sub`ektiv modallik ham bo‘lib, bu kirish so‘zlar bilan ifoda qilinib, so‘zlovchi
shaxsning aytilayotgan fikrga munosabatini ifoda qiladi».
22
SHu o‘rinda fikrning
yanada dalillanishi uchun V.V.Vinogradovning quyidagi fikri ham keltirilgan:
«Kirish sintagmalar bilan ifoda qilinadigan modallik predikat formasidagi
konstruktsiya ifoda qilgan modallikdan butunlay boshqachadir. CHamasi, gapga
kiritilgan bu sintagmalar ifoda qilgan modal bo‘yoq va ottenkalar gap
mazmunining strukturasida modallikning ikkinchi qatlamini tashkil qiladi.
Predikativlik kategoriyasining eng to‘g‘ri, doimiy, bevosita ifodasi gap
modalligidir. Agar predikativlik nutqning borliqqa bo‘lgan umumiy munosabatini
ifoda qilsa, modallik kategoriyasi gapning borliqqa bo‘lgan munosabatining o‘ziga
xos belgilarini ifoda qiladi».
21
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.56.
22
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.55.
23
A.Hojiev
ham
modallikka
so‘zlovchining
ifodalanayoggan
fikrga
munosabatini bildiruvchi grammatik-semantik kategoriya sifatida baho bergan: «U
orqali fikr mazmuni real yoki noreal, qat`iy va sh. k. tarzda tasavvur etilishi
mumkin. Modallik so‘z, qo‘shimcha, yuklama va ohang orqali ifodalanishi
mumkin. Mas., yoza olmoq (ol yordamida yasalgan shakl, qodirlik. ma`nosini
bildiryapti), albatta keladi (albatta so‘zi qat`iy ishonch ifodalayapti), ko‘rganov (-
ov yuklamasi gumon bildiradi) va b.».
23
Gap mazmuning to‘laqonli ifodalanishida predikativlik va modallik
kategoriyalari bilan bir qatorda ohang ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ohang
nutqning sintaktik ma`nolarni va ekspressiv-emotsional bo‘yoqlarni ifodalashi
uchun xizmat qiluvchi ritmik-melodik tomoni; ovozning baland-pastligi; ohang.
Quyidagilar intonatsiyaning tarkibiy unsurlari hisoblanadi: 1) nutq melodikasi (q.)
2) nutq ritmi (q.); 3) nutq intensivligi (q.); 4) nutq tempi (q.); 5) nutq tembri (q.); 6)
mantiqiy urg‘u va fraza urg‘usi (q.).
24
I.Rasulov predikativlik, modallik va ohang borasidagi aytilgan fikrlarni
tahlil qilgan va umumlashtirgan holda o‘zining quyidagi xulosasini bayon qiladi:
«Xullas, ma`lum konstruktsiyaning gap bo‘lib kelishi uchun shart bo‘lgan
predikativlik gapda ifoda qilingan fikrning real borliqqa bo‘lgan munosabatini
bildirib, turli konstruktsiyadagi gaplarda turlicha ifoda qilinadi. Modallik esa uning
tarkibiy qismini tashkil qiladi».
25
Endi yana bir muhim fikr – gapning a`zolari masalasiga to‘xtalib o‘tish
joizdir. Ikki tarkibli gaplarda ifodi qilingan fikr ham, bir tarkibli gaplarda ifoda
qilingan fikr ham ikki a`zoli, degan qarash mavjud. Bu qarashning ikki tarkibli
gaplarga bevosita aloqador ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Ammo u bir
tarkibli gaplarda qanday namoyon bo‘ladi. Ana shu savolga javobni ham
I.Rasulovning kitobidan topamiz: «Til va tafakkur birligini ularning tengligida deb
tushunish mumkin emas. Agar biror gapda hukm sub`ekti ifodalanmasa, hukmda
23
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати, –Б.64.
24
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати, –Б.45.
25
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.58.
24
ham shunday bo‘ladi deb qarash logika bilan grammatikani qorishtirishdan boshqa
narsa emas. Ifodalanmay qolgan sub`ekt situatsiya, kontekst, intonatsiya kabi
vositalardan bilinib turadi. Demak, u fikrda albatta mavjud bo‘ladi. Gapda esa
uning o‘rni, pozitsiyasi bor xolos. Uni gapga kiritib bo‘lmaydi. Agar bu bo‘lak
gapga kiritilsa, gapning semantik-grammatik xarakteri o‘zgaradi. SHaxsi aniq,
shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan deb atalayotgan gaplarni alohida tip qilib
ajratishda shaxs (sub`ekt) ko‘zda tutilganligi hisobga olinsa, bunday gaplarda ifoda
qilingan fikrning ikki a`zoli ekanligini payqash qiyinchilik tug‘dirmaydi».
26
Muallif fikrini quyidagicha davom ettiradi: «Bir sostavli gaplarda ifoda qilingan
fikrning ikki a`zoligini yana shunda ko‘rishimiz mumkinki, bir sostavli gaplarning
hammasida hukm ifoda qilinavermaydi. Buyruq, so‘roq bir sostavli gaplarda hukm
emas, fikrning buyruq, so‘roq formalari ifoda qilinadi. Bular ham ikki a`zolidir.
Lekin bundan bir sostavli gaplarda ifoda qilinayotgan fikr bilan ikki sostavli
gaplarda ifoda qilinadigan fikr o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q ekan degan
xulosa kelib chiqmaydi». Biz ham bu fikrni davom ettirib, gaplarning bir tarkibli
tarzda shakllantirilishida ma`lum stilistik maqsadlar yotishini ta`kidlamoqchimiz.
SHunday qilib, I.Rasulov ta`rifiga ko‘ra, «Struktura asosi bir sostavdan - ega
sostavi yoki kesim sostavidan tashkil topgan gaplar bir sostavli gaplarni tashkil
qiladi; bir sostavli gaplarda ifoda qilingan predikativlik ularning grammatik
ma`nosi bo‘lib, mayl, zamon va shaxs-son kategoriyalari orqali ifoda qilinadi;
predikativlik gapda ifoda qilingan mazmunning borliqqa munosabatini ifoda qilish
bilan gapni shakllantiruvchi grammatik hodisadir; bir sostavli gaplarda ifoda
qilingan fikr ikki a`zolidir; bir sostavli gaplar o‘zida ifoda qilingan fikr, qo‘llanish
sharoiti, emotsionallik, stilistik xususiyati, bosh bo‘laklarining morfologik
shakllanishi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik va nisbat kategoriyalariga munosabat jihatidan
ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega».
27
I.Rasulovning bir tarkibli gaplar tasnifining asoschisi akademik
A.A.SHaxmatov ekanligini ta`kidlab, uning «Bundan keyingi klassifikatsiya uchun
26
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.59-60.
27
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.64.
25
bosh bo‘lak tabiatini asos qilib olamiz. Bir sostavli gap bosh bo‘lagi shaklan ikki
sostavli gap bosh bo‘laklarining ifodalanish usuliga qiyos qilinib yoki ega, yoki
kesimga tenglashtirilishi mumkin. SHundan kelib chiqib, ikki sostavli gaplarni
nazarda tutib, bir sostavli gaplarni ega gap, egasiz gap, vokativ gap va shaxssiz
gaplarga ajratamiz», degan fikrini keltiradi.
Ishda bir tarkibli gaplarni tasnif qilgan boshqa olimlar qarashlariga ham
to‘xtalib o‘tilgan. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |