O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 161 Kb.
bet6/15
Sana16.01.2022
Hajmi161 Kb.
#375715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi a

Mavzuning tuzilishi: ushbu mavzu 4 qismga bo’linadi, kirish qismi, asosiy qism (3 ta rejadan iborat), umumiy xulosa va foydalangan adabiyotlardir.


  1. Zamonaviy ta’limning sifati va uning samaradorligini ta’minlashda darsni oldindan loyihalashning o'ziga xosligi

O'qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o'z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo'ljallanayotganligi aniq o'z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o'rin qolmasin. Ba'zan yosh o'qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo'l qo'yilganligining guvohi bo'lamiz. Yosh o'qituvchilar va talabalar faoliyatida yo'l qo'yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin.

  1. Maqsadda aniqlikning yo'qligi. Ya'ni talab alar aslida nima qilishlari va nimani o'rganishlari aniq belgilanmaydi.

  2. Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to'g'ri kelmagan hollar bo'ladi.

3.O'rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to'g'ri kelmaydi.

4.O'qituvchi berayotgan yo'llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o'rganishini ta'minlamaydi.



  1. Dars rejasida ko'rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo'la olmaydi.

Umuman tuzilgan rejalar qayta ko'rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.

Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo'lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo'l bilan amalga oshirishga o'rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni eng yaxshi va oson yo'llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko'zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha elementlarni o'z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko'rsatish mumkin.



  1. Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo'limlarini belgilab beradi, ya'ni: a) dars kimga mo'ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o'quv predmeti; v) darsning qismlari; g) o'qituvchining ismi sharifi.

  2. Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talab alar tomonidan o'zlashtirilishi va o'qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo'llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko'rsatiladi.

Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo'lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.

Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:



  1. Mo'ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo'yiladigan savollar, qo'yiladigan muammolar va hokazo.

  2. Maqsad - talabalar bugun nimani o ' rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi(malaka). Ular o ' qituvc higa bugungi o'rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat to'rini bajarib ko ' rs ata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o'qituvchi belgilaydi.

  3. Kirish - o'qituvchi talabalar o'rganishi lozim bo'lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo'llarini ko ' rs atadi.

  4. Modellashtirish (nomoyish qilish) - o'qituvchi o'rganilayotganlarni va natijada o'quvilar egallashi lozim bo'lgan ko'nikmani grafik shaklda ko ' rs atadi yoki namoyish qiladi.

  5. Amaliy boshqaruv-o'qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam raxb arlik qiladi. T alab alarni eshitish, ko ' ris h sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.

  6. Tushunchalarni tekshirish-o'qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg'a borish mumkinmi yoki yo'qligini aniqlaydi. Agar olg'a borish mumkin bo'lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.

  7. Mustaqil amaliyot-o'qituvchi talabalarni o'zlarini tekshirib ko'rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Talabalar mustaqil o'zlari o'rganganlarini tekshirib ko'radilar.

  8. Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o'z ishlarini, o'rganganlarini o'qituvchiga so'zlab berish, namoyish qilish orqali ko'rsatadilar.

Amaliy mashqlar yoki rolli o'yin. Topshiriq.

  1. O'z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang.

  2. Mo'ljalni belgilang:

  1. talabalarga nimani o'rgatmokchisiz?

  2. qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?

v) qanday savollar, muammolarni o'rtaga tashlamokchisiz?

  1. Maqsadni aniqlang.

a) talabalar nimani o ' rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi?

  1. Kirish.

  1. dars materialini belgilang.

  2. kontseptsiyani ishlab chiqing.

  1. Modellashtirish.

O' quvchilar egallashi lozim bo'lgan faoliyat to'rini ko'rsating yoki grafikasini chizing.

  1. Amaliy boshqaruv.

O' quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo'lib chizing va boshqaring.

  1. Tushunchalarni tekshirish uchun s avo llar tayyorlang.

  2. Mustaqil amaliyot yo'lini belgilang.

  3. Darsni tugallang.

Talabalar o'rganganlarini namoyish qilsinlar.

Darsni o'tkazish modeli. Darsni o'tkazish modelini uchta kategoriyaga bo'lish mumkin.



  1. Ko'rgazmali izchillik.

  2. Dars s xemas i.

  3. Asosiy texnologik karta.

Bular og'zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko'nikma va malakalar shakllanishini ta'minlovchi ta'sirlardir. Buni dars davomida og'zaki tushuntirishlar (ya'ni, eshitish) yoki harakatli ko'rsatishlar (ya'ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish mumkin.

Darsda belgilangan vazifalar tahlili. O'qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o'rgatish va ularda shu ko'nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo'llarini izlashi lozim. Buning uchun o'qituvchi o'zini o'quvchi o'rnida tasavvur etib, bu ko'nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo'ladi. Shundan keyingina o'qituvchi har bir qismni ko'rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko'nikmani o'quvchi egallashini ta'minlaydi.

Ba'zi o'qituvchilar belgilangan ko'nikmani talabaga o'rgatish uchun boshidan oxirigacha ko'rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya'ni izohlangan ko'nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.

O'qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unutib qo'yishi o'qituvchidan unutgan qismini qayta so'rashi mumkin. Masalan, men 4 - qismni unutdim, mumkin bo'lsa menga yana bir ko'rsating. Shundan keyin o'qituvchi talabaga eslatish uchun individual yordam beradi. Yoki talaba ko'rsatilgan ko'nikmani bajarayotganda o'qituvchi yo'l ko'rsatib turadi. Siz 3 - qismni to'g'ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan b o s hlab bajaring. Tekshirib ko'ring, to'g'ri bajardingizmi? kabi. Talaba bajarishi kerak bo'lgan ishni ko'radi va nusxa ko'chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi.

O'qituvchi ishni yaxshi bajargan o'quvchilarni rag'batlantiradi. Doktor Fred Jones dars dizayniga (jihoziga) ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan yangi elementni qo'shdi. Bu quyidagicha: darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo'li talabalarning o'z faoliyatini tanqidiy nazorat qilishi va xatolarini bartaraf eta bilishidir. Faqat shundagina talabalar yanada ko'proq ko'nikmalarni egallaydilar. Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga erishadilar. Buning birdan-bir yo'li “hamroxingga o'rgat” metodini qo'llashdir.

Uni qo'llash yo'li quyidagicha:

1.Sinfni birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo'lish kerak.


  1. Darsni o'tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor birinchisiga modeldagi qismni o'rgatadi.

  2. O'qituvchi xohlovchilarga ta'lim metodini modellashtirib avval eshitish yo'li bilan keyin ko'rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko'rsatadi. Keyin talabalar o'qituvchi aytgan va ko'rsatganlarini aniq takrorlaydi.

  3. O' qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o'ziga 2 ta ixtiyoriy hamkorlarni tanlaydi. U modelning birinchi qismini aytib , ularni bajarishni suraydi. S hund ay yo'l bilan o'qituvchi hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o'rgatib boradi.

  4. O'qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo'yicha bir - biriga o'rgatishni aytadi. Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf etishni ko'rsatadi. O'qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko'rsatishadi.

  5. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi.

Bu usul talabalarni bir - biriga va o'ziga talabchan bo'lishga, ishini tanqidiy baholay bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o'rgatadi.

Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar. Darsda maqsadni belgilashdan oldin o'qituvchi o'quvchilar bajarishi va o'rganishi lozim bo'lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi zarur. Darsda belgilangan maqsadning afzalligi va boshqalardan farqli tomonlari ajratib ko'rsatilishi kerak.

An'anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosda ishlashga majbur etish o'qituvchi uchun zararli bo'lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini bug'adi, o'qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib quyadi, undagi pedagogik mahoratning shakllanishiga halaqit beradi. Darsda ta'limning aniq maqsadi belgilanishi muhim. Ta'lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini beradi. Bu esa talabalarni belgilangan maq s ad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi. Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota-onalar, talabalar va hokazo). Chunki aynan shu qiziquvchilar ta' lim sohasiga o'z e'tirozlarini aytadilar. O'qituvchilarni bilimsizlikda, o'z manfaatini ko'zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar. Ularning ayblovlarini ko'pincha o ' qituvchi tan olgisi kelmaydi. Shunda o'qituvchi uni ayblovchi ota- onaning urniga o'zini qo'yib ko'rsa kamchiligi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Masalan, o'qituvchi o'quvchiga ertagacha kontinentlarni o'rganib kelish topshirig'i-ni bergan. Ota-onadan o'quvchi yordam so'raganda ular topshiriq nima haqidaligini tushunmaydilar: Ya'ni kontinentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga, nisbatan yo'nalishini belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo'lsa qaysi ro'yxatdagi nomlardan foydalanish kerak. Ba'zi ro'yxatlar Yevropa va Osiyoni bitta kontinent deb belgilaydi, ba'zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba'zilari esa Avstraliyani Okeaniya kompleksiga kiritadi. O'qituvchi bergan topshiriq asosida o'quvchi darslikda keltirilgan nomlardan foydalanish kerak.



  1. Zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari

Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.

Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.

Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi.

Loyihalash metodi ta'lim oluvchilarni quyidagilarga:



  • fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo'ljal olish;

  • faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g'oyalami ilgari stjrish, tadqiqot o'tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;

  • o'z faoliyati natijasiga mas'ul bo'lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to'g'rilash;

  • turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash);

  • jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida qatnashishga rag'batlantiradi.

Loyihalash metodini qo'llab, dars o'tish jarayonida o'quvchi, talabalarning vazifasi:

  • iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish.

O'qituvchining vazifasi:

  • o'quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo'lishi uchun sharoit yaratish.

Bu metodni iqtisodiy fanlami o'rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab chiqishni o'rganadilar. Nazariy va amaliy mashg'ulotlami qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya'ni darsni qanday o'tkazishni mufassal reja s ini ishlab chiqishni, umuman olganda, o'z faoliyatlarini rejalashtirishni o'rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o'ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur.

Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo'yicha qo'llash juda qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo'yilgan muammoni yecha olmaydi.

Uchinchidan, bu metod o'qituvchidan chuqur b ilim, tajriba, o'z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi.

Loyihalash metodini qo'llash uchun birinchi navbatda loyihalash ob’yektini aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini qanday bo'lishini belgilaymiz.



  1. Bu o'tilayotgan mavzu bo'yicha qo'yilgan savol yoki yechimini kutayotgan dolzarb masala bo'lishi mumkin. Loyiha talabalarning o'z xohishlari, qiziqishlariga ko'ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo'lishi mumkin yoki o'qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni to'plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo'yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi.

  2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz.

  3. Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya'ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo'lishi, haddan tashqari murakkab bo'lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi.

  4. Loyiha qatnashchilari belgilanadi.

Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad birlashtiradi.

Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo'yiladi.



  1. Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo'linsa, uni harrnddatlari bilan ko'rsatiladi.

  2. Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:


  1. Download 161 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish