Interpretatsiya № 2
Mazkur interpretatsiya orqali insonning o‘zi haqidagi, o‘zining tashqi tuzilishi, o‘zining shaxsi
to‘g`risidagi tasavvurlarini bilish, individual-tipologik xususiyatlarini aniqlash mumkin.
15.
Estetik tasvir – rassomlik qobiliyatlari bo‘lgan badiiy tip.
16.
Sxematik tasvir – ilmiy tip.
17.
Realistik tasvir /o‘ta tafsilotlar bilan chizilgan rasm/ - mayda – chuydaga ko‘p e`tibor
beruvchi tip.
18.
Metamorfik tasvir /odam o‘zini biron predmet, masalan, choynak, probirka, o‘simlik, hayvon,
badiiy personaj ko‘rinishida ifodalagan rasm/ - fantaziyasi yaxshi rivojlangan, ijodiy
kobiliyatlarga ega, albatta, ko‘ngilchan, kulguga moyil tip.
19.
Emotsional tasvir /biror emotsional holatni ifodalovchi rasm/ - juda Yuqori emotsional
ta`sirlanuvchanlikka ega tip. U odatda o‘zining hozirgi emotsional holatiga teskari holatni
tasvirlaydi. Masalan: xafa bo‘lsa-da, kulayotgan Yuzni chizishi mumkin.
20.
Harakatdagi tasvir-harakatchanlikka moyil, odatda sport, raqs bilan shug`ullanuvchi tip.
21.
Orqaning tasviri – belgilangan tartiblarga zid harakat qiluvchi tip.
«Avtoportret» testidan olingan ma`lumotlarni shuningdek, Rid sxemasi bo‘yicha tartibga solish va
rasmning miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin.
Sanab o‘tuvchi rasm /bitta avtoportret chizib berish iltimos qilinganiga qaramay bir necha
avtoportretlar chizilgan rasm/ - fikriy ekstrovert.
Organik rasm /odamni o‘simliklar, hayvonlar qurshovida, tabiat qo‘ynida tasvirlovchi rasm/ -
fikriy introvert.
Gaptik rasm /odamni biror bir holatda ko‘pincha «tishi og`riyotgan», «boshi og`riyotgan»
holatlarda tasvirlovchi rasm/ - sensor introvert.
Emfatik rasm /odamni biror emotsional muhitda tasvirlovchi rasm/ - sensor estravert.
Dekorativ rasm /portretni turli bezaklar bilan, chiroyli ramkalarda, erkin ranglar bilan
tasvirlovchi rasm/ - sensor ekstrovert.
Imajitar rasm / odamni biror bir adabiy qahramon yoki xayoliy obraz tarzida tasvirlovchi rasm/ -
emotsional introvert.
Ritmik rasm /harakatdagi odamni masalan, Yurayotgan, zinadan chopayotgan va h. odamni
tasvirlovchi rasm/ - intuitiv ekstrovert.
Strukturali rasm /odamni qanday bo‘lsa, shundayligicha, ba`zan faqat Yuzi, bYustni yoki bo‘y-
bastni tasvirlovchi rasm/ - intuitiv introvert.
Ushbu belgilar bo‘yicha quyidagi jadvaldagiga o‘xshab, turli rasmlar o‘rtasidagi miqdoriy
farqlarni aniqlash mumkin.
«Avtoportret» testi bo‘yicha individual – tipologik farqlar /500 kishi orasida/
Tasvir ko‘rinishi G.Rid
bo‘yicha
Psixologik tip K.Yung
bo‘yicha
Tasvirlararo miqdoriy
farqlar
Sanab o‘tuvchi
fikriy ekstrovert
2,4
Organik
fikriy introvert
30,3
Emfatik
sezuvchi ekstrovert
3,2
Gaptik
sezuvchi introvert
2,2
Dekorativ
hissiy ekstrovert
8,8
Imajitar
hissiy introvert
13,2
Ritmik
intuitiv ekstrovert
20,8
Strukturali
intuitiv introvert
19,1
Metodika manbasi: Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa: Ucheb. Posobie: V 2
kn. – 3-e izd.: Gumanit. Izd. TSentr VLADOS, 2000. – Kn.!: Sistema rabotы psixologa s detmi
raznogo vozrasta. – 384 s. 286-292 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |