O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

5.3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish 
imkoniyatlari
Koss kubiklari 
Bu metodika 1923 yilda S.C.Koss tomonidan taklif etilgan bo‗lib, fazoda ish tutish, diqqat, 
ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‗rganishga mo‗ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning 
(1939, 1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni 


tekshirishda qo‗llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‗ynaydilar. Bolalar 
berilgan namunaga ko‗ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak(5-ilova). 
Tajriba o‗tkazish uchun bir xilda bo‗yalgan plastmassa yoki yog‗och kubiklar kerak bo‗ladi. 
Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur. 
Sinaluvchi uchun ko‗rsatma: «Shunday figurani to‗rtta kubikdan yasab ko‗r». Rasmning birinchi 
namunasi ko‗rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklarni rasmning ustiga qo‗yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. 
Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‗liq ravishda miqdoriy baho qo‗yiladi.
Bog‗cha yoshidagi va boshlang‗ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam 
berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‗rsatish kerak. Bunda eksperimentator 
faqatgina yasab ko‗rsatmasdan, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab bo‗lgach, 
eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi. 
Tadqiqot qarorida ko‗rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‗yiladi. 
Link kubi 
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. 
Tajriba o‗tkazish uchun 3x3 sm. kattalikda bir xil 27 kichik kubiklardan iborat kub kerak. Kichik 
kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‗yalgan bo‗ladi, ulardan tashqi 
tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‗lsin. 
Bolaga bir xil rangli kub ko‗rsatiladi (masalan, qizil), so‗ngra buzib tashlab, xuddi shundayini 
yana qurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo‗shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini 
ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish 
vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, uquvchanligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi. 
Bularni hammasi oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‗yiladi. sinaluvchi qurish 
usulini qanchalik tez o‗zlashtirganligi ham yozib qo‗yiladi, uch tomondan ham qizil kubikchani 
burchaklariga, bitta ham qizil tomoni yo‗q kubikni o‗rtaga joylashtirish kerak. Sinaluvchi 3-4 
kubikni qo‗liga olib, qurish usulini yaxshi tushunmagan bo‗lsa, unga aytib yordam ko‗rsatiladi. 
Lekin bu bolaning ziyrakligi oz rivojlanganligidan dalolat beradi. 
Eksperimentator bola topshiriqni bajarayotganida uning harakatlarini, xatolarini, diqqati 
xususiyatlarini kuzatib, yozib boradi. Masalan, diqqatdagi xatolar quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
a) bu kubikning joyini to‗g‗ri aniqlab, sinaluvchi uni noto‗g‗ri aylantirib Yuboradi, shundan so‗ng 
xatoni to‗g‗rilash qiyin bo‗ladi; 
b) o‗rtaga ikki tomoni qizil kubik qo‗yib qo‗yilsa ham shunday xato bo‗lishi mumkin, o‗rtaga 
faqat bir tomonida qizil bor kubiklarni qo‗yish kerak.
Bu xatolar diqqatning parishonligidan, barqaror emasligidan dalolat beradi. (S.YA.Rubinshteyn, 
1970). Bu vazifani bajarishda bolalar ikki usulni qo‗llaydilar. Birinchisi, muvafaqqiyatsizroq 
bo‗lib, sinaluvchi navbatdagi joyni to‗ldirish uchun kubik izlaydi. Ikkinchi usulda, sinaluvchi har 
bir kubikni qo‗liga olib, uning uchun mos joyni izlaydi. Odatda topshiriqni bajarishni birinchi 
usul bilan boshlaydilar, lekin birozdan so‗ng ikkinchi usul bilan topshiriqni bajarishga kirishadi. 
Bolalar kubiklarni qurishga turlicha munosabatda bo‗ladilar. Masalan, 3-4 yoshli bolalar 
qo‗llanmani darrov tushunmaydilar va ularning ko‗pchiligi topshiriqni bajarishda tartibsiz harakat 
qiladilar. 6-7 yoshli bolalar bo‗lsa, xatolarga yo‗l qo‗ysalar ham, diqqat bilan, tartibliroq harakat 
qiladilar. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ham topshiriqni bajarishda xatoga yo‗l qo‗yadilar. Lekin 
ular bu topshiriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar qo‗llanmani yaxshi tushunadilar, o‗z 
xatolarini o‗zlari tuzatadilar. 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish