ХUJAYRANING ХIMIYAVIY ТARKIBI.
Sodda hayvonlar, o’simlik va hayvon hujayralari o’xshash moddalarni uz tarkibida
to’tadi. Bu ularni kelib chiqishini umumiy ekanligini ko’rsatadi.
Hujayraning tarkibida 60 ga yakin ximiyaviy element borligi aniqlangan.
Hujayrada faqat tirik tabiat uchun xos deb hisoblanishi mumkin bo’lgan element
topilgan emas.
Hujayraning tarkibida ximiyaviy birikmalardan suv-75-85% ni, oqsillar-10-20%
ni, yoglar-1-5%ni, karbonsuvlar-0,2-2,0% ni, nuklein kislotalari-1-2%ni, past molekulali
organiq moddalar –0,1-0,5% ni va anorganiq moddalar-1,0-1,5% ni tashkil qiladi.
Hujayra tarkibidagi suv yo’qotilsa, u kam aktiv bo’lib qoladi va barcha hayotiy
belgilarni yukotishi va anabioz holatiga tushishi mumkin.
Hujayradagi barcha reaksiyalar faqat suv ishtirokida bo’ladi. Masalan, oqsillarni,
yoglarni va karbonsuvlarni parchalanishi suv bilan bo’ladi. Bunday reaksiyalar gidroliz
deyiladi.
Hujayradan suvni chiqarib yuborilganda mikdor va ahamiyat jihatidan birinchi
urinni oqsillar egallaydi. Oqsil hujayrani quruq holdagi og’irligini 50-80% ni tashkil
etadi.
Oqsillarni yana proteinlar deb ham ataladi (protos-birinchi, asosiy). Bu uning
hayotdagi birinchi darajali ahamiyatini ifodalaydi.
Oqsillarni molekulyar og’irliklari juda ham kattadir. Тuxumni oqsili albuminn
molekulyar og’irligi 36000 ga, muskulni oqsili aktomiozinniki esa 1,5 mln ga teng.
Oqsil molekulalarini tuzilishida minglab atomlar ishtirok etadi. Shuning uchun
ularni makromolekulali moddalar deyiladi. Oqsillar polimerlar hisoblanib, ularni hosil
qilishda odatdagidek, bir xil monomerlar ishtirok etmaydi, balki 20 xildan ortiq
aminokislotalar ishtirok etadi. Ularni tarkibida aminogruppa - NH
2
va karboksil gruppa -
COOH bo’lganligi uchun aminokislotalar deb ataladi.
Monomerlar bir-birlari bilan peptid bog NH-CO- hosil qilib birlashadilar. Хosil
bo’lgan birikma pepitid deb ataladi. Shu yo’l bilan bir necha aminokislota birikadi.
Shuning uchun har o’anday oqsil polipeptiddir.
Har xil tashqi faktorlar ta’siri ostida oqsil molekulasini tuzilishi va uning
o’zgarishi denaturatsiya deyiladi.
Hujayraning hayotida oqsillarni roli juda katta va xilma xildir. Hujayrada
bo’ladigan reaksiyalar hujayra katalizatorlari yordamida boradi. Bunday biologik
katalizatorlar oqsillar, fermentlar yoki enzimlar deb ataladi.
Bundan tashqari oqsillar signal funksiyasiga ega. hujayrani har xil ichki va tashqi
muxitni o’zgarishiga javobi hujayraichi reaksiyalari yordamida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |