O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik kafedrasi


Aniqlovchining gap strukturasidagi ishtiroki



Download 407,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi407,83 Kb.
#259249
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
gaplarni bolaklarga ajratish

Aniqlovchining gap strukturasidagi ishtiroki 

Gapdagi  biror  bo‘lakning  ko‘pincha  ega  va  to‘ldiruvchi,  shuningdek  qaratqich 

aniqlovchining  belgisini  yoki  biror  narsa-buyum,  tushunchaning  boshqasiga  qarashliligini 

bildiruvchi bo‘lak aniqlovchi deyiladi.  Aniqlovchi vazifasini ko‘proq sifat, son, ot va otlashgan 

so‘zlar  bajaradi.  Aniqlovchi  asosan  ega  va  to‘ldiruvchiga  bog‘lanadi.  Yashil  vodiylar  ko‘zni 

quvontiradi  (egaga  bog‘lanayapti).  Xalqimiz  hamisha  buyuk  insonlarni  ardoqlab  kelmoqda. 

(To‘ldiruvchiga bog‘lanayapti). 

 

Sifatlovchi-aniqlovchilar quyidagi so‘zlar orqali ifodaladi: 



- sifat bilan: Shakar qovunlarning xushbo‘y hidlari sabo bilan tarqalar sekin.  

- son bilan: Do‘kondan ikki qop un oldik. Ukam uchinchi sinfda o‘qiydi. 

-olmosh bilan: Ana shu katta bog‘ - bizniki. 

- ot bilan: Oltin kuzni sevaman jondan. 

- ravish bilan: Uzoq-yaqin yerdan mehmonlar kelib turishdi. 

- taqlid so‘z bilan: Bog‘dagi g‘uj-g‘uj gullar ko‘zni qamashtiradi. 

Sifatlovchi-aniqlovchilar yig‘iq va yoyiq bo‘lishi mumkin. Yig‘iq sifatlovchilar birgina 

so‘zdan Go‘zal bahor keldi, yoyiq sifatlovchilar esa ikki yoki undan ortiq so‘zlardan Misdek 

qizib turgan yuzini ikki kafti orasiga oldi iborat bo‘ladi. 

b) qaratqich aniqlovchilar Yaxshining yuzi jannatdur, ani ko‘rmoq g‘animatdur. 

Maktabning keng kutubxonasi belgili qo‘llaniladi. Yer kurasin boshin tang‘idik. 

Qaratqich va qaralmish shaxs jihatidan doim moslashadi, ammo son jihatidan moslashishi 

ham, moslashmasligi ham mumkin: Ukamning o‘yinchog‘i ko‘p. Ukamning o‘yinchoqlari ko‘p. 

Aniqlovchi  so‘z  yoki  so‘zlar  birikmasi  orqali  ifodalangan  aniqlanmishga    bog‘lanadi. 

Yolg‘iz so‘z bilan ifodalangan aniqlanmish o‘zakdan yoki hozirgi tartibda sintaktik aloqa ko‘zda 

tutilmaydigan  element  (belbog‘,  Qoryog‘di  kabi)lardan  iborat  bo‘ladi.  Uni  aniqlovchining  har 

ikki  turi  aniqlashi  mumkin.  Misollar:  Men  ham  jimjit  ko‘chada  yolg‘iz  bormoqdaman.  Ombor 

tomonda qorovulning toqisi taqilladi.  

Birikma aniqlanmish bir otning o‘z aniqlovchisi bilan birikuvidan tarkib topadi. Bunday 

tarkibdagi aniqlanmish otga ma’lum aniqlovchi bog‘lanib, bu aniqlovchili birikma undan oldingi 

aniqlovchiga  nisbatan  aniqlanmish  vazifasini  o‘taydi  oq  sadaf  tugmali  kabi.  Birikma 



aniqlanmishning  komponentlari,  ma’no  o‘zaro  yaqin  bog‘lanishli  bo‘lganligi  uchun,  ular 

biriktiruvchi intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Bunday aniqlovchili birikmaga bog‘langan boshqa 

bir aniqlovchi ajratib aytilgan intonatsiya bilan talaffuz etiladi. Masalan, O‘Zbekistonning katta 

g‘alla xirmoni uchun... 

Iboralardagi  so‘zlarning  sintaktik  munosabatlari  quyidagichadir:  katta  g‘alla  xirmoni 

tarkibidagi sintaktik aloqalar haqidagi izoh ham xuddi ana shundaydir. 

Aniqlovchili  birikmaga  bog‘langan  aniqlovchilar  sifatlovchi  yoki  qaratqich  bo‘lishi 

mumkin. 


1. 

Sifatlovchili  aniqlovchili  birikma  aniqlanmishlar:  Haligi  tushkun  kayfiyat, 

oqshomgi  voqealar  hozirgina  ko‘ringan  tushday  yo‘qoldi.  So‘lim  Parkent  qishlog‘i.  Saidiy 

bahorgacha  ko‘p  yangi  kulfatlar  orttirdi...  Umrzoq  ota  shoshib-pishib  uyga  kirdi-da,  guldor 

chinni  choynakka  bir  chimdim  ko‘k  choy  solib,  samovar  oldida,  cho‘kkalab  choy  damladi.  

Pidjagining tagidan kiyilgan oq sadaf tugmali rangdor katak ko‘ylak arzon kostyumga juda mos 

kelgan  

Qaratqich  aniqlovchili  birikma  aniqlanmishlar:  Men,  erim  –  ikkimiz  shahrimizning 

markaziy  ko‘chalaridan  birida  ketayotgandik.  Ko‘chaning  ikkinchi  boshida  paranjili  bir  xotin 

ko‘rindi.  Olimjon  o‘zining  harbiy  kiyimlarini  shunday  ozoda  tutar  ediki,  hamma  kiyimlaridan 

shunisini ortiq ko‘rgani sezilib turardi. 

Aniqlovchilar  bir  necha  so‘z  birikmasidan  ham  tashkil  topadi:  Shirvonning  yo‘li  uch 

kunlik  yo‘l,  ikki orasi suvsiz cho‘l, uyog‘i dushman el. Ba’zi do‘konlarda  yerdan shipga qadar 

qalangan mollar orasida o‘n ikki –o‘n uch yashar jajji bolalar o‘tiradi, savdo qiladi, cho‘t qoqadi.  

Eshik  bo‘sag‘asida  qizil  ko‘ylakli,  qora  kamzulli  bir  qiz  uning  harakatini  taqib  qilib  turmoqda 

edi. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


XULOSA 

 

Har qanday gap shakliy va mazmuniy tuzilishidan tarkib topadi. Gap  ifoda maqsadiga 



ko’ra darak, so’roq, buyruq, istak, tasdiq, inkor, taqlid gaplarga bo’linsa, gapni moddiy 

tomondan tashkil etuvchi  elementlari sintaktik shakllar ikki xildir: 

1.  Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar. 

2.  Sintaktik aloqaga kirishmaydigan shakllar. 

Sintaktik aloqaga kirishdigan shakllar  gap bo’laklari hisoblanadi. 

Gap bo’laklari ham ikkiga: 

1.  Birinchi darajali bo’laklar. 

2.  Ikkinchi darajali bo’laklarga bo’linadi. 

Birinchi darajali bo’laklar ega-kesim bo’lsa, ikkinchi darajali bo’laklarga aniqlovchi, 

to’ldiruvchi, hol kiradi. 

Demak, aniqlovchi ikkinchi darajali  bo’lak bo’lib, predmetning sifatini, miqdorini,  

xususiyatini, qarashliligini  anglatuvchi  bo’lakdir. Aniqlovchi  ot va otlashgan so’zlar bilan  

ifodalanadi. 

Aniqlovchilar anglatgan  ma’nolariga ko’ra uch xil  sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich 

aniqlovchi, izohlovchi aniqlovchilarga bo’linar ekan.  

 

 



 

 

 



 

 



ADABIYOTLAR 

 

1. 



G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., O‘qituvchi,  1989. 

2. 


G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., O‘qituvchi, 1961 

3. 


G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., O‘qituvchi, 1965 

4. 


O‘zbek tili grammatikasi. G‘ulomov A. va boshqalar. T., O‘qituvchi, 1975 

5. 


Abdurahmonov G. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T.,Fan, 1978 

6. 


“O‘zbek tili va adabiyoti’’ jurnali. 2001- 2005- yillar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 407,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish