II. ASOSIY BO’LIM
O’quv me’yoriy hujjatlar taxlili
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2020-yil 20-Fevraldagi № 131 sonli buyrug’ida tasqiqlangan Professional ta’lim yo’nalishlari mutaxassisliklari va kasblari tug’risida klassifikatoriga asoslanib
1-jadval
Kod MSKO
|
Kod MMSK
|
Kod KXT
|
Boshlangich professional ta’lim kasbi
|
Kvalifikatsiyalar
|
MMSK bo’yicha malaka darajasi
|
O’quv muddati
|
Razryad
|
354
|
5146
|
3.53.10.08
|
Tikuvchi mutaxassisligi
|
1. Аёллар кийими тикувчиси
2. Болалар кийими тикувчиси
|
3
|
2
|
3
|
Kod MSKO: 354
Kod MMSK: 5146
Kod KXT: 3.53.10.08
Boshlangich professional ta’lim kasbi: stomatolog yordamchisi
Kvalifikatsiyalar:
1. Аёллар кийими тикувчиси
2. Болалар кийими тикувчиси
MMSK bo’yicha malaka darajasi: 3
O’quv muddati: 2
Razryad: 3
2.2 Bo’lim: Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan ta’lim metodlarining taxlili
Professional ta’lim jarayonida, ya’ni maxsus fanlar bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda o’quvchi faoliyati ikki jixatga ega bo’lib, birinchidan, nazariy bilimlar o’zlashtiriladi, ikkinchidan, bu bilimlarni amalda qo’llash bo’yicha ko’nikma va malakalar egallanadi. Ular amaliy kasbiy ta’lim jarayonida birlashadi va bir butun kasbiy bilish, o’zlashtirish jarayonini tashkil etadi.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga bog’liq bo’lib, u ta’lim nazariyasida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. O’qitish metodlari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib boorish kerakligini hamda shu jarayonda ta’lim oluvchilar qanday ish harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.Shuningdek ta’lim metodi o’qituvchi va ta’lim oluvchining o’qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir.
Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan metodlarda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’siri o’quvchilar oldiga qo’yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shakliga rioya qiladi.Masalan, o’quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish,o’quv ishlab chiqarish sexida, o’quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy metodlar sirasiga kiradi. O’quvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi,chizg’ich, sirkul va boshqalardan foydalanib qirqish o’lchash kabi ishlarni bajaradi.
Kasbiy ta’lim- maxsus tayyorgarlik ko’rgan muxandis-pedagoglar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari bilan o’quvchilarning o’zaro ta’sirida avlodlar kasbiy tajribasining uzatilishi va qabul qilib olish jarayoni hisoblanib, u o’zaro aloqador, bir-birini taqozo qiluvchi ikki tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: kasbiy o’qitish va kasbiy o’qish.
P
O’qitish va o’qish sikli
rofessional ta’limda kasbiy o’qitish va o’qish siklini quyidagicha taxlil qilishimiz mumkin
1.Daslabki shart sharoitlarni o’rganish
2. O’quv maqsad va o’quv mazmunlarini belgilash
3.Amaliy mashg’ulot rejalarini ishlab chiqish
4. O’quv didaktik materiallarini tayyorlash
5.Amaliy mashg’ulotlarni o‘tkazish
6.Bilim va ko’nikmalarni baholash
Professional ta’lim- ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo’yicha kasbiy kompetentsiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |