O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

 
Germaniyada ta’lim tizimi 
Maktabgacha  tarbiya  tizimi  Germaniya  ta’lim  tizimida  ham  muhim  bosqich 
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi 
bosqichi  hisoblansada,  lekin  u  davlat  tizimi  tarkibiga  kirmaydi.  Bog‘chalarni 
mablag‘  bilan  ta’minlash  turli  jamoat  tashkilotlari,  hayriya  birlashmalari, 
korxonalar,  xususiy  shaxslar,  diniy  muassasalar  zimmasidadir.  Ota-onalar  bolalar 
bog‘chalariga  o‘z  farzandlarini  tarbiyalayotganliklari  uchun  ancha  miqdorda  pul 
tolaydilar.  3  yoshdan  6  yoshgacha  bolalarning  80%  bog‘chalarga  qatnaydi. 
Germaniyada  odatda  bolalar  bog‘chada  tushgacha  tarbiyalanadilar.  Running 
yarmida  esa  uyda,  oilada  bo‘ladilar.  Bu  mamlakatda  kuni  uzaytirilgan  bog‘chalar 
ham bor. 


Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu 
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yilhk (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda tola 
haftalik  o‘qishda  o‘qiydi.  O‘qish  davlat  maktablarida  tekin.  Xususiy  maktablar 
kam.  O‘qish  6  yoshdan  boshlanib,  4  yil  davom  etadi  (faqat  Berlinda  6  yil). 
Boshlang‘ich  maktabdan  so‘ng  o‘quvchilar  yo‘nalish  bosqichidagi  maktabga 
o‘tadilar.  Bu  erda  5-6-  sinf  bosqichidagi  yo‘nalish  maktablarda  maxsus  dastur 
asosida  o‘qiydilar.  Keyin  navbatdagi  maktab  tipiga  ko‘chadilar:  bular  -  asosiy, 
maxsus  maktab,  real  bilim  yurtlari.  Deyarli  30%  bola  asosiy  maktabga  o‘tadi.  9 
yoki  10  yillik  o‘qish  tugatilgandan  keyin  kasbiy  tayyorgarlikka  o‘tiladi.  Maxsus 
maktablarda  nuqsonga  ega  bolgan  bolalar  o‘qiydi.  Real  bilim  yurtlari  asosiy 
maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 
yil  davom  etadi  (5-10  sinfgacha)  va  tola  o‘rta  ma’lumot  berish  bilan  tugallanadi. 
Bilim  yurtini  tugatganlar  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtiga  yoki  yuqori  bosqichdagi 
hunar-texnika  maktabiga  kirib  o‘qish  huquqiga  ega  boladi.  Germaniyada 
gimnaziyalar  ham  mavjud.  Ular  5-13  sinflarni  o‘z  ichiga  oladi.  11-13  sinflar  oliy 
o‘quv  yurtlariga  tayyorlash  vazifasini  ham  bajaradi.  Gimnaziyani  bitirganlik 
haqidagi  etuklik  attestati  oliy  o‘quv  yurtida  o‘qish  imkonini  beradi.  Germaniya 
ta’lim  tizimida  hunar  ta’limi  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  yuqori  malakah 
ishchilarga  bolgan  talab  kuchli.  To‘liqsiz  o‘rta  maktabni  bitiruvchfiarning  20% 
hunar  ta’limi  tizdmida  bilim  ohshni  davom  ettiradilar.  Aksariyat  hollarda  o‘qish 
muddati 3—3,5 -yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi -
yili  asosiy  hunar  ta’limi  beriladi.  Bunga  o‘qitilayotgan  kasbga  taalluqli  maxsus 
fanlardan  nazariy  asoslar  berilib,  yirik  korxonalarda  amaliy  mashg‘ulotlar 
o‘tkaziladi.  Ikkinchi  yil  davomida  maxsus  hunar  ta’limi  beriladi.  O‘quvchining 
birinchi  yilda  ikkinchi  yilga  o‘tishi  sinov  imtihonlari  o‘tkazilib  o‘qishni  davom 
ettiruvchi  yoshlar  tanlab  olinadi.  Uchinchi  yil  davomida  maxsus  hunar  ta’limi 
yanada  chuqurlashtirilib  boriladi..  Bitiruv  imtihonlari  maxsus  komissiya 
tomonidan  qabul  qilinadi.  Komissiya  a’zolari  korxonalarning  etakchi 
mutaxassislari,  federal  erlardagi  sanoat  palatasi,  hunarmandchilik  palatasi 
vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga 
kirish  uchun  huquq  bermaydi.  Buning  uchun  1  yillik  tayyorlov  kurslarinitugatish 
talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga 
asosan oshiriladi. 
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi 
rektor  yoki  bir  necha  yilga  saylangan  Prezident  boshqaradi.  O‘z-o‘zini 
boshqarishda  vazifalari  aniq  taqsimlab  berilgan  bir  iiecha  guruhlar  bosqichma-
bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar,  ilmiy  xodimlar  va  boshqa  xodimlar  kiradi.  Talabalar  o‘qishi  erMn 
tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. 
O‘qishga  haq  to‘lanmaydi.  Agar  talaba  yoki  ularning  ota-onalari  oziq-ovqat 
harajatlarini  ko‘tara  olmasa  o‘qish  uchun  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish 
to‘g‘risidagi  federal  qonunga  ko‘ra  ular  moliya  yordamida  oladilar.  Bu 
yordamning  yarmi  stipendiyaga  qo‘shib  berilsa,  ikkinchi  yarimi  qarz  tariqasida 
beriladi. 


Mamlakatda  ta’limni  isloh  qilish  masalasi  ko‘pdan  buyon  muhokama 
qilinmoqda,  bunda  o‘quv  jarayonini  qisqartirish  taklif  qilinmoqda.  Hozir 
universitetlarda  talabalar  7  yil  o‘qiydi.  Ular  o‘qishga  kirganlariga  qadar 
korxonalarda  bir  necha  yil  ishlashlari  yoki  bundesverda  xizmat  qiHshini  hisobga 
olsak,  talabalar  haqiqiy  mehnat  faoliyatlarini  ancha  kech  boshlayotganligini 
tushunamiz. 
Germaniyada  Xalq  universitetlari  mavjud  bolib,  ular  partiya  va"  dindan 
tashqari  muassasa.  Ularning  ko‘pchiligi  kechki  bolib,  faqat  1989-yili 
universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tdnglovchi 
malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 
5,5  mhi.  marka  mablag‘  ajratadi.  Malaka  oshirish  kurslarida  o‘qish  davrida 
tinglovchilarga  mablag*  bilan  moliyaviy  yordam  beradilar.  Asosan  ishsizlar  o‘z 
malakasini  oshirish  imkoniyatlaridan  ko‘proq  foydalanadilar  va  bu  bilan  ish 
topishlari  tezlashadi.  Yarim  yil  davomida  malaka  oshirgan  ishchilarning  75%  ish 
bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol 
ishtdrok  etadi.  Evangel  cherkovi  o‘zining  15  akademiyasida  dolzarb  mavzular 
bo‘yicha konferensiyalar tashkil etadi. 
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat 
sohalariga katta ahamiyat beradilar. 
Oliy  o‘quv  yurtlarida  tadqiqot  bilan  shug‘ullanish  ularning  qadimiy 
an’analaridan  biri.  O‘tgan  asr  boshlarida  Vilgelm  fon  Gumboldt  pruss 
universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning 
hayotiy  prinsiplariga  aylanib  qolgan.  Oliy  o‘quv  yurtlari  tadqiqotlarining  asosiy 
yo‘nalishi-fundamental  amaliy  tadqiqot  bolib,  ularga  boshqa  ilmiy-tekshirish 
institutlari,  sanoat  laboratoriyalari  yaqindan  yordam  beradi.  Germaniya  ta’limi 
o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda 
Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish