yadro komponentlar deb ataganligini, gapning boshqa bo‘laklarini yadro
komponent bo‘lmagan bo‘laklar deb hisoblaganligini va shunga asoslanib, gap
strukturasining asosi ikki yadrodan hamda bir yadrodan iborat bo‘lib, shunga ko‘ra
gaplarni ikki yadroli va bir yadroli gaplarga ajratganligini aytadi: «Sodda
gaplarning bu klassifikatsiyasi gapning struktura asosining sostaviga ko‘ra
bo‘ladigan klassifikatsiyasiga o‘xshaydi. Ikki yadroli gaplar ikki sostavli va bir
yadroli gaplar bir sostavli gaplarga to‘g‘ri keladi».
14
Ba`zi tilshunoslar – deydi I.Rasulov. - sodda gaplarni ikki tarkibli va bir
tarkibli deb tasniflashda unda ega tarkibining bor-yo‘qligini asosga oladilar. Bu
printsip buyicha egasi bor gap ikki tarkibli gap, egasi yo‘q gap bir tarkibli gap deb
hisoblanadi.
A.N.Kononov sodda gaplarni sub`ekt va predikatning ifodalanish usuliga
ko‘ra ikki tarkibli va bir tarkibli gaplarga ajratadi. Bu printsip bo‘yicha, fikrning
sub`ekti va predikati ikki bo‘lak orqali ifodalansa, gap ikki tarkibli, bir bo‘lak
orqali ifodalansa, bir tarkibli deb hisoblanadi. Sodda gaplarni ikki tarkibli va bir
tarkibli gaplarga ajratishda qabul qilingan bu printsip sodda gaplarni tasnif
qilishning muhim tomonini asosga oladi. «Bizningcha, - deydi I.Rasulov. – sodda
gaplarni ikki sostavli va bir sostavli deb ajratishda ularning struktura asosining
sostavini asosiy belgi - kriteriya qilib olish bunday klassifikatsiyaning tabiatiga
ko‘proq mos keladi».
Olimning
tadqiqotida
A.G‘ulomovning
fikrlariga
ham
munosabat
bildirilgan. A.G‘ulomov ham gaplarni bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga
14
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.37.
17
ajratishda predikativlikni asos qilib oladi. Haqiqatdan ham, predikativlik gapda har
ikki bosh bo‘lakning aloqasi bilan ifodalangan bo‘lasa, ikki tarkibli gap, bosh
bo‘laklarning biri bilan ifodalangan bo‘lsa, bir tarkibli gap bo‘ladi.
I.Rasulov bu kabi gap tarkibi haqida aytilgan bir necha fikrlarni chuqur
o‘rganib va umumlashtirib, yuqorida aytganlarining davomi sifatida quyidagi
mulohazalarni bayon etadi: «har qanday gap struktura asosi negizida paydo bo‘lar
ekan, bu har qanday gapning yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan minimal forma
ekan, bularning har biri o‘ziga oid bo‘laklar bilan kengayib kelib, ma`lum sostavni
tashkil qilar ekan, sodda gaplarni ikki sostavli va bir sostavli deb ajratishda
gapning mana shu struktura asosining sostavini bosh kriteriya qilib olish lozim
bo‘ladi». SHunday qilib, «Gap hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan minimal forma
gapning struktura asosini tashkil qiladi. Gapning struktura asosi bir bosh bo‘lakli
yoki ikki bosh bo‘lakli bo‘ladi. Bu bosh bo‘laklarning har biri o‘ziga oid so‘zlar
bilan kelib, alohida-alohida sostavni tashkil qiladi. Gap struktura asosining
sostaviga ko‘ra gaplar ikki sostavli va bir sostavli gaplarga ajraladi: gaplarning bu
klassifikatsiyasi rus tilshunosligida ham, turkologiyada ham, jumladan, o‘zbek
tilshunosligida ham sodda gap struktural klassifikatsiyasining tarkibiy qismini
tashkil qiladi».
15
Kitobning keyingi bobida bir tarkibli gaplarning logik-grammatik belgilari
tahlil qilingan.
Ushbu bobda amalga oshirilgan tahlillar natijasi ma`lum bo‘ladiki,
kuzatishimiz ob`ekti bo‘lgan bir tarkibli gaplar ham xuddi ikki tarkibli gaplar kabi
o‘zining matniqiy-grammatik belgilariga ega. Buni I.Rasulov quyidagicha talqin
qiladi: «Gapning nisbiy tugal fikrni ifoda qilishi, predikativlik, intonatsion
butunlik, so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasidan iborat bo‘lishi, qo‘shilmadagi
so‘zlarning o‘zaro grammatik aloqada bo‘lishi kabi asosiy belgilari ikki sostavli
gaplarga qanchalik taalluqli bo‘lsa, bir sostavli gaplar uchun ham shunchalik
aloqadordir».
16
15
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.41-41.
16
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.43.
18
Ushbu aytilganlardan bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarning umumiy va
xususiy jihatlarini farqlash mumkin bo‘ladi. Predikativlikning asosini tashkil
etadigan zamon va mayl kategoriyalarini olaylik. Bu kategoriyalar bevosita bir
tarkibli gaplarda ham namoyon bo‘ladi. Predikativlik gapning shaklini yuzaga
keltiradi. YUqorida ta`kidlab o‘tilganidek, gapning struktura asosi grammatik
qo‘shilmaning gap bo‘lib kelishi uchun zarur bo‘lgan minimal shakl ana shu
predikativlik asosida namoyon bo‘ladi. Ana shu erda sodda gaplar bu turining
o‘zaro farqlari ham bilinib qoladi. Ikki tarkibli gaplarda predikativlik ikki bo‘lak
ifoda etsa, bir tarkibli gaplarda bu vazifani bir bo‘lak ado etadi. Bu xususiyat ikki
gapni bir-biridan farqlaydigan muhim belgi sanaladi. I.Rasulov: «Bir sostavli
gaplarning bosh bo‘lagi uning struktura asosini tashkil qiladi. U ega yoki kesim
bo‘lishi mumkin».
Mana shu o‘rinda V.V.Vinogradovning mavzuga oid bir mulohazasi muhim
hisoblanadi. V.V.Vinogradov ko‘pgina bir tarkibli gaplarda uning bosh bo‘lagini
grammatik ega yoki kesimga teng qilish mumkin emasligini aytgan. Ana shundan
kelib chiqqan holda tilshunoslikda bir tarkibli gapning bosh bo‘lagi ega ham emas,
kesim ham emas, psixologik sub`ekt va predikatni o‘zida birlashtirgan bo‘lak
deyilgan fikr keng tarqalgan.
«Bir sostavli gapning bosh bo‘lagini ega ham emas, kesim ham emas deb
qayd qilish tilshunoslarning diqqatini bir sostavli gaplarning bosh bo‘lagini
sintaktik analiz qilishdan chetlashtirgan», deydi I.Rasulov. Agar bu printsipga
rioya qilinsa, Qo‘ng‘iroq chalindi. Bizga bu masalaga jiddiy e`tibor berishga
Do'stlaringiz bilan baham: |