O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


O'qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

O'qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt 
Pedagogikada  axloq  va  odobning  muhim  xususiyatlaridan  biri  bo’lmish 
dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda boiishga 
intilishi deb ta'riflanadi. Bu intilish o'qituvchining o'quvchilar va atrofidagi kishilar 
bilan  tez  aloqa  o'rnata  olishi  va  belgi-langan  maqsadga  erishishini  ta'minlaydi. 
Albatta  bu  jarayon  birdaniga  sodir  bo'lmaydi,  ayniqsa  yosh  o'qituvchilardan 
psixologik  bilim,  kishilar  bilan  muloqotda  xushmuomalalik,  ehtiyotkorlik  talab 
qilinadi. Psixo-loglar o'qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar 
xarakterida mujassamlashgan deb ta'kidlaydilar: 
Birinchisi,  ekstravert  shaxslar:  Ular  barcha  ishlarda  faol,  jiddiy  va  vazmin, 
osoyishtalikka va tashqi ta'sirchanlikka moyil kishilardir. 
Ikkinchisi,  introvert  shaxslar:  Ular  faqat  o'z  ichki  olamiga  beriluv-chan, 
atrofidagi  odamlarga  aralashmaydigan,  o'z-o'zini  nazorat  qilishga,  doimo  ichki 
xavotirga moyil kishilardir. 
Pedagog  olimlar  o'qituvchining  dilkashligi  ekstravert  yoki  introvert 
xususiyatlarga  ega  bo'lgan  shaxslar  xarakterining  birlashuvida  paydo  bo'lishini 
ta'kidlaydilar.  Biroq,  ko'pincha,  pedagogikada  ekstravert  tip-US  dagi  shaxslar 
dilkash  insonlar  sifatida  e  'tirof  etilganlar.  O'qituvchida  ushbu  hislatlarning 
mavjudligi,  uning  pedagogik  nazokat  qoidalariga  rioya  qilib  dilkashlik 
xususiyatlarini  rivojlantirishi  pedagogik  mahorat  sirlarini  takomillashtirish  zamini 
va shartidir. 
Dilkashlik 
munosabatini 
doimiy 
ravishda 
o'z 
kasbiy 
faoliyatida 
mujassamlashtirgan o'qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak: 
•  sinf  jamoasiga  nisbatan  bir  qolipdagi  fikrlarning  muayyan  tizimiga  ega 
boiishi; 
•o'quvchilar  bilan  doimo  erkin  muloqot  qila  olishi,  har  bir  o'quv-chiga 
individual shaxs sifatida yondashishi; 
•  birorta  ham  o'quvchisining  yomon  bo'lishiga,  ularning  hurmat  e'tiborini 
qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi; 
•  biror  o'quvchiga  nisbatan  ishonchsizlik,  salbiy  munosabat  sinf  ja-moasi 
bilan o'zaro yaxshi munosabatni yo'lga qo'yilishiga xalaqit qili-shini bilishi; 


•  o'quvchilar  bilan  muloqotda  haddan  tashqari  masofani  (subardi-natsiya) 
saqlash mumkin emasligi; 
• sinf jamoasida sodir boiadigan kulgili vaziyatlarda o'qituvchining o'ta jiddiy 
va  qat'iy  bo'lishi  jamoadagi  qaltis  ahvolni  murakkablashtirib  yuborishini 
unutmasligi; 
• har bir o'quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) 
o'qituvchi  va  o'quvchi  orasidagi  munosabatni  mustahkam-laydigan  ko'prik 
ekanligini unutmaslik. 
O'qituvchining  kasbiy  pedagogik  faoliyatida  dilkashlik  fazilati  o'quvchilar 
jamoasi  bilan  qizg'in,  muvaffaqiyatli  muloqotga  kirishib  ketishida  namoyon 
bo'ladi. Awalo, o'qituvchi o'zining kasbiy-pedago-gik dilkashlik fazilati haqida va 
uning  nima  ekanligini  va  tarkibiy  qism-lari  nimalardan  iboratligi  to'g'risida  aniq 
ma'lumotga  ega  boiishi  lozim.  Shu  bilan  birga,  o'qituvchi  o'zining  kasbiga  xos 
bo'lgan  shaxsiy  fazi-latlari  nuqtai  nazaridan  e'tibor  berib,  dilkashlikning  qanday 
jihatlarini  o'zida  shakllantirish  lozimligini  aniqlashi  va  o'z-o'zida  kommunikativ 
hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak. 
Pedagogik  kommunikatsiyaning  o'qituvchi  kasbiy  faoliyatidagi  ahamiyati 
shundan  iboratki,  unda  o'qituvchining  yuksak  kommunikativ  madaniyati  qay 
darajada  ekanligi  namoyon  bo'ladi.  O'qituvchining  kommunikativ  madaniyati  o'z 
navbatida  turli  pedagogik  vaziyatlarda  paydo  boiadigan  oddiy  insoniy  dilkashlik 
xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, o'z shaxsiy muloqotimizning va o'zgalarning 
biz  bilan  olib  boradigan  shirin  xushmuomalali  muloqotidan  ko'plab  ajoyib 
taassurotlar  xotiramizda  saqlanadi.  O'zaro  muomalada  dilkashlik  fazilatlarini 
namoyish  etadigan  ko'plab  pedagog  ustozlarni  bilamiz.  Ular  har  qanday 
vaziyatlarda  kishilar  bilan  bemalol  muloqotga  kirishib  keta  oladilar.  Biroq, 
muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o'ziga qaratib, kommu-nikatsiyaning qoq 
markazida  faoliyat  ko'rsatishni  istovchi  o'qituvchilar  ham  bor.  Hayotda  yana 
shunday  o'qituvchilar  uchraydiki,  ular  muloqotda  kamgap,  suhbatda  istar-istamas 
ishtirok  etishadi,  mutlaqo  faol  kommu-nikativ  rolni  bajarishmaydi.  Faqat 
kommunikativ  xulqi  bilan  suhbatdoshini  qo'llab  turadi.  Ba'zan  hech  kirn  bilan 
umuman  muloqotga  kirisha  olmaydigan  tund  toifali  o'qituvchilar  ham  uchraydi. 
Ammo,  pedagogik  faoliyatda  muloqotdagi  xushmuomalalilik  nafaqat  insoniy 
fazilat  sifatida,  balki  o'qituvchilik  kasbini  tanlagan  har  bir  kishining  kasbidagi 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish