O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Matn  va  manbalar:    1.  Ash’ori  hamasroni  Ro‘daky.  –  Stalinobod,  1958.  –  408  s.;  2. 
Nizomiy Aruziy Samarqandiy. Nodir hikoyatlar. – T.: 1985. – 96 b.; 3. Roduyoniy Muhammad 
Umar.  Tarchumonu-l-balog‘a.  /  Muntaxabi  «Marchumanu-l-balog‘a»  va  «Hadoiqu-s-sehr».  – 
Dushanbe: Donish, 1987. – 144 b.; 4. Sabaqi Ro‘daky. – Dushanbe: Irfon, 1984. – 304 s. 
Ilmiy adabiyot: 1. Abluddaev I. Buxoroning arabiynavis shoirlari. – T.: Fan, 1965. – 56 b.; 
2. Abdullaev I. Poeziya na arabskos yazo‘ke v Sredney Azii i Xorasane X-nach. XI v. – T.: Fan, 
1984.  –  294  s.;  3.  Abdulloev  A.  Adabiyoti  forsu  tojik  dar  nimai  avvali  asri  XI  (Doirai  adabii 
/aznin).  –  Dushanbe:  Donish.  1979.  –  286  s.;  4.  Arshavskaya  Z.A.  i  dr.  Srednevekovo‘e 
pamyatniki  Surxandari.  –  T.:  1982;  5.  Rtveladze  E.V.  K  biografii  Farruxi.  /  Xudojestvennaya 
kultura  Sredney  Azii  IX-XIII  vekov.  –  T.:  1983.  –  S.177-181;  6.  Fitrat.  Fors  shoiri  Umar 
Xayyom. / Tanlangan asarlar. –T.: Ma’naviyat, 2000. – B. 134-172; 7. Qodirov B., Murtazoev B. 
Chag‘oniyon alabiyoti (X-XII asrlar) – T.: Yangi asr avlodi, 2002. – B.17. 
4. 
G‘aznaviylar davri adabiyoti. Mahmud G‘aznaviy  tomonidan G‘azna shahrining 
poytaxt  bo‘lishi  natijasida  ilm-fan  vakillari  shu  yerga  to‘planganlar.  Adabiyot  va  san’at 
namoyandalariga alohida ahamiyat qaratilgan.  Firdavsiyning “Shohnoma”si Mahmud G‘aznaviy 
tavsiyasi bilan yozilgan. Bu davrning ulug‘ olim va fozillaridan biri Abu Rayhon Beruniy (973-
1048) edi. 
Hayoti va asarlari. Abu Rayhon Beruniy Xorazmning Qiyot shahrida tug‘ilgan, 22 yoshida 
o‘z  vatanidan  chiqib  ketgan  (Berun  –  «tashqari»  nisbasiga  e’tibor  bering).  Jurjonda  va  boshqa 
o‘lkalarda  yashagan.  Shartli  ravishda  Ma’mun  akademiyasi  deb  nomlangan  ilmiy  anjuman 
faoliyatida  muhim  rol  o‘ynagan.  Fanning  bir  yuz  ellikdan  ortiq  sohalari  bo‘yicha  ilmiy 
tadqiqotlari ma’lum. 
Beruniyning badiiy adabiyotning nazariy masalalariga bag‘ishlangan "Fazl ahlining she’rda 
aytilgan  fikrlarini  bayon  qilish    kitobi",  "Tanlangan  asarlar  va  she’rlar  kitobi"  kabi  asarlari 
ma’lum.  Shuningdek,    buyuk  qomusiy  olim  "Hindiston",  "al-Javohir",  "Kitobu-s-saydana"  
asarlarida ham san’at va adabiyot muammolarining ayrim qirralariga  ochiqlik kiritgan. 
Allomaning  "Hindiston"  (to‘la  nomi  "Hindlarning  aqlga  sig‘adigan  va  sig‘maydigan 
ta’limotlarini  aniqlash  kitobi")  asarida  hind  she’r  ilmiga  maxsus  bob  (13-bob)  yaratilib,  unda 
asar  hind  tili  grammatikasi  va  fonetikasi  qoidalarining  she’r  ilmida  aks  etishi  muammolari 
o‘rganilgan
11
.  Bunday  ilmiy  mulohazalar  qatorida  ushbu  bobga  tegishli  sakkizta  kitob  haqida 
ma’lumot  berilgan.  Ular  «Aindra»  (Indra  tuzgan),  «Chandra»  (Buddaning  suhbatdoshlaridan 
Chandra  ishlagan),  «Shokata»  (Shokatoyana  qabilasi  tomonidan  tuzilgan),  «Ponini» 
(tuzuvchining  ismi  bo‘yicha),  «Kotantra»  (Sharvavarman  tuzgan),  «Shashidevavritti» 
(Shashideva  tuzgan),  «Durgavivritti»  (muallif  ismi  bilan  yuritilgan)  va  «Shish’yahi-tovritti» 
(Ugrabxo‘ti  tuzgan).  Beruniyning  bu  asari  nafaqat  hind  she’r  tuzilishi,  balki  hind-ovro‘pa 
tillaridagi fonetik hodisalarni ham anglatadi va arab aruzini tushunishga ham yordam beradi.  
Adabiy merosi. Buyuk alloma badiiy asarlar ham yaratgan bo‘lib, ular arab tilida yozilgan 
37 baytli bir qasida va 3-4 she’riy parchalardan iborat. Bu ijod namunalaridan misollar keltirgan 
tazkiranavis  Yoqut  Hamaviy  «Majma’u-l-udabo»  («Adiblar  to‘plami»)  asarida  alloma  ijodiga 
baho  berib  va  ular  baland  saviyada  bo‘lmasa  ham  Beruniy  qalamiga  mansubligi  bilan  tahsinga 
loyiq, deb hisoblaydi
12

Qasidada  alloma  Abulfath  Bustiyni  madh  etish  bilan  birga  adolat,  saxiylik  va  ilm-fan 
haqida  zamonasining  hukmdorlari  bilan  qilgan  suhbatlari  ham  aks  etgan.  Beruniyni  madh  etib 
yozgan Abu Hasanga shunday javobi (mazmuni) bor: 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish