Qorong’i maydonli mikroskopda ko'rish. Bu mikroskopning tuzilishi va unda preparatlarni ko'rish tartibi yorug’ maydonli mikroskopdagi bilan deyarli bir xil bo'lib, u tirik hujayra va to'qima tuzilmalarini o'rganishga mo'ljallangan. Unda hujayrani qorong’i maydonda ko'rish kondensorga qo’yiladigan maxsus plastinka yordamida amalga oshiriladi, ya'ni yorug’lik nuri kondensor orqali ob'yektga qiyalatib tushiriladi. Bunda ob'ekt (masalan plastidalar) yorishib, maydon qorong’iligicha qoladi. Tirik hujayra tarkibidagi tuzilmalar yaxshi ko'rinishi uchun ob'yektga tushayotgan yorug’lik nuri har xil optik qalinlikda bo'lishi shart. Mazkur mikroskopda bo'yalgan yoki bo'yalmagan tirik hujayralarni, hujayra tuzilmalarini va bakteriyalarni o’rganish ancha qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |