O‗zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ta‘limda axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 9,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/242
Sana16.03.2022
Hajmi9,49 Mb.
#494772
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242
Bog'liq
Majmua TAT 2020-2021 yil uchun original

axborot - 
bu eng oxiridagi foydalanuvchi tomonidan 
olingan tushunchalar va foydali deb baholangan yangi ma‘lumotdir. 
Yuqorida qayd etilganlarni izohlagan holda, axborotga quyidagicha ta‘rif 
keltirish mumkin. 
Axborot -
bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, 
bilimlar noaniqligi, to‘liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda o‘g‘zaki, yozma yoki boshqa 
usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash 
mumkin bo‘lgan atrof-muhit(obyektlar, voqyea-xodisalar) to‘g‘risidagi ma‘lumotlardir. 
Mazkur yo‘nalishda quyidagilar muhim sanaladi: 

axborot - bu har qanday ma‘lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi 
yangi bir ma‘lumotdir; 

axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo‘ladi, u o‘z yaratuvchisidan 
uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir; 

axborot xabarga aylandi, chunki u belgilar ko‘rinishida ma‘lum bir tilda ifodalanadi; 

xabar moddiy tashuvchiga yozib qo‘yilishi mumkin(xabar axborotni uzatish shaklidir); 

xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin

u jamoat kommunikasiyasi kanallari orqali uzatiladi; 

Axborot tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

tashkilotning strategik, taktik va tezkor maqsad hamda vazifalarini belgilash; 

tashkilotning, bo‘linmalarning joriy holatini, ulardagi jarayonlarni nazorat qilish; 

asosli va o‘z vaqtidagi qarorlarni qabul qilish;

maqsadga erishishda bo‘linmalar ishini muvofiqlashtirish. 
Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida keng 
qo‘llanimoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va hayotga keng tadbiq etishdan maqsad – 
jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir.


Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to‘liq va o‘z vaqtida 
foydalanishni ta‘minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni hamma joylarda tatbiq etish 
tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va 
texnologiyalarini hamma joyga tatbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat 
milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishinigina emas, balki ayni paytda 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini 
oshirish, atrof–muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli 
ilmiy yutuqlarga erishishni ham ta‘minlaydi.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod 
shakliga aylanmoqda. Ya‘ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o‘rni tobora 
yuksalib, ular stragegik resursga aylangan. Dunyoda jamg‘arilgan axborot va bilimlarning 90 % 
so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi 
milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta‘limda ham axborot-kommunikasiya 
texnologiyalaridan keng ko‘lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborot xuddi an‘anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo‘lgan resursga 
aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik 
imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida ular mehnat, moddiy 
va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda axborot boshqa barcha 
resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni asrab-avaylashga ko‘maklashuvchi 
yagona resurs turidir.
Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab 
chiqarishning asosiy qismi bo‘libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatida tovar 
hamdir.
XXI asrga kelib, insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlarning ishlab 
chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat 
resurslarining og‘ishmay axborotlar sohasiga aylanib borishi tendensiyasi tobora yaqqol 
sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur‘ati o‘sishi va rivojlanishi 
natijasida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborot hajmi oshib 
borayapti. Bu o‘sishni avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va 
jarayonlarida kuzatish mumkin.
Axborot tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni 
paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish 
hamda foydalanish bo‘yicha eng ko‘p xborotga ega 
bo‘lgan tizim yutib chiqmoqda.
Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini, sanoat 
rivojlanishi sharoitida, bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri deb hisoblaydi. 
Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sohalari u yoki bu ma‘noda axborot 
bilan bog‘liq bo‘lib ish bilan band bo‘lganlarning 40-60 % ni tashkil etadi. Axborot xizmatlari 
jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadining 10% ni tashkil qilmoqda. Uning 90% 
AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati rivojlangan barcha 
mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o‘z foydalanuvchilariga yetkazishning usullari va 
vositalarini ishlab chiqish hamda joriy etish jadal sur‘atlarda olib borilmoqda. Bu − axborot 
tizimlari va texnologiyalari sanoatini yaratishda o‘z aksinitopgan. 

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish