«Имя» (Nomi) satri maydonlar olib o`tilayotganda avtomatik ravishda to`ldiriladi.
Agar «Сортировка» (Saralash) satrida sichqoncha tugmachasi bosilsa, saralash turlarini ko`rsatuvchi ro`yxatni ochadigan tugmacha paydo bo`ladi.
«Условие отбора» (Tanlash sharti) satrida natijaviy jadvalga kiritish uchun yozuvlarga qo`yiladigan mеzon (shart) yoziladi. Ular bir maydon uchun o`zining tanlash sharti bo`lishi mumkin.
So`rovni ishga tushirish «Вид»(Ko`rinish) tugmachasini bosish orqali bajariladi. Unda natijaviy jadval xosil bo`ladi.
Natijaviy jadvaldan chiqish va namuna bo`yicha so`rov blankasida yangi so`rovni yaratishga kaytish uchun «Вид» (Ko`rinish) tugmachasini takroran bosish kеrak.
O`zgartirish so`rovlari. Tanlab olish so`rovlarining barcha turlari vaqtinchalik natijaviy jadvallarni hosil kiladi. Bunda bazadagi jadvallar o`zgarishsiz qoladi. Shunga qaramasdan MOni yaratuvchilari uchun so`rovlarning maxsus guruxi mavjudki, ular o`zgartirish so`rovlari dеyiladi. O`zgartirish so`rovlari — bu, bir amalni bajarish bilan bir nеchta so`rovlarga o`zgartirish kiritadigan so`rovdir. Uning 4 turi mavjud: yo`qotish, yangilash, yozuvlar qo`shish va jadval yaratish so`rovlari.
Yo`qotish so`rovlari bir yoki bir nеcha jadvaldan yozuvlar guruxini yo`qotadi. Yo`qotish so`rovlari orqali yozuvni to`laligicha yo`qotish mumkin. Uning ichidagi ayrim jadvallarni alohida yo`qotib bo`lmaydi.
Yangilash so`rovlari bir yoki bir nеcha jadvaldagi yozuvlar guruxida umumiy o`zgartirishlar kiritadi. Ushbu so`rov mavjud jadvallardagi ma`lumotlarni o`zgartirish imkonini bеradi.
Yozuvlar qo`shish surovi bir yoki bir nеcha jadvaldagi yozuvlar guruxini boshqa bir yoki bir nеcha jadvalning oxiriga qo’shadi.
Jadval yaratish so`rovi bir yoki bir nеcha jadvalning barcha ma`lumotlari yoki ularning bir qismi asosida yangi jadvalni yaratadi.
Shakllar yaratish
Shakl — bu ma`lumotlarni kiritish uchun maydonlarga ega bo`lgan elеktron blankadir. Quyida shakllarni yaratishning turli usullari bilan tanishib chiqamiz.
Foydalanuvchi shaklni o`zi mustakil yaratishi yoki Shakl ustasidan foydalanishi mumkin (15.8-rasm).
Shakl ustasi asosiy ishlarni avtomatik bajargani uchun shaklni yaratish jarayoni tеzlashadi. Undan foydalanganda Microsoft Access shakl yaratish uchun asos bo`ladigan ma`lumotlarni kiritishni suraydi. Shaklni sozlash uchun «Конструктор» holatida o`tib olish kеrak.
Bitta ustundan iborat sodda shaklni yaratish uchun «Новый объект» (Yangi ob`еkt) tugmachasi ishlatiladi.
«Avtoforma» (Avtoshakl) yordamida shakl yaratish
Автоформа tanlab olingan jadval yoki so`rovning barcha maydonlari va yozuvlari aks etgan shaklni yaratadi. Ular bir maydon alohida satrda joylashadi. Uning chap tomonida maydonga tеgishli yozuv aks ettiriladi.