ketidan o‘zing yugur. Maqol shu darajada mukammal ifodalanganki, uni Sen
bolaga ish buyur, ketidan sen yugur. Bolaga ish buyur, ketidan yugur. O‘zing
bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur kabi variantlarning birontasida ham bayon
qilib bo‘lmaydi. Garchi bu gaplar grammatik jihatdan to‘la va to‘g‘ri
shakllantirilgan bo‘lsa ham, ifoda mukammalligida ular birinchi gapning o‘rnini
bosa olmaydi.
Ayrim maqollar tarkibida kishilik olmoshlari o‘rnida o‘zlik olmoshi
qo‘llanilganligi kuzatiladi: O‘zing nobud bo‘l, yo‘ldoshingni qutqar. O‘zi yo‘qdek,
69
tovushi o‘qdek. Gaplardagi o‘z so‘zi sen, u kishilik olmoshlari mazmunida. Ammo
umumlashgan kishilik olmoshlaridan ko‘ra ifoda vazifasini yaxshi uddalay olgan.
O‘z so‘zi ifodalagan ta`kid, alohida ajratib ko‘rsatish ottenkalarini bu gaplarda sen
yoki u bera olmaydi. Buning ustiga bu almashtirishlar ma`lum uslubiy
g‘alizliklarni keltirib chiqaradi yoki gap mazmunini o‘zgartiradi: O‘zing nobud
bo‘l, yo‘ldoshingni qutqar - Sen nobud bo‘l, yo‘ldoshingni qutqar. Birinchi gap
insoniylikka da`vat ma`nosini bersa va uning umumga qaratilgani anglashilsa,
ikkinchi gapda bu xususiyatlar yo‘qoladi. Fidoyilikka da`vat qilish emas, aksincha,
ana shu fidoyilikka nisbatan norozilik munosabatini yuzaga keltiradi. O‘zing suv
ichadigan quduqqa tupurma gapida ham ular almashtirilsa, mazmun o‘zgarib
ketadi: o‘zing suv ichadigan quduqqa tupurma, sen suv ichadigan quduqqa
tupurma. Birinchi gapda suv ichadigan quduq foydalanuvchilarga nisbatan
chegaralangan, ikkinchi gapdan esa umuman quduq ma`nosi anglashiladi. Demak
bu o‘rinda ularni o‘zaro almashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Ba`zi maqollarda esa bu olmoshlarni o‘zaro almashtirish mumkin bo‘ladi:
o‘zing yaxshi – olam yaxshi = sen yaxshi – olam yaxshi kabi.
Hayron qoladi kishi. Turib, turib tutoqib ketasan, kishi. Agar kishi so‘zi
bo‘lmasa-chi? Unda qanday gap bo‘ladi? Bunday holatlarda grammatik ega
mavjud bo‘lmoqda. Ammo bu grammatik ega ish-harakatni bajarayotgan ega emas.
Ega noaniq, umumiy. Gap tarkibidagi kishi, odam, har kim, sen ning
qo‘llanishi ana shu noaniqlik va umumiylikni keltirib chiqaradi.
Ayrim misollar shaxsi umumlashgan gaplar ikki tarkibli gaplar uchun ham
tegishli ekanligini ko‘rsatadi: birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. Aslida
shunday bo‘lishi mumkinmi? Biz mumkin emas, deb hisoblaymiz. Ikkining biri
bo‘lishi – shaxsi umumlashgan gaplar yo bir tarkibli, yoki ikki tarkibli gaplar
doirasida qaralishi lozim.
Bu o‘rindagi chalkashlikni gapdagi grammatik ega bilan harakatning haqiqiy
bajaruvchisi bo‘lgan mantiqiy egani aralashtirib yuborishdan axtarish kerak.
Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar gapining mag‘zini chaqadigan bo‘lsak,
harakatning bajaruvchisi umum ekanligi sezilib turibdi, ammo umumni gapning
70
egasi deyishimizga grammatika qoidalari yo‘l qo‘ymayapti – sirtdan qaraganda
o‘zmoq, to‘zmoq harakat, birlashgan, birlashmagan esa bu harakatning
bajaruvchisi bo‘lib ko‘rinayapti. Birlashgan va birlashmagan so‘zlarning gapda
egaga aylanishiga sabab bo‘lgan omilga yuzaki qaraganimizdan shunday
bo‘lmoqda. Aslida gap Birlashgan odamlar o‘zar, birlashmagan odamlar to‘zar
shaklida edi va gapning haqiqiy grammatik egasi ham, mantiqiy egasi ham
odamlar edi. Ammo nutqda qisqaruv hodisasi yuz berib, odamlar elementi
ellipsisga uchradi, gap tarkibidan tushib qoldi. Bir vaqtning o‘zida metonimiya
hodisasi ham yuz berdi. Tushib qolgan odamlar so‘zining yukini birlashgan,
birlashmagan so‘zlari o‘z zimmasiga oldi.
Mana shu tahlilga asoslanib bemalol ayta olamizki, gaplarning shaxsi
umumlashgan maqomini olishini o‘z-o‘zidan bo‘ladigan jarayon emas, balki til
elementlarini ifoda kuchining taraqqiyoti, tafakkur taraqqiyoti mahsuli sifatida
yuzaga keladi. O‘z-o‘zidan ma`lum bo‘lmoqdaki, bu o‘zgarishlar stilistik
jarayonlarsiz amalga oshayotgan emas. YA`ni fikrni ixcham, lo‘nda ifoda qilish
ehtiyoji, bu ehtiyoj tufayli gap tarkibidagi ayrim elementlarning ellipsisga yuz
tutishi, bu hodisaga duchor bo‘lgan bir til birligining bajarishi lozim bo‘lgan
vazifani, anglatishi lozim bo‘lgan ma`noni gapdagi ikkinchi bir birlikning o‘z
zimmasiga olishi ana shu stilistik jarayonlardir.
Agar ana shu stilistik jarayonlar sodir bo‘lmaganda, Birlashgan odamlar
o‘zar, birlashmagan odamlar to‘zar tarzida shakllantirilgan gapda g‘alizlik paydo
bo‘lgan bo‘lar, bu g‘alizlik o‘z navbatida nutqiy ifoda madaniyatiga salbiy ta`sir
ko‘rsatar edi. YUz bergan stilistik jarayonlar tufayli gap umumlashtiruvchilik
xususiyatiga, maqol xarakteriga ega bo‘lgan.
I.Rasulov shaxsi umumlashgan gaplarning semantik imkoniyatlari kengligini
aytib, uning yordamida hayotiy tajribalar, umumlashgan xulosalar, mulohazalar,
nasihat, maslahat kabilar ifodalanishi ta`kidlaydi. Bizning shaxsi umumlashgan
gaplarning semantik-stilistik imkoniyatlari bu bilan chegaralinib qolmaydi. Unda
yana quyidagi ma`no ottenkalarini payqash mumkin:
71
-zavqlanish ottenkasi: Xohlasang daladan pichan o‘r, xohlasang
o‘rmondan! Bir emas unta sigirga etadi! (O‘.Hoshimov).
-afsuslanish ottenkasi: Qayoqqa qarasang kambag‘al, bekorchi, nonga zor
odamlarni ko‘rasan (Oybek). — Ie, sutdan og‘zing kuysa, qatiqni ham puflab ichar
ekansan-da! Itga bersang oshingni, itlar g‘ajir boshingni! Koshki o‘z boshini
g‘ajisa! (A.Qahhor).
-fikrni jahl bilan ifodalash ottenkasi: Tayyor oshga bakovul bo‘laman
desang hammaning ham ko‘ziga xunuk ko‘rinasan (A.Qahhor). Operativ ishlashni
bilar ekansanlar-ku! (O‘.Hoshimov).
-ishonch, qat`iyat ottenkasi: Kimga gapirsang, gaping o‘tadi, qayoqqa
uzatsang qo‘ling etadi. Qancha qo‘rqsang shuncha yaxshi! Tartib bo‘ladi, intizom
bo‘ladi... (A.Qahhor).
-nopisandlik ottenkasi: Stolda o‘tirishini tomosha qilsang bularning! Xudo
haqqi, qoshiq ushlashni bilmaydi! (O‘.Hoshimov).
Topishmoq xarakteridagi gaplar ham bir tarkibli va shaxsi noaniq yoki
shaxsi umumlashgan bo‘ladi: Sog‘ay desang suti yo‘q, YUlay desang yungi yo‘q
(A.Qahhor). Gapning ushbu qurilishi topishmoqlarning tabiatiga mos keladi.
SHaxsi umumlashgan gaplarning ham boshqa bir tarkibli egasiz gaplar
singari bosh bo‘lagi kesim sanalar ekan, bu vazifani bajaradigan fe`lning o‘ziga
xos ifodalanish yo‘llari bor. Bu yo‘llar I.Rasulov tomonidan alohida ko‘rsatib
o‘tilgan.
45
1. Aniqlik maylidagi fe`l shakllari bilan:
- o‘tgan zamon: Bildingki, endi yugurish befoyda. Bildim dedim – tutildim,
bilmadim dedim – qutildim. Bu gaplarda eganing qo‘llanishi nojoiz. Uning
qo‘llanishi gapning umumga qaratilganlik samarasini yo‘qotadi, yo‘nalganlik
doirasini toraytiradi. Fikr bir kishi tomonidan aytilgan yoki bir kishiga qaratilgan
bo‘lib qoladi.
45
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.148-149.
72
- hozirgi-kelasi zamon: Nimani eksang – shuni o‘rasan, Birovga chuqur
Do'stlaringiz bilan baham: |