tormozlovchi kuchlar paydo bo‘ladi va qo‘zg‘aluvchi qismni ko‘ndalang siljitishga xarakat qiladi.
Chiziqli asinxron dvigatellar tasmali konveyrlarda, ko‘taruvchi transportli mexanizmlarda qo‘llaniladi. 2.3-rasmda ko‘taruvchi kran qo‘zg‘aluvchiaravasini qo‘zg‘atuvchi asinxron chiziqli dvigatel qurilmasi ko‘rsatilgan. Qo‘zg‘aluvchi arava 3 da o‘zak 6 ning pazlarida chulg‘am 5 o‘rnatilgan chiziqli asinxron dvigatelning induktori joylashgan. G‘ildirak 2 ga yo‘naltiruvchi po‘latbalka 1 ning pastki qismiga po‘lat tasma 4 maxkamlangan. Induktorning yuguruvchi magnit maydoni po‘lat tasma 4 da uyurmaviy toklarni xosil qiladi. Ushbu toklar bilan induktor xosil qilgan magnit maydoni ta’siri natijasida xosil bo‘lganelektromagnit kuch qo‘zg‘aluvchi aravani tasma 4 bo‘ylab joylashtiradi. 2.3-rasm. Ko‘taruvchi kranning chiziqli asinxron dvigatelli yuritmasi:1- po‘latbalka; 2-g‘ildirak; 3-qo‘zg‘aluvchi arava, 4-tasma; 5-chulg‘am; 6-o‘zak
Chiziqli asinxron dvigatellarni nasoslarda qo‘llasa bo‘ladi, bunda rotor vazifasini suyuqlikning o‘z bajaradi. Yassi nasoslar ikki tomonida chulg‘ami bor statordan tashkil topgan bo‘lib, ularning orasidan suyuq metal o‘tadigan to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi kanali bo‘ladi.