trigidroksoxlorid, Ni(OH)NO3- nikel gidroksonitrat.
Gidrokso–tuzlar qizdirilganida yoki umuman vaqt o’tishi bilan tarkibida suv
molekulalarini chiqarib, okso-tuzlarga aylanadi:
2Mg(OH)Cl → Mg2OCl2 + H2O
Sb(OH)2Cl → SbOCl + H2O
Okso-tuzlar ham asoslar xosasini namoyon qiladi. Binobarin, kislota ta’sirida okso-
tuzlarni normal tuzga aylantirish mumkin:
Mg2OCl2 + 2HCl = 2MgCl2 + H2O
Tuzlarni olish usullari
. Tuz olinishining bir necha usullari bor. Ulardan eng
muhimlarini ko’rib chiqamiz.
1. Metallarga metallmaslarni ta’sir ettirish:
2Na + Cl2 → 2NaCl; Cu + Cl2 → CuCl2
2. Asoslarga kislotalar ta’sir ettirish:
KOH + HCl = KCl + H2O
Bu reaktsiya neytrallanish reaktsiyasi deyiladi.
3. Metallga kislota ta’sir ettirib ham tuz hosil qilish mumkin:
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2↑
Metall bilan kislota orasidagi reaktsiyadan hamma vaqt ham vodorod ajralib
chiqavermaydi, chunki metallarga kislotalar ta’sir ettirib
tuz olish reaktivning
kimyoviy xossalariga, kontsentratsiyasiga bog’liq. Oksidlovchi xossasiga ega
bo’lgan kislotalar metallar bilan reaktsiyaga
kirishganda vodorod ajralib
chiqmasligi mumkin:
3Cu + 8HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
4. Asosli oksidlarga kislotalar ta’sir ettirib:
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O
5. Asosli oksidlarga kislotali oksidlar ta’sir ettirib:
CaO + SiO2 = CaSiO3 ; Na2O + SO2 = Na2SO3
6. Kislotali oksidlarga asoslar ta’sir ettirib:
P2O5 + 6NaOH = 2Na3PO4 + 3H2O
23
SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O
7. Metallmaslarga ishqorlar ta’sir ettirib ham tuz olish mumkin. Galogenlar,
oltingugurt va boshqa elementlarga ishqor ta’sir ettirib, kislotalarning tuzlarini
hosil qilish mumkin:
Cl2 + 2KOH = KCl + KClO + H2O
3S + 6NaOH = 2Na2S + Na2SO3 + H2O
8. Amfoter oksid hosil qiladigan metallga ishqor ta’sir ettirib tuz hosil qilinadi:
Zn + 2NaOH = Na2ZnO2 + H2↑
2Al + 6NaOH = 2Na3AlO3 + 3H2↑
9. Tuzlarga kislotalarni ta’sir ettirib, tuz hosil qilinadi. Tuzga kislota ta’sir
ettirilganda yangi tuz va yangi kislota hosil bo’ladi.
Reaktsiyaning borishi uchun
olingan kislota kuchliroq yoki kamroq uchuvchan bo’lishi kerak:
3CaCl2 + 2H3PO4 = Ca3(PO4)2 + 6HCl
10. Tuzlarga tuzlarni ta’sir ettirib ham olish mumkin. Bu usul ancha keng
qo’llaniladigan usullardan biridir. Bunda reaktsiya oxirigacha borishi uchun hosil
bo’layotgan mahsulotlardan biri cho’kmaga tushishi kerak:
Ba(NO3)2 + K2SO4 = ↓BaSO4 + 2KNO3
AgNO3 + KCl =↓AgCl + KNO3
11. Tuzlarga ishqorlarni ta’sir ettirish yo’li bilan ham tuz olish mumkin. Bu
reaktsiya natijasida yangi tuz va yangi asos hosil bo’ladi. Bu reaktsiyadan, asosan,
asoslarni olish va nordon tuzlarni normal tuzlarga aylntirishda foydalaniladi:
CuCl2 + 2NaOH = ↓Cu(OH)2 + 2NaCl
Ca(HCO3)2 + Ca(OH)2 = ↓CaCO3 + 2H2O
12. Tuzlarga kislotali oksidlar ta’sir ettirish bilan:
CaCO3 + SiO2 = CaSiO3 + CO2
Bu reaktsiyalar ko’pincha qizdirish bilan boradi.
13. Metallmaslarning tuzlar bilan reaktsiyaga kirishishidan ham tuz hosil bo’ladi:
S + Na2SO3 → Na2S2O3 ; 2KClO3 + I2→2KIO3+Cl2
Do'stlaringiz bilan baham: