O‗zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 9,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/242
Sana16.03.2022
Hajmi9,49 Mb.
#494772
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   242
Bog'liq
Majmua TAT 2020-2021 yil uchun original

 
 
 
 
 
5 – amaliy mashg‘ulot 
Mavzu:
 
Antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash 
 
Zamon taraqqiy etgan sari jamiyatda axborotga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham ortib 
bormoqda, ayniqsa, axborot texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi axborotlar 
hajmining ham ortib borishiga xizmat qilib kelmoqda. Bu kabi axborotlar ichida ma‘lum 
ma‘noda himoyani, mahfiylikni va sir saqlaishini talab etadiganlari ham bo‘ladi negaki, bu 
toifadagi ma‘lumotlarning oshkorbo‘lishi, o‘rganilishi yoki yo‘q qilinishi kabi holatlar tashkilot 
uchun katta talofotlarni, moliyaviy yoki moddiy zararlarni olib kelishi mumkin. Bu kabi 


axborotlarni oldini olish uchun esa qanday sohalar bo‘lmasin albatta, axborot xavfsizligini, uning 
himoyasi va muhofazasini amalga oshiilishi lozim. 
Virus nimaligini hammamiz yaxshi bilamiz. Endi ularga qarshi kurashishning eng asosiy 
usuli haqida so‘z yuritamiz. Har dardning davosi bo‘lganidek viruslar uchun ham ― 
antibiotik‖lar-antivirus dasturlar mavjud. Antivirus dasturlarini o‘zaro solistirish, taqqoslashdan 
avval ularning qanday ishlashi haqida ma‘lumot berib o‘tamiz. Qaysi antivirus dasturini 
olmaylik ularning asosiy qiladigan ishi, bajaradigan funksiyasi deyarli bir xil: kompyuterning 
tezkor va doimiy xotirasini skanerlash va nazorat qilish. Lekin mana shu ikki ish turli antivirus 
dasturlarda bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. 
Zararli dasturlar, ya‘ni viruslarning yozilish kodlarining ketma-ketligi mavjud bo‘lib, 
antivirus dsturi mana shu ketma-ketlikka qarab virusni tanib oladi. 
Ba‘zi antiviruslar esa, shubhali ob‘ektning o‘zini ajratib olib, uni diqat bila tekshirib 
chiqadi,kompleks usilda tahlil qiladi. Bunday usulning yaxshi tarafi-o‘zining shaklini oson 
o‘zgartirib oladigan yoki uncha tanilmagan viruslarni ham aniqlash imkoni borligidir, yomon 
tarafi-antivirus dastur tez-tez yolg‘n chaqiruvlarni amalga oshiradi. Chunki, aytganimizdek, aniq 
bir virusni emas, balki shubhali ko‘ringan har qanday faylni tekshiraveradi. Virus aniqlashning 
yana bir usuli-xotiradagi o‘zgarishlarni doimiy ravishda tahlil qilish, monitoring qilishdir. Bunda 
fayllarning axborot hajmlari, hisil qilingan sanasi tekshirib turiladi. Agar fayl parametrlaridan 
birortasi o‘zgarib qolsa, antivirus mana shu o‘zgarishni o‘rganishga tushadi. Chunki odatda 
viruslar faylning parametrlarini o‘zgartirib qo‘yadi. 
Antivirus dasturining eng muhim sifati zararli kodni aniqlash hisoblanadi. Bulardan 
tashqari ularning islash tezligi, xotirada egallaydigan joining hajmi, kompyuter resurslarinig 
qancha qismidan faol foydalanishi ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki ba‘zi antivirus 
dasturlari ishlayotganida deyarli ―qotib‖ qoladi.
―KASPERISKIY‖ antivirusi 
Kasperiskiy aslida antivirus yaratuvchisi, ―Kasperiskiy labaratoriyasi‖ kompaniyasi 
asoschisi, rossiyalik mutahasislarning familiyasi bo‘lib, bugungi kunda zararli dastularga, 
viruslarga qarshi kurashihning ramziy nomi bo‘lib qolgan. Bu antivirus dastur Rossiya va MDH 
davlatlarida keng tarqalgan. Labaratoriyada nafaqat antivirusning yangi versiyalari ishlab 
chiqiladi, balki foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, antivirusni takomillashtirish 
ustida ishlar olib boriladi. Kasperiskiy antivirusi soda va qulay interfeysga ega bo‘lib, barcha 
kerakli, utilitalarni bitta oynada joylagan. Dasturni o‘rnatish ustasi yordami bilan hatto 
boshlang‘ich foydalanuvchi ham ushbu antivirusni o‘z kompyuteriga oson o‘rnatib olishi 
mumkin. Boshqa tarafdan esa, foydalanilgan algaritmlarning kuchlilgi hattoki professionallarni 
ham qonoqtiradi. Antiviruslarni salohiyatini tekshirish uchun maxsus test o‘tkazilganda, 
Kasperriskiy ham qatnashdi. Bunda sinov kompyuterning 12 Mb hajmli hotira qismiga 7 ta 
zararli dastur- virus yuqtirildi va kasperiskiy antivirusi yordamida o‘sha viruslar qidirilda. 
15daqiqa ichidaantivirus 6 tq virusni aniqladi, birorta yolg‘on chaqiruv bo‘lmadi. 
Dr.Web antivirusi 
Bu-Rossiyada ishlab chiqarilgan yana bir antivirus dastur bo‘lib, u mashhurlikda 
Kasperiskiydan qolishmaydi, unga raqobatchilik qiladi. Uning demo versiyasidan foydalanish 
uchun albatta internet orqali ro‘yhatdan o‘tishi kerak. Bu bir tarafdan yaxshi. Sababi ro‘yhatdan 
keyin foydalanuvchi viruslar haqidagi eng so‘nggi bazaga ega bo‘ladi. Yomon tarafi shundaki, 
Dr.Webni o‘rnatish uchun internetga ulangan
bo‘lishi lozim bo‘ladi. 
Boshlang‘ich foydalanuvchilar Dr.Webdan foydalanmoqchi bo‘lsalar, yaxshisi dasturni 
o‘rnatishni kompyuterning o‘ziga qo‘yib berganlari yaxshi. Aks holda o‘rnatish davomida 
foydalanuvchi adashib ketish ehtimoli katta. Dr.Web antivirusining ahamiyatli tomoni shundaki, 
u kompyuterni skanerlayotganda kompyuterni bloklab qo‘yadi, foydalanuvchi kutib turishiga 
to‘g‘ri keladi. Yuqorida keltirilgan antivirus dasturlari o‘rtasidagi testda Dr.Web kompyuterga 
yuqtirilgan 7 ta virusning hammasini topdi, qo‘shimchasiga zararli jarayon haqida ogohlantirish 
ham berdi. 


Antiviruslarni qo‘llanish usuliga ko‘ra, quidagilarga ajratishimiz mumkin: detektorlar, 
faglar, vaksinalar, privivkalar, revizorlar. 
Detektorlar- virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar ketma-ketligi) bo‘yicha 
tezkor xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma‘lum viruslarni topadi va xabar beradi. Vangi 
viruslarni aniqlab olmasligi detektorlarning kamchiligi hisoblanadi. 
Faglar- yoki doktorlar, detektorlarga xos bo‘lgan ishni bajargan holda zararlangan 
fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi (Kasperiskiy antivirus, 
Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda ). 
Vaksinalar- yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga o‘rnatiladi. 
Natijada dastur zararlangan deb hisoblanib, virus tomonidan o‘zgartirmaydi. Faqatgina ma‘lum 
viruslarga nisbatan vaqtincha qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu 
antivirus dasturi keng tarqalmagan (Anti Trojan Elife, Trojan Remover, Dr.Web Curelt ). 
Privivka- fayllarga huddi virus zararlagandek iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar 
―privivka qilingan‖ faylga yopishmaydi. Viruslar zararlangan fayllarga metka qo‘yadi va keyingi 
safar bu faylni zararlamaydi, privivka antiviruslari esa oldindan zararlangan degan metka qo‘yib 
qo‘yadi va shu orqali faylni zararlashdan saqlaydi. 
Filtrlar- qo‘riqlovchi dasturlar ko‘rinishida bo‘lib, resident holatda ushlab turadi va 
viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar beradi (Outpost Security 
Suite, Agnitum Outpost Firewall ). 
Revizorlar- eng ishonchli himoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi holatini 
xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda yangilab turish lozim, undan 
tashqari antivirus dasturlarini yangi yangi versiyalarini chiqishini ham kuzatib borish kerak va 
kompyuterga mos keladiganlarini aniqlab dasturni yangilab borish shart. 
Virus- bu dasturchi tomonidan tuzilgan kompyuter ish faoliyat tekis ishlasiga halaqit 
beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham ta‘qiqlab qo‘yadigan dasturlardir. Bu dastur 
asosan internet tarmog‘i orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi. 
Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba‘zi kompyuteringizni kerakmas fayllar 
bilan tortsa, yana ba‘zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib 
qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarni o‘chirib sizga zarar 
yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olishimiz kerak, ya‘ni qaysi virus 
nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Quida ularning turlarini ko‘rib 
chiqamiz. 
Troyanlar- qadimgi yunonlarning Troaga yurishi davrida qo‘llagan hiylasi, ya‘ni 
Troyaliklarning otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari 
va bu otning troyaliklarning mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya 
oti iborasi ―hosiyatsiz sovg‘a‖ degan ma‘noni bildiradi. Kompyuter internet dunyosida troyanlar 
―hosiyatsiz programma‖ deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali 
tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida 
o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga no‘malumligicha qoladi. 
Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi tamonidan belgilangan harakatlarni amalga 
oshiradilar. Troyanlar o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuter xavfsizligini ishdan chiqaradi: 
troyanlar kerakli ma‘lumotlaringizni o‘cirib yuborishi, kompyuterdagi ma‘lumotlarni kerakli 
manzilga jo‘natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi 
mumkin. 
Chuvalchang virular- chuvalchang viruslar o‘z nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan 
ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yo‘li internet tarmoqlari orasida tarqaladi. 
Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan 
foydalaniladi. Ular haqiqatdan ham kompyuteringizdagi ma‘lumotlar va kompyuter xavfsizligiga 
katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish 
yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo‘li bolan kompyuteringizga o‘rnashib olishi mumkin. 


Boot sektor viruslari- bu viruslar kompyuterning ishlay boshlasi uchun foydalanilgan 
qttiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan 
keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi. 
Makro viruslar- bu o‘zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro 
dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Exsel hujjatlarini 
zararlaydi. 
Operativ xotirada yashovchi viruslar- bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida 
yashaydi va zararli harakatini amalg oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa 
virusdan foydalaniladi. Ular o‘zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo‘lsa 
ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan. 
Rootkit viruslari- rootkitlar viruslar orasida o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga 
ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkitlar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan 
qo‘lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba‘zi rootkitlarni antivirus programmalari ham aniqlay 
olmaydi , chunki ular o‘zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko‘rsatishadi. Rootkitlar odatda 
troyanlar tomonidan kompyuteringizga o‘rnatiladi. 
O‘zgaruvchan viruslar- bu viruslar nafaqat o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan 
paytda o‘zlarining kodlarini ham o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham 
ba‘zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin. 
Vaqt bombasi viruslari- bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki 
foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. 
Misol uchun kulgi kunida yoki yangi yilda kompyuteringizdagi ma‘lumotlarni o‘chirib tashlab 
sizga ―sovg‘a‖ taqdim etishi mumkin. 
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz kerakki hozirgi axborotlashgan zamonda biz 
hayotimizni turli axborotlarsiz yoki internet tarmog‘isiz tassavur eta olmaymiz. Shu sababli turli 
axborotlar olish internet tarmog‘idan foydalanish jarayonida ehtiyotkorlik zarar qilmaydi. 
Negaki shunday viruslar borki ular huddi foydali axborotdek ko‘rinadi. U viruslar kompyuterga 
kirib uni ishdan chiqarishi mumkin. Shuningdek kompyuterga har doim antivirus dasturini 
o‘rnatib turish zarar qilmaydi. Bu o‘zimiz uchun ham kompyuterimiz uchun ham foydali. 

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish