O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana30.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#595339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Mullaboyev Naimjon (2)

Diologik metodlar
- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib 
o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi. 
Suhbat
- bu o`quvchi va o`qituvchi orasidagi diolog 
bo`lib 
hisoblanadi.O`qituvchining 
savollariga 
o`quvchi 
javob 
beradi 
yoki 
aksincha.Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya 
tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari 
ularning tuzilishiga bog`liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o`rganilsa, 
o`quvchilarda tafakkur qirralari o`sib tayanch bilimlarni qo`llash orqali rivojlanish 
bo`ladi. Bu metod ko`proq yuqori sinflarda olib boriladi. 
2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar,kimyodan 
masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash. 
Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod 
sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy 
mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan 
ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba 
ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali 
o`quvchilarda 
kimyoviy 
tajribalarni 
bajarish 
ko`nikma 
va 
malakalar 
rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi.Demonstrasion tajribalar 
ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi. Masalan, CO2 bilan o`t 
o`chirishni ko`rsatish; 
Ko`rgazmalilik
- shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni 
o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan 
unumli foydalanish lozim. 
O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi 
shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izo hlab borish lozim. 
Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi: 


1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba 
o`tkazilishini tushinishi kerak. 
2. Tajribalar o`tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, 
(reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.) 
3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima 
bo`ladi anglab yetish) 
4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, 
o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular: 
1) Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi. 
2) O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi. 
O`qituvchi 
o`qitish 
jarayonida 
o`quv 

ko`rsazmali 
vositalardan 
foydalanishibu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, 
har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran 
qo`llanmalari va hokazolar.Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars 
mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli 
foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha 
doskadan o`chirmaslik kerak. 
Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy 
faoliyati yotadi.Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi 
faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga 
oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi. 
Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari 
amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, 
ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat 
ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va 
malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng mu him sohasi bo`lib 
hisoblanadi.Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda 
tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish, 
rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim 


ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib 
hisoblanadi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish