Bog'liq O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi
“CHalkash chiziqlar” usuli Talabalar quyida keltirilgan davlatlar va ushbu davlatlardagi psixodiagnostik tekshiruvlarning bir-
biriga mosini topishlari kerak bo‘ladi.
Davlatlarning nomi CHiziqlar Psixodiagnostik tekshiruvlar Qadimgi Misr
Bu erda sinov qoidasiga binoan bir guruh odamlar
birinchi bosqich sinovidan o‘ta olmagan
kishilarning ustidan kulishni boshlaganlar, agar
sinaluvchi o‘zini munosib tutib luqma
tashlovchilarga o‘rinli javob bera olsa u ham
maktabga qabul qilingan.
Qadimgi Xitoy
Aqli zaiflikning har xil shakllarini o‘rganib,
intellektni o‘lchashda nutqning rivojlanishiga
e`tibor qaratilgan.
Frantsiyada
Jangchilik san`ani, kamonbozlik bilan bir qatorda
xusnixat ham tekshirilgan.
Qadimgi YUnonistonda
Ruhoniylikka o‘qitilgan odamlarning tarjimai
holi, ma`lumoti, suhbatlashishi, ko‘nikmasi
tekshirilgach u qorong`u er to‘ladan bir o‘zi
o‘tishi lozim bo‘lgan
2.2.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi.
Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus
(1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Th.Simon(1905)larning ishlari katta ahamiyatga
ega bo‗ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o‗rganishning yangi statistikaga asoslangan
quroli – test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo‗nalish asoschisi F.Galton
testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‗lchash metodi sifatida qo‗llanildi, keyinchalik esa undan
shaxsni, uning reaktsiyalarini o‗rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi
metodlarni ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik
esa kasb tanlash ishlari bilan bog‗liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi.
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. Shveytsariyalik
psixolog va psixiatr H.Rorschach (1921)ning «Psixodiagnostika» asari nashr etilishi bilan
psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika tushunchasi individni o‗rganadigan barcha
metodlar majmuini o‗z ichiga oladi. Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika
taraqqiyotida yangi davr boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o‗rganish yangi metodlari
bo‗lmish proektiv metodlar bilan bog‗langan edi. Proektiv psixologiya bir butun shaxsni o‗rganish
mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga qarshi e'tiroz
bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi.