O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi


Xoqonlikda davlat boshqaruv tartiblari



Download 1,06 Mb.
bet3/6
Sana28.04.2022
Hajmi1,06 Mb.
#588721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5289924967226412100

1.2.Xoqonlikda davlat boshqaruv tartiblari
Davlatning tuzilishi va boshqaruv tartibi.Xoqon-xoqonlikdagi eng oliy kishi turkiylar orasida Buyuk Xoqon deb atalgan. Xoqondan keyingi oʻrinda yabgʻu turgan. Taxt vorisiga tegin unvoni berilgan. Boshqa oliy unvonlar - shod, eltabar. Sud ishlarini buyruqchi va tarxon olib borgan. Viloyatlardagi vakillar tudunlar deb atalgan. Harbiy maʼmuriyat boshligʻi uchun tutuq qoʻllanilgan. Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan xukmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h. k.6
30-yillarga kelib Gʻarbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabgʻu (630-641) ning qoʻl ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe (KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu Shabolo; 651-657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi.7
Qapagʻan xoqon (691-716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699-yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 -y. Tangut oʻlkasiga, 701-y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi "Oltu Chub Sugʻdaq" oʻlkasiga, 703-yilda basmillarga, 705- 706 yillarda bayirqularga, 709-yilda chik va azlarga, 710-yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710-yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716-734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716-yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg .,717-yilda oʻgʻuzlarga, 718-yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742-744 yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745-yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551-552), Mugʻon (552-572), Taspar (572-581), Toʻnga Turon (588-600), Shibi (609-619), Elxoqon (620-630), Qutlugʻ Eltarish (680-691), Bekchoʻr Qapagʻan (691-716), Bilga (716-734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680-726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684-731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552-576), Tardu (576-603), Tun yabgʻu (618-630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.8
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan xukmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k. Shu o‘rinda Choch tarixi bilan bog‘liq yana bir masalaga to‘xtalib o‘tish lozim. Sheguy xoqon bo‘lishidan ancha avval, ya’ni 611-yilgacha xoqonlik boshqaruvida shad martabasini egallab turgan paytda, Choch vohasini o‘z chekiga tushgan ulus (udel) sifatida olgan edi. Xoqonlik boshqaruv tizimida mavjud taomilga ko‘ra, shad unvoni xoqonning o‘g‘illari va jiyanlariga, ya’ni shahzoda – teginlarga berilar va ular o‘z qo‘shiniga ega bo‘lar hamda biror o‘lkaning boshqaruviga tayinlanardilar. Qisqasi, 605-yilda Chochning mahalliy hukmdori xoqonlikka tobe bo‘lishiga qaramay, Sheguy shad bilan nizolashib qolgach, bu yer Sheguyga ulus qilib berilganmidi yoki undan avvalroq ham voha ushbu shahzodaga qarashli ulus edimi, degan masala muammolidir. Aynan shu yillarda vohada xoqonlikning boshqaruvchi xonadoni – Ashina sulolasiga mansub Tegin Tyanchjidan boshlanuvchi va to VII asrning o‘rtalarigacha bosh sulola maqomida bo‘lib kelgan Choch Teginlari (605-750) hukmronligining ilk yillaridanoq, voha G‘arbiy xoqonlikning markaziy boshqaruvi bilan bevosita aloqador bo‘la boshlagandi. Jumladan, Tan-shu yilnomasida qayd etilishicha, G‘arbiy Turk xoqoni Chulo (Chura; 603–610) o‘z davlati hududida yana ikkita “kichik xoqon” tayinlab, ulardan birining qarorgohini Shi-go (lug‘. Tosh davlati)ning shimolida ta’sis qiladi va butun Xu o‘lkalarini, ya’ni o‘troq hukmdorliklarni ushbu “kichik xoqonlik” vositasida boshqara boshlaydi. Ushbu “kichik xoqonlik”ning aynan qachon, Chulo xoqon boshqaruvining qaysi yilida tashkil qilingani aniq bo‘lmasa ham, unga asos solingan vaqt taxminan 605 yildan keyingi sanalarda, Chulo va Sheguy orasiga nifoq tushib, davlatning g‘arbiy qismlarida hokimiyatni mustahkamlashga ehtiyoj sezilgan bir paytga to‘g‘ri kelsa ajabmas. Muhimi bu emas, yanada ahamiyatlirog‘i xitoy yilnomalarida “Chulo xoqon Chochning shimolida “kichik xoqonlik” ta’sis qildi”, deb qayd etilar ekan, vohaning aynan qaysi joyini nazarda tutganligidir. Boisi, qadimdan Chochning hududi an’anaviy tarzda shimoli-sharqda Taroz, shimoli-g‘arbda esa Sirdaryoning o‘rta havzalari, aniqrog‘i, Tarband (Forob/O‘tror-Shavg‘ar) gacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olar, shimoliy hududlari deganda esa Isfijob (Sayram) kabi viloyatlarni ham o‘z ichiga oluvchi Tarband va Taroz oralig‘idagi viloyatlar tushunilardi.9
Ma’lumki, sug‘orma dehqonchilik, demografik o‘sish, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, tijorat va urushlar kabi bir qancha sabablar tufayli vujudga kelgan ilk shaharlar keyinchalik dastlabki davlatlar ko‘rinishini ola boshlagan. Shu paytda paydo bo‘lgan shahar va davlat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haligacha davom etib kelmoqda. Chunki shaharlar har qanday davlatning nafaqat iqtisodiy asosini, balki siyosiy va madaniy darajasini ham ko‘rsatib beruvchi eng muhim belgilardan sanaladi.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish