O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG`ICH TA`LIM KAFEDRASI
TA`LIMDA AXBOROT TEXNALOGIYALARI
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
(sirtqi bo’lim uchun)
BAJARDI: SAFAROVA MADINA
JIZZAX -2021
Mavzu: Matn muharrirlari va Word matn protsessori
Reja:
Matnlar bilan ishlash. Microsoft Word matn muxarriri.
Word matn muharririning oynasi.
Word matn muharririning menyular satri
Word matn muharririning standart va formatlash instrumentlar paneli
Word matn muharririda murakkab matnlar va jadvallar tayyorlash
Tayanch iboralar: Microsoft Office dasturlar paketi, matn muharririlari, Word matn muharriri, menyu satri, instrumentlar katori, standart instrumentlar katori, formatlash instrumentlar katori, jadval va uning chegaralari paneli, aktiv klavishlar
Matnlar bilan ishlash. Microsoft Word matn muxarriri.
Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida biror xujjatni tez va yuqori sifatida kirill yoki lotin alifbosida tayorlash hamda chop qilish zaruratiga ko'pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.
MS WORD - bu matnli xujjatlarni tuzish, ko'zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn muxarriridir.
MS WORD - matnli va grafikli malumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi xamda matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
MS WORD - yordamida ixtiyoriy ko'rinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, ya'ni ularni qo'shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko'chirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD - ayrim "kamchiliklar" dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Shunday qilib, WORD matn muxarriri ko'magida rus va ingliz tilida xar xil xujjatlar, xat, xisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli ma'lumotlarni zudlikda tayorlash va chop qilish mumkin. Bu matn muxarriri yordamida o'zbek shriftida va lotin alifbosi asosida, o'zbek tilida xar xil ma'lumotlarni osonlik bilan tayorlash mumkin.
Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo’limni tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki S: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri.
Nom satrida aktiv bo’lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan bo’lsa u holda uning nomi DOKUMYeNT 1 ko’rinishida bo’ladi.
Nom satri pastida menyu satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruklari bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruklar quyidagi guruhlarga ma‘nosi yoki ishlash holati bo’yicha saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ТАБЛИЦА, ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz.
Menyu satri pastida yordamchi tugmalar satri joylashgan bo’lib, u yordamida biz menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan ko’rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari bo’yicha guruhlarga bulinadi: СТАНДАРТНАЯ, ФОРМАТИРОВАНИЕ, РИСОВАНИЕ, ТАБЛИЦИ И ЗАЛИВКА, WORDART, НАСТРОЙКА ИЗОБРАЖЕНИЯ, ФОРМЫ, ЭЛЕМЕНТЫ УПРАВЛЕНИЯ va boshqa.
Yordamchi tugmalar satri tagida ish sohasi joylashgan. Shu sohada siz ok varakada yozuvlarni yozganday bulasiz. Matn bilan ishlashda bizgaqlaviatura va sichqoncha yordam beradi. Sichqonchaning suzga ko’rsatib bittali bosish - shu suzga kursorni utkazish, suzga ko’rsatib ikkitali bosish - shu suzni tanlash, suzga ko’rsatib uchtali bosish - shu suz joylashgan abzatsni tanlab olish. Klaviaturaning yo’nalishtugmalari yordamida bir satr yuqoriga, bir satr pastga, bitta belgi chapga, bitta belgi ungga o’tish. Shu tugmalar va SHIFT tugmasi birgalikda belgilar, suzlar yoki satrlarni tanlash mallni bajaradi. Matn yozilish vaqtida uzi satrda siz aytgan holatda yoziladi. Agar satr juda uzun bo’lsa kompyuter uni uzi boshqa satrga bo’lib davom etadi. Yangi abzatsni boshlab yangi satrga o’tish uchun esa ENTER tugmasidan foydalanamiz. Ish sohaning chap va yuqori qismlarida lineyka (chizgichlar), ung va pastki qismlarida esa ko’rib chiqish sohalari joylashgan.
Eng pastda malumotlar satri joylashgan . U bizga nechanchi satr, varaka va bo’limda joylashganimizni, necha varakadan dokument iboratligini, klaviatura tilini va boshqa yordamchi ma‘lumotlarni ko’rsatadi.
Endi yordamchi qurollar guruhlarning asosiysilari СТАНДАРТНАЯ va ФОРМАТИРОВАНИЕ bilan yaqinroq tanishaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |