O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti



Download 497 Kb.
bet5/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

Uslubiyat (stilistika) – grekcha “staylos” so‘zidan olingan bo‘lib, suyakdan yasalgan uchli tayoqcha degan ma’noni bildiradi. Qadimgi greklar mum surtilgan taxtachaga ana shu tayoqcha bilan yozganlar. Xato yozilgan so‘zni tayoqchaning ikkinchi-kurakcha ko‘rinishidagi tomoni bilan to‘g‘rilar va uchli tomoni bilan yozar edilar.2 Uslubshunoslik fanining o‘rganish obyekti haqida turli xil qarashlar bor. Akademik V.V.Vinogradov stilistika bahsida bir-biri bilan uzviy aloqador, lekin vazifalari turlicha bo‘lgan uchta tekshirish aspektini farqlash zarurligini uqtirgan.

1-rasm. Uslubiyat bo‘yicha Vinogradov tasnifi
Bulardan adabiy yo‘nalish nisbatan kengroqdir. Nutq uslublari esa V.V.Vinogradov tasniflarining birinchi va ikkinchisi ta’sirida shakllangan. Vazifaviy uslublar nutq ko‘rinishlarining asosiy vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga ajraladi: 1. So‘lashuv uslubi. 2. Rasmiy uslub. 3. Ilmiy uslub. 4. Publitsistik uslub. 5. Badiiy uslub. Nutq uslublari til taraqqiyotining ma’lum davrida asta-sekin shakllangan. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Har bir uslub og‘zaki va yozma shaklga ega. Nutq uslublari doirasida qo‘llanuvchi ifodalar faqat birgina uslub doirasida chegaralanmaydi. Masalan, badiiy uslubda yozuvchi qahramonning xarakter-xususiyati, kasbi, milliyligi, yashash joyi kabilarni ifodalash uchun boshqa uslubga xos leksemalardan ham foydalanadi. Nutq uslublarining har biri tilning bir butun yaxlit tizimi doirasida ish ko‘radi va ifoda vositalarining uyushishi, takrorlanishi bilan xarakterlanadi.3 Publitsistika (lot. “xalq, omma”) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniya orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
P UBLITSISTIKA
Og‘zaki publitsistika Yozma publitsistika
2-rasm. Publitsistikaning turlari
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyada chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og‘zaki shaklidir. Publitsistik uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik kabi belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar va iboralar ko‘proq qo‘llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo‘poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar. Publitsistik uslub ─ matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o‘rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda “muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so‘ziga ko‘ra, muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi ...” va hokazo iboralar qo‘llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi. Masalan, “Chiqindi seriallar?”, “Olmaning tagiga olma tushmaydi”, “Keksayganda ibrat bo‘lish o‘rniga…”, “MIB Toyloq tumanida “Dam yeb yotgan” hujjat” kabi. Publitsistikaning bosh vazifasi axborot uzatish va jamiyat vakillarida shu axborotga nisbatan ma’lum bir fikrni shakllantirishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda publitsistikaning dastlabki rivojlanish davri jadidchilik bilan bog‘liq. Chunki publitsistikaning ilk namunalari o‘zbek matbuoti 1900-yildan keyin paydo bo‘lib, 20-yillarning boshida jadidlar ta’sirida o‘z rivojlanish cho‘qqisiga yetgan. Publitsistikaning rivojlanishi Cho‘lpon va Fitrat nomlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza, M.Shermuhammedov kabilarning maqolalari publitsistikaning asosini tashkil etgan matbuotni rivojlantirdi. Keyingi yillarda N.Abduazizova, H.Akbarov, X.Do‘stmuhamedov, S.Jabborov, N.Jo‘rayev, Q.Irnazarov, M.Xudoyqulov, F.Mo‘minov, P.Mo‘minova, H.Saidov, O.Toshboyev, D.Teshaboyeva, A.Pardayev, F.Ro‘ziyev, X.Mamadaliyev, O.O‘sarov kabi olimlarning milliy jurnalistika tarixi va rivojlanish bosqichlari, matbuot nazariyasi, janrlari, jurnalistik faoliyatning ijtimoiy va axloqiy masalalari o‘rganilgan salmoqli ilmiy tadqiqotlari yaratildi. Mazkur tadqiqotlarning jurnalistika sohasini rivojlantirish, OAV faoliyati samaradorligini tashkil etishdagi ro‘li, gazeta tilini o‘rganishdagi o‘rni ham beqiyos .4
Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo‘shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo‘ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi, mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e’tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bo‘shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k. Bu uslubning boshqa nutq uslublaridan ajratib turadigan muhim xususiyatlari: axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Publitsistik uslub boshqa uslublardan alohida belgilariga ko‘ra ajralib tursa-da, biroq ular bilan doimo bog‘liqlikda rivojlanadi. Bugungi kunda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan har qanday o‘zgarishlar publitsistik uslub janrlari tarkibiga kiruvchi radio-televideniya hamda matbuot sahifalarida keng yoritib borilmoqda. Har bir davrning mavjud siyosati va hatto badiiy adabiyoti ham publitsistikadan ayri holda rivojlangan emas. Publitsistika hayot faktlarini chuqur tahlil va tadqiq etish, yaʼni ijtimoiy-publitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Publitsistik uslubni oraliq uslub desa ham bo‘ladi. Publitsistikaning badiiy publitsistika tarmog‘ida badiiy uslub xususiyatlarini o‘zida namoyon etadi. Masalan, “Oq yo‘l “Bahor”” nomli ocherkda shunday misralar mavjud: “Mukarrama opa bizga o‘xshash juda ko‘p shogirdlarni tarbiyaladi, raqsning sehrli olamiga olib kirdi. Ustoz ijro etgan har bir raqs milliy san’atimiz durdonasiga aylandi, xazinamizni boyitdi. Bugun hammamizni dilimizni ravshan qilgan qaror tarix sahifalariga muhrlandi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi”.5 Maqola sarlavhasida metonimiya (“Bahor” raqqosa qizlar ansambili) dan foydalanilganligi, matn tarkibida ko‘chma ma’noga ega leksemalarning mavjudligi (raqsning sehrli olami, olamiga olib kirdi (metafora), milliy san’at, san’atimiz durdonasi, xazinamiz (bu yerda raqs san’ati turlari nazarda tutilgan)ni boyitdi, tarix sahifasi, sahifasiga muxrladi kabi) publitsistikani badiiy uslub bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, agar publitsistik uslub na’munalarida, ayniqsa, axboriy janrlarda ko‘chimlarning miqdori haddan ziyod orttirib yuborilsa, matn o‘z kommunikativligi (ommabopligi) va bosh maqsadini yo‘qotadi. Bu xususiyat nutqni tezda tushunarli va esda qolarli bo‘lishiga ta’sir etadi. Ba’zi bir o‘rinlarda esa badiiy vositalardan uzoqlashish lozim. Chunki publitsistikaning bosh vazifasi bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni yetkazish, aniq ma’lumotlarni jamiyat vakillariga bayon etish barobarida axborotga nisbatan javob reaksiyasi uyg‘ota olish kerakdir. Aniq ma’lumotga asoslangan va ilmiy dalillar bilan to‘ldirilgan maqola, reportaj, lavha kabi publitsistik uslub janrlari obrazli yondashuvlardan xoli ekanligi bilan ularning ishonchlilik darajasi oshadi. Masalan, “Oilamiz farovonligi sa’y harakatimizga bog‘liq” nomli maqola matniga e’tibor beraylik. “Bugungi kunda axoli tomorqa uchastkalarida qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq jamg‘armalar ajratilgani, sohadagi malakali olimlarning, ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilinayotgani xalqimizning davlat siyosatiga ishonchini oshirmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlab o‘tilgan vazifalar esa ayni vaqtida ko‘rilayotgan choralarni samarali amalga oshirishga qaratilgan”6 Ushbu matnda ma’lum sohalarga doir (tomorqa uchastkasi, qishloq xo‘jaligi, maxsulot; jamg‘arma, daromad; siyosat, rahbar, rais, yig‘ilish; pandemiya, koronavirus) terminlar qo‘llanilganligi va fikrni bayon etishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanilmaganligi bizga ilmiy uslubni yodga soladi. Chunki ilmiy uslub har bir soha terminlarining ko‘proq ishlatilishi, grammatik qurilishida mantiqiy bog‘liqlik, izchillik, aniqlik, bo‘laklarning to‘liq qo‘llanishi bilan farqlanadi.7 Ayni paytda publitsistik uslub doirasidagi bayon etiladigan ilmiy manbaalar jurnalistning zamona talabidan kelib chiqib, xabarlarni bayon etish bilan birga unga o‘z munosabatini bildirish va baholash funksiyalari bilan birgalikda kelishi mukin. Ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritgan barcha asarlar publitsistik asarlar jumlasiga kiradi.8 Bugungi globallashuv davrida ijtimoiy hayotni axborotlarsiz tasavvur etish mushkul. Mustaqillikdan keyingi hayotimizda qaysiki sohada jadal rivojlanish bo‘lmasin, bularning bariga qabul qilingan qaror va farmoyishlar sabab bo‘ldi. Gazeta jurnallarning, kundalik axborotlar, reportajlar, sharhlovchilarning chiqishlariga bosh manbaa vazifasini o‘tovchi qarorlar va ularning rasmiy ish uslubi uchun shtamp holiga kelib qolgan ibora-ifodalar bilan yoritilishi publitsistik uslubning rasmiy uslub bilan doimiy aloqada ekanligini namoyon etadi. Masalan, “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni matniga e’tibor beramiz. “1. Keng jamoatchilik fikrlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Palatalari, Vazirlar mahkamasi va Ichki Ishlar vazirligining ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tish hamda birinchi bosqichda quyidagilarni amalga oshirish haqidagi takliflariga rozilik berilsin. 3. Belgilansinki: a) 2020-yil 1-sentabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy qilinadi.” Bir necha sahifadan ajratib olingan bu misollarda rozilik berilsin, belgilansinki; monosemantik xususiyatga ega so‘zlar: jamoatchilik, propiska kabi va boshqa bir qator ilmiy uslub xususiyatlari ko‘zga tashlanib turibdi. Ammo har bir uslub namunasi, ayniqsa, ilmiy matnlar ommabop qilib qayta ishlanadi. Aks holda ularning gazeta uslubining umumiy stilistik ohangiga zidligi sezilib qoladi. Vazifaviy uslublardan yana biri bo‘lgan so‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlar publitsistikaning ba’zi bir namunalarida namoyon bo‘lmoqda. So‘zlashuv uslubida nutq diologik tarzda bo‘lib, so‘z tartibi esa erkin bo‘ladi va sintaktik jihatdan to‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi.9 Ular ham publitsistik uslub qoidalariga muvofiqlashtiriladi. Sintaktik jihatdan gaplar to‘liqlashtiriladi, sheva unsurlari adabiy til bilan almashtiriladi. Noo‘rin aytilgan jumlalar olib tashlanadi. Chunki matn uslublar bo‘yicha malakasi nihoyatda turlicha bo‘lgan o‘quvchilar auditoriyasiga mos kelishi kerak. Masalan, “Kanadalik Navoiyshunos” nomli maqolada diologik usulda olib borilgan muloqot jurnalistning munosabatlari bilan uyg‘unlashtirilgan. “Savol: Nima uchun o‘zbek mumtoz adabiyoti va aynan Alisher Navoiy asarlari ustida izlanishlar olib bordingiz? Javob: Talabalik yillarimda tillarga qiziqardim. 1947-1953-yillari London universiteti huzuridagi Sharq va Afrika tadqiqotlari oliy dargohida tahsil oldim. O‘sha paytdan boshlab sharq qo‘lyozmalari bilan ishlashni boshladim. Jumladan eski o‘zbek tilini o‘rganib, Navoiy va Bobur asarlarini o‘rgandim.” Maqola so‘ngida jurnalist: “Agar 1973-yilda Brinbaum harakatiga to‘sqinlik bo‘lmaganda, o‘zbek mumtoz adabiyoti bilan shug‘ullanishni yanada kengaytirgan va umrini oxirigacha davom ettirgan bo‘lar edi” – deya o‘zining munosabatini keltirib, publitsistik uslub qolipiga bo‘ysungan holda nutqni yaratuvchi mualli “meni” ni namoyon etgan.
Demak, publitsistik uslub mavjud zamon nafasini o‘zida aks ettirib, mavjud yangiliklarni omma e’tiboriga tezkorlik va ishonchli manbaalarga asoslangan holda taqdim etish yukini o‘z bo‘yniga olishi bilan birga, bu ma’lumotlar oddiy dehqondan tortib, akademikkacha bo‘lgan keng auditoriyani o‘ziga jalb qila oladi. Publitsistik uslub namunalarini yanada aniq, tushunarli, lo‘nda, qiziqarli va ta’sirchan bo‘lishida o‘zbek tilining boshqa funksional uslublariga xos unsurlarning o‘ziga xos tarzda ushbu uslub bilan aralashuvi hamda ularning publitsistik uslub qolipiga uyg‘unlashtirgan holda kommunikatsiya jarayonini amalga oshirilishi ushbu soha doirasini yanada kengayishi va rivojini ta’minlaydi. Fikrni bayon etishga keng imkoniyatlar eshigini ochadi.



Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish