O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi



Download 305,13 Kb.
bet13/26
Sana17.04.2020
Hajmi305,13 Kb.
#45508
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
sugurta ishi-converted

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi

1997 yil 18 fevralda e`lon qilingan Prezident farmoni asosida tashqil qilingan

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi 1994 yil 21 yanvarda ta`sis qilingan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasining mulkiy va nomulkiy xuquq va majburiyatlari bo’yicha xaqiqiy vorisi bo’lib, respublikamiz sug’urta tashkilotlarining xalqaro miqyosdagi sug’urta tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan navbatdagi jiddiy qadamidir.

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta tashkilotining asosiy maqsadi respublika iqtisodiyotida eksport tashishni yanada ragbatlantirish, eksport qiluvchilarni sug’urtaviy ximoya qilishni ta`minlash, xorijiy mamlakatlar investorlari bilan aloqa qiluvchi o’zbek investorlarining faoliyatini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarga jalb etilayotgan chet el investitsiyalarini kompleks sug’urtaviy ximoya qilishdan iborat.

Kompaniyaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri investitsiyalarni faqat iqtisodiy xavf-xatarlardangina emas, balki siyosiy xavf-xatarlardan (urush, inqilob, fuqarolar galayoni, pul o’tkazishni chegaralash va boshqalar) xam ximoya qiladi. SHu munosabat bilan xorijiy mamlakatlarda sug’urtaning bu turiga qiziqish kuchaymoqda.

Kompaniyaga bosh direktor raxbarlik qiladi va direktorlar kengashi muxim masalalarni muxokama qilib tavsiyalar beradi. Kompaniyaning viloyatlarda xam bo’limlari mavjud. Markaziy boshqarmada umumiy xavf-xatarlar, strategik rivojlanish, moliyaviy xavf-xatar, xalqaro bo’limlar mavjud.

Tashqi iqtisodiy soxa O’zbekiston iqtisodiyotining eng jo’shqin rivojlanayotgan tarmogi xisoblanadi. SHu munosabat bilan xozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy faoliyatni eksport-import operatsiyalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar mol-mulki, xalqaro yuk tashuvchilarni mas`uliyati, xorijiy pudratchilar ishtirokidagi qurilishni sug’urtalash va shu kabilar kompaniyaning asosiy yo’nalishlariga aylanmoqda.

Kompaniyaning «O’zbekinvest» Interneyshnl Ishnurans LTD qushma korxonasi tomonidan chet ellik savdo kompaniyalariga beriladigan sug’urta xizmatlarining yo’nalishlari quyidagilardan iborat:



  • sarmoyani sug’urtalash;

  • savdo sug’urtasi.

«O’zbekinvest» bosh kompaniyasi va uning xududiy idoralari bo’yicha quyidagi sug’urta xizmatlari taqdim etilmoqda:

  • eksport qaltisliklarini sug’urtalash, musodara, transfer kechikish, embargo joriy etish, shartlarni bajarishdagi to’sqinliklar va boshqalar;

  • qurilish-montaj ishlarini sug’urtalash;

  • yuklarni sug’urtalash;

  • aviatsiya vositalarini sug’urtalash;

  • avtotransport mas`uliyatini sug’urtalash;

  • xayot va salomatlikni sug’urtalash.



6. Respublika xususiy sug’urta kompaniyalari

Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan respublikamizda sug’urta monopoliyasi qisqara boshlaydi, davlat sug’urta tashkilotlari bilan birga qator xususiy sug’urta kompaniyalari ish boshladi. Bu kompaniyalarning faoliyati sug’urtalash shartlari va sug’urtani tashqil qilish yo’nalishlari bo’yicha davlat sug’urta tashkilotlaridan farq qiladi. Ularning bu yo’nalishlari va xususiyatlari bozor iqtisodiyoti talablariga ko’proq javob beradi. Birinchidan, bunday xususiy tashkilotlarni barpo qilish uchun ta`sischilar ixtiyorida bir necha o’n million mablag’ bo’lishi lozim, bu xaqida aloxida ruxsatnoma olinish kerak. Ikkinchidan, davlat sug’urta tashkilotlarining ob`ektlari qonun asosida chegaralangan bo’lsa, bu tashkilotlar ob`ektlarni o’zlari belgilaydilar va bu xaqida o’z nizomlarida qayd qiladilar. Uchinchidan, sug’urta mablag’larining manbalari faqat sug’urtalanuvchilarning to’lovlarigina bo’lib qolmasdan, shuningdek, ta`sischilarning mablag’lari, sug’urta tashkiloti ixtiyorida bo’sh turgan mablag’lardan xo’jalik ishlarida ishlatish asosida olingan foyda va boshqa sug’urta tashkilotlarini qayta sug’urtalash bo’yicha to’planadigan mablag’laridan iborat bo’ladi.

Sug’urta jamiyatlari ishida xorijiy mamlakatlar xam xamkorlik qilishlari mumkin. Sug’urta jamiyatlari xavf-xatarlariga xayot va salomatlik, mol-mulk, aqliy mexnat maxsulotlarining daxlsizligi, safar yoki dam olishni bexatar o’tish bilan bog’liq xar xil favqulotda xodisalar kiradi. Bunday sug’urta kafolati mulkchilik shaklidan qat`iy nazar ishlab chiqarish aktsionerlik jamiyatlari,

korxonalar, fermer xo’jaliklari, tijorat banklari va boshqalarga xam taqdim etilishi mumkin.

Xozirda O’zbekistonda 60 dan ortiq sug’urta kompaniyasi, agentligi va firmalar mavjud. Xududlar bo’yicha sug’urta bo’limlari va vaqillarni xisobga olganda sug’urta jamiyatlarining soni 60 ga yaqindir.

Sug’urta aktsionerlik jamiyatlari bir xilda ixtisoslashgan emas, ular o’z nizomlarida ko’rsatilganidek turli yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan:

«Madad» sug’urta agentligi kichik va xususiy biznes bilan shugullanuvchi tadbirkorlarga kredit berish bilan shugullanadi, boshqa sug’urta kompaniyalari korxona va tashkilotlarga tegishli mol-mulklarni sug’urtalaydilar, bundan tashqari turli yo’nalishlarda junatilayotgan yuklar xam sug’urtalanishi mumkin, lekin ko’pchilik sug’urta tashkilotlari fuqarolarga tegishli mol-mulklarni, ularning xayotini, qo’shimcha pensiya olish imkoniyatlarini sug’urtalaydi, bundan tashqari ayrim sug’urta kompaniyalarida tibbiyot sug’urtasi mavjudki, bu sug’urta turi sug’urtalanuvchilarga ixtisoslashgan tibbiyot xizmati ko’rsatishga imkoniyat yaratadi.

Aktsioner sug’urta tashkilotlari o’z daromadlari xisobidan davlat byudjetiga daromad soligi to’laydilar. Bu daromadlarni xisoblashda sug’urta ishini xususiyatlari, masalan, to’lanadigan zararlarni miqdori, turli xil o’ziga xos fondlarni tashqil qilinishi e`tiborga olinadi.

Sug’urta tashkilotlari davlat tomonidan belgilangan tartibda nazorat qilinadi. Bundan maqsad sug’urta bozoriga spekulyativ, firibgarlarni kirib qo0lishlarga yo’l qo’ymaslikdir. Davlat nazoratining maqsadi shuningdek, tashqil qilinayotgan sug’urta tashkilotlarni ro’yxatga olish, ruxsatnomalar berish, chet el sug’urta kompaniyalarining sug’urta faoliyatida qatnashishlarini qonunlashtirish, qayta sug’urtalashni amalga oshirish ustidan nazorat qilishdan iborat. Xozirda respublikamizda mustaqil qo’shma sug’urta tashkilotlariga mavjud ruxsatnoma berish uchun ko’rsatilgan sug’urta tashkilotlarining nizomlari 3 yil davomida sug’urtani rivojlantirish istiqbollari, qayta sug’urtalashni tashqil qilish masalalari ko’rib chiqiladi, shuningdek, kredit tashkilotlarining sug’urta kompaniyalarining nizom, rezerv va boshqa fondlari xaqidagi ma`lumotnomasi xam taqdim qilinishi talab qilinadi.


Download 305,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish