O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet489/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Vazn  xususiyatlari.  Asar  asosiy  voqealarini  bayon  qilgan  nazmiy  qism,  Fitratning 
aniqlashicha,  “yozilishi  tizimning  ikkilik  –  masnaviy  shaklida”
98
.  Ushbu  fikrni  izchil  davom 
ettirgan  Q.Karimov  doston  mutaqoribi    musammani  solim  vaznidagina  emas,  undan  far’iy 
(hosila)  bo‘lgan  mutaqoribi  musammani  mahzuf  va  mutaqoribi  musammani  maqsur  vaznlarida 
yozilgan, degan qat’iy xulosaga kelgan. 
Doston mavzui va timsollari. Asarning voqealar ko‘lami keng bo‘lgani uchun uni bir-ikki 
mavzuni  tashigan  deb  bo‘lmaydi.  Doston  mavzularini  belgilashda  fihristdagi  boblanish  yordam 
berishi mumkin. Mana shu “ko‘mak”ka tayangan holda davlat sifati ardami (fazilati), adl sifati 
manguligi,  bilim  va  uquv  o‘rni,  beglar,  amirlar,  hojiblar,  pardadorlar,  elchilar,  kotiblar, 
xazinador,  dasturxonchi,  sharobdorlarning  vazifalari,  xotin  olish,  farzand  tarbiyasi,  yig‘in  va 
dasturxon adabi v.b. haqida fikr yuritilganini uqish mumkin. Biroq bu hammasi emas, fihristdagi 
“sarlavhalar”  shartli  bo‘lib,  ular  asar  mavzu  doirasini  belgilashdan  ko‘ra  syujet  tartibi  bayoni 
ekanligini  unutmaslik  kerak:  Oyto‘ldining  Kuntug‘di  huzuriga  kelishi,  Eligning  O‘gdulmishga 
savoli, O‘zg‘urmishning eligga nasihati... kabi. 
Dostonning mavzular doirasi asardagi timsollar o‘rni va vazifasi bilan qat’iy bog‘lanadi. 
Chunki  Kuntug‘di  elig  (hukmdor)gina  emas,  u  Adl  (adolat)  timsoli.  Oyto‘ldi  vazirgina  emas, 
qutli,  barakali  davlat  timsoli.  O‘gdulmish  –  vazirning  o‘g‘li  bo‘lishi  bilan  birga  aql  va  zako 
belgisi, vazirning qarindoshi O‘zg‘urmish esa, qanoat, ofiyat elchisi sifatida taqdim qilinadi: 
 
 
Biri to‘g‘rilikka tayanch – adolat, 
 
 
Biri davlat erur, u qutli g‘oyat. 
 
 
 
Uchinchi ulug‘lik – aql va zako, 
 
 
To‘rtinchi qanoat erur bebaho
99

Bu ramziy ifodalar dostonning nafaqat mavzu doirasi, balki muallifning g‘oyaviy niyatini 
tushunishda  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Asar  g‘oyasida  Qoraxoniylar  davlatining  mafkurasi 
aks  etgan  bo‘lib,  unda  markazlashgan  davlat  idora  usuli,  uni  mustahkamlash  yo‘llari,  amir  va 
fuqarolarning o‘zaro ahilligi kabi masalalar ham o‘z ifodasini topgan. 
Adibning  g‘oyaviy  niyatini  faqatgina  o‘git,  ta’lim  berish  bilan  cheklab  bo‘lmaydi. 
Muallif  asar  boshidayoq  olamning  yaratilishi  (kosmogoniya),  yetti  kavokib  va  o‘n  ikki  burj 
xususida bahs ochadi. Olamning yaratilishi haqida:  
 
 
Yag‘iz yer yashil ko‘k kun ay birla tun 
 
 
To‘rutti xalayiq o‘z o‘zlak bu kun. 
 
 
 
Tiladi to‘rutti bu bo‘lmish qamug‘ 
 
 
Bir-o‘k bo‘l tedi bo‘ldi qulmish qamug‘ 
 
Mazmuni:   [Alloh] Bo‘z yer, zangori osmon, kun, oy va tunlarni 
 
 
Xaloyiq, davr, zamon (va) ni yaratdi.    
 
 
 
U istadi, yaratdi, mavjudot (butun) vujud bo‘ldi 
 
 
Vohid (Alloh) “yaral” dedi, istagani hammasi bo‘ldi 
Shoir  yaralmish  dunyo  vujudga  kelishini  islomiy  aqida  bo‘yicha  Yaratganning  qudratli 
kun! – yaral, bo‘l!” so‘zlaridan kelib chiqib anglatadi. Uning mavjudlik belgilari sifatida yetti 
kavokib  Sekantur  (Zuhal  -Caturn),  O‘ngay,  Qaraqush  (Mushtariy  -  Yupiter),  Ko‘rud, 
Baqirso‘quna (Mirrix - Mars), Yashuq, Kun (Quyosh), Sevit (Zuhra – Venera), Arzu (Utorid), Ay, 
Yalchiq (Oy)ni tilga olib, bularning  bari Qodir  Allohning  hukmi  bilan  yaratilib, harakati Uning 
izmida  ekanini  bildiradi.  O‘n  ikki  burj:  Quzi  (Hamal),  Ud  (Savr),  Yerandiz  (Javzo),  Quchiq 
(Saraton),  Arslan  (Asad),  Bug‘dayboshi  (Sunbula),  Ulgu  (Mezon),  Chazan  (Aqrab),  Ya  (Yoy  – 
Qavs),  O‘g‘laq  (Jadiy),  Ko‘nak  (Dalv),  Baliq  (Xut)  kabilarning  o‘rni,  holati  va  harakati  haqida 
                                                 
98
 Фитрат. Аруз ҳақида / Нашрга тайёрловчи Ҳ.Болтабоев. – Т.: Ўқитувчи, 1997. – Б. 27. 
99
 Kattabekov A., Yo’ldoshev Q., Boltaboyev H. Adabiyot. 8-sinf ushun darslik-majmua. Qayta ishlangan 5-nashri. 
– T.: O’qituvchi, 2005. – B. 62. 


 
332 
ma’lumot  beradi.  Yilda  to‘rt  fasl  almashinishi  va  dunyoning  to‘rt  unsur  (anosir)dan  tashkil 
topishida ularning o‘rnini belgilaydi: 
 
 
Uchi yazqi yulduz uchi yayqi bil 
 
 
Uchi kuzki yulduz uchi qishqi bil 
 
 
 
Uchi o‘t uchi suv uchi bo‘ldi yel 
   
 
Uchi bo‘ldi tupraq ajun bo‘ldi el 
 
Mazmuni:   Uchi bahorgi, uchi yozgi,bil, 
 
 
Uchi kuzgi, uchi qishki, bil. 
 
 
 
Uchi o‘t, uchi suv, uchi bo‘ldi yel, 
 
 
Uchi tuproq bo‘ldi, (shundan) el, odam yaratildi
100
 
Ko‘rinadiki, Yusuf Xos Hojibning dunyoning yaratilishi, uning harakatda bo‘lishi, olam 
va odam haqidagi falsafiy tafakkurlari alohida o‘rganilishni talab qiladi. 
Asarda SO‘Zning  ulug‘lanishi. Dostonning ikkinchi  fasli  «Yangluq  ag‘irliqin  tanurlayur 
bilig  birla»,  ya’ni  Insonning  qadri  bilim  bilan  belginadi,  deb  nomlanadi.  Bunda  muallif  Tangri 
insonni    yaratar  ekan,  unga  bilim,  hunar,  ko‘ngil  bergani,  tilini  ravon  go‘zal  fe’l  va  xulq  ato 
qilgani,  unga  uquv  bergach,  barcha  tugunlar  yechilib,  ezgu  ishlarga  qo‘l  urgani  aytiladi.  Bilim 
bilan uquvgina tanlagan bandasini ulg‘aytirishi mumkin:  
 
 
Uqush qayda bo‘lsa uluqluq bo‘lur 
 
 
Bilig kimda bo‘lsa bezugluk alur 
Mazmuni:   Uqish vayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘ladi, 
 
 
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik bo‘ladi.     
SO‘Zning, ya’ni Qur’oni karimni Alloh tomonidan nozil qilingani va so‘z yashil ko‘kdan 
tushib, insonning yuzi (suvli, oq) bo‘lgani, inson sharifligining boisi SO‘Zdir:  
 
 
Yashil ko‘kdin indi yag‘iz yerka co‘z 
 
 
So‘zi birlan yangluq ag‘ir qildi o‘z 
Mazmuni:   So‘z bo‘z yerga yashil ko‘k (osmon)dan tushdi, 
 
 
Co‘zi tufayli inson o‘zini ulug‘ qildi. 
 
 
 
...O‘lugdin tirigka qumaru so‘z-ul 
 
 
Qumaru so‘zi tutsa asg‘i yuz-ul 
Mazmuni:   O‘lgan(lar)dan tirik(larga) meros so‘zdir, 
 
 
Meros so‘zni tutilsa, naf’i yuzdir. 
Shoir o‘z tiliga e’tibor berib, nutqini go‘zal so‘zlar bilan ziynatlagandagina ulug‘lik kasb 
etishini buyuradi: 
 
 
… Tili bilan yangluq so‘zi so‘zlayur 
 
 
So‘zi yaxshi bo‘lsa yuzi suvlanur 
 
Mazmuni:   Inson so‘zini (fikrini) til orqali so‘zlaydi, 
 
 
So‘zi yaxshi bo‘lsa, yuzi suvlanadi (oq bo‘ladi). 
Bu  oddiy  pand,  nasihatlar  emas,  balki  so‘zning  ulug‘vor  qudratini  his  qilgan,  uning 
quvvatiga tayanib ish ko‘rgan so‘z san’atkorining e’tirofidir.  
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish