O‗zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 9,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/242
Sana16.03.2022
Hajmi9,49 Mb.
#494772
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   242
Bog'liq
Majmua TAT 2020-2021 yil uchun original

Internet magazinlar. 
Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari Internetdan 
foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va hizmat navlari 
bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo‘yicha axborot olishga, internet orqali to‘lovni 
amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi. Umumiy holda 
Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot xizmatini ko‘rsatish, buyurtmalarni 
ishlash, to‘lovlarni amalgam oshirish hamda turli statistik axborotlarni yig‘ish va tahlillash. 
Internet-magazinni boshqarish sxemasi 1-rasmda keltirilgan 
Bu sxemada: 

Web-server – tushgan so‘rovlarni taqsimlaydi, foydalanishni chegaralaydi. 

Ilovalar serveri – barcha tizim ishlashini, xususan Internet-magazin biznes mantiqini 
boshqaradi: 

MBBT ilovalar, mijozlar, schyotlar va hokozo hususidagi axborotni saqlashni va 
ishlashni amalgam oshiradi. 
Talaba javob beradigan Internet-magazinning ta‘minoti Web-vitrinanikiga qaraganda 
qimmqtga tushsada, uning imkoniyatlari juda keng va rentabelligi yuqori. Undan tashqari, 
axborotning dinamik ishlanishi va ma‘lumotlar bazasining mavjudligi evaziga Internet-magazin 
har bir ro‘yxatdan o‘tgan xaridor bilan individual ishlash imkoniyatiga ega. 
2.Elektron raqamli imzo 
Elektron raqamli imzo
— Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida 
hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi 
axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini 
identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga 
rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil 
ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan 
belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni 
qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan 
muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli 
bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli 
imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi. 


Qabul qilib olingan ma‘lumotlarni haqiqiyligini yoki haqiqiy emasligini aniqlash 
masalasini, ya‘ni ma‘lumotlarni autentifikatsiyasi masalasining mohiyati xaqida to‗xtalamiz.
Har qanday yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni bajaruvchisi yoki bajarilishi uchun 
javobgar bo‗lgan shaxsning imzosi bo‗lishi tabiiy holdir. Bunday holat odatda quyida ikkita 
maqsaddan kelib chiqildi. Birinchidan, ma‘lumotni olgan tomon o‗zida bor bo‗lgan imzo 
namunasiga olingan ma‘lumotdaga imzoni solishtirgan holda shu ma‘lumotning haqiqiyligiga 
ishonch hosil qiladi. Ikkinchidan, shaxsiy imzo ma‘lumot hujjatiga yuridik jihatdan avtorlikni 
kafolatlaydi. Bunday kafolat esa savdo-sotiq, ishonchnoma, majburiyat va shu kabi bitmlarda 
alohida muhimdir.
Hujjatlardagi qo‗yilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab bo‗lib, 
shaxsiy imzolarniig avtorlarini hozirgi zamonaviy ilg‗or kriminalistika uslublaridan foydalanish 
bilan aniqlash mumkin. Ammo elektron imzo xususiyatlari bundan farqli bo‗lib, ikkilik sanoq 
sistemasi xususiyatlari bilan belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bog‗liq. Xotira bitlarining 
ma‘lum bir ketma -ketligidan iborat bo‗lgan elektron imzoni ko‗chirib biror joyga qo‗shish yoki 
o‗zgartirish kompyuterlar bog‗lami sistemasi asosidagi aloqa tizimlarida murakkablik 
tug‗dirmaydi.
Bugungi yuqori darajada rivojlangan butun dunyo sivilizatsiyasida hujjatlarni, jumladan, maxfiy 
hujjatlarni ham, elektron ko‗rinishda ishlatilishi va aloqa tizimlarida uzatilishi keng tarmoqli 
qo‗llanilib borilayotganligi, elektron hujjatlar va elektron imzolarning haqiqiyligni aniqlash 
masalalarining muhimligini keltirib chiqarmoqda. 
Ochiq kalitli kriptografik sistemalar bo‗limida ta‘kidlab o‗tganimizdek, bunday kriptosistemalar 
qanchalik qulay va kriptobardoshli bo‗lmasin, autentifikatsiya masalasini to‗la echilishiga javob 
bera olmaydi. SHuning uchun autentifikatsiya uslub va vositalari kriptografik altritmlar bilan 
birgalikda kompleks holda qo‗llanilishi talab etiladi.
quyida ikkita (A) va (B) foydalanuvchilarning aloqa munosabatlarida autentifikatsiya sistemasi 
raqib tomonning o‗z maqsadi yo‗lidagi qanday hatti-harakatlaridan va kriptosistema 
foydalanuvchilarining foydalanish protokolini o‗zaro buzishlaridan saqlashi kerakligini 
ko‗rsatuvchi holatlarni ko‗rib chiqamiz. 

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish