133- modda. Transport vositalari haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jaroxati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi
Transport vositalari haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazishiga olib kelsa- lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasi- eng kam ish haqqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, eng kam ish haqqining besh baravari maqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |