Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tаlim vаzirligi


Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi



Download 50,77 Kb.
bet2/6
Sana18.07.2022
Hajmi50,77 Kb.
#821431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elyorbek yangi (1)

1.Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi
Bugungi kunda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sanaladi. Bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlilik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Haqiqatan ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta e’tibor berib kelinmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning har bir nutqi va ma’ruzalari, maqola va asarlarida yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma’naviy barkamolligi, demokratik va insonparvarlik tamoyillarining kishilar ongida nechog‘lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz. Mustaqillik va ma’naviyat bir-biriga bog‘liq tushunchalardir. Ma’naviyatning kamol topishi, qalblarga singishi uchun mustaqillikni mustahkamlash lozim bo‘ladi. Qudratli davlat, buyuk ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ma’naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning ma’naviy kamoloti orqali huquqiy demokratik davlat barpo etiladi. Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o‘zligini tanib, o‘z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda. 229 Ma’naviyatni yuksaltirmay xalqimiz hayoti, turmushi va mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lida ko‘zlangan maqsad to‘la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma’naviy g‘oyasizlik, mafkuraviy parokandalik davriga barham berildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma’naviyatimiz yuksala bordi. Yurtboshimiz Islom Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida ta’kidlaganidek: «Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixiy va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli olg‘a siljishida hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir»1 . Ma’naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo‘jako‘rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma’naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli madaniy, tarixiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma’naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo‘lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi jarayon bo‘lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma’naviy bo‘shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiy. Bu bo‘shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Shuning uchun jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Uning achchiq saboqlarini 1999-yil 16-fevral, 2005-yil Andijon voqealari ko‘rsatdi. Shu sababli tarixiy burilish davrlarida obyektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish lozim. «Bunday to‘g‘ri mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun bunday holatlarni yuzaga qalqib chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina erishish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, 230 ma’naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo‘llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta’kidlab kelmoqda»1 . Zotan, yosh, mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham Yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat - kelajak poydevori» degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardiki, yuksak ma’naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi. O‘zbekiston bozor munosabatlariga to‘la o‘tayotgan davrda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o‘sib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. Shu ma’noda Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlari hozirgi davrda har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi: «Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat»2 . Bozor munosabatlarida ham yuksak ma’naviyatli va axloq-odobli, iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon kishilar zarur. Ma’naviyat, ma’naviy-axloqiy jihatdan sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning ko‘zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko‘zlangan maqsadga erisha olmaydilar. Vatanimiz ertangi kunini, o‘z zurriyodlarining baxtu istiqbolini istaydigan har bir odam - u kim bo‘lishi, qanday lavozim egasi ekanidan qat’iy nazar, farzandlarimizning ma’naviy, g‘oyaviy tarbiya masalasidan chetda turmasligi kerak. Bugun bu o‘ta muhim masalaga beparvo qarashga, loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Endilikda ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli, serqirra tushuncha. Ma’naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsada, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, shuningdek, ularning inson, jamiyat, Vatan, oila, ota-ona va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Bu masalada Yurtboshimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz». 1 Bundan ko‘rinib turibdiki, sharqona odob-axloq va umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson sanaladi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi singari qator xislat va fazilatlarning to‘kisligida ko‘rinadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o‘ylaydilar. Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida erkin, ozod shaxs haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e’tiborni qaratadi, ya’ni har bir fuqaro: - o‘z haq-huquqlarini taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin; - o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin; - atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; - shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin2 . Bu barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘liq ta’rifdir. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bo‘lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar ham bo‘lmaydi. Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish; - xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish; - butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini, zarur bo‘lsa jonini ham yurt istiqboli, xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar. Mustaqillik, bu - bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Bu ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrashimiz ham qarz, ham farzdir. Shu ezgu vazifani amalga oshirish butun xalq va ayniqsa, yoshlar ongiga mustaqillik ruhini singdirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy g‘urur va iftixordir. Milliy g‘urur o‘z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo‘lish, avaylab-asrashdir.
Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, komil inson bo‘lishning aniq cheki va chegarasi yo‘q. Bizning ko‘hna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma’naviy-axloqiy tarbiya rolini o‘ynagan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta’limot va amaliyot sanaladi. 233 Mazkur masalani tasavvuf ta’limotidan kelib chiqqan holda bayon etishni maqsadga muvofiq deb topdik. Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida ko‘p asarlar bitilgan. Ana shunday insonlardan biri XII asrda yashagan Aziziddin Nasafiy bo‘lib, «Insoni komil» nomli risolasida komil insonga ta’rif berib shunday yozadi: «Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolotga yetgan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif». Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon Sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo‘llanma vazifasini o‘tagan ko‘p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Masalan, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», «Bo‘ston», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul - qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy» va boshqalarni ko‘rsatishi mumkin. Bu asarlarning ko‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, insonparvarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. Alisher Navoiyning «Nasoyimul muhabbat» asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab o‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, o‘z kasbidan topib kun o‘tkazish, shariatga rioya etish, barchadan o‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo‘pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo‘lish - yaxshi, muloyim tilli, rahmdil, saxiy, mard, halimlik, xushxulq, sabrli, sadoqatli, riyozat chekishdan qo‘rqmaslik va boshqalar. Shu tariqa o‘tmishda komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzusi deb qaralgan. Komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiyaxloqiy ahamiyatga ega bo‘lgan. U insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon, har lahzada insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya xatti-harakat 234 va qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashdi, ularda iymon va vijdonlilikni ta’minlab keldi. «Komil inson deganda, - deb yozadi Islom Karimov, - biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1 . Komil insonning umumiy xislatlari: yoqimlilik, ko‘rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug‘sifatlik, o‘ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar; Komil insonning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do‘stlik, g‘amxo‘rlik, jonkuyarlik, samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalalik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlilik, mehmondo‘stlik, halollik, to‘g‘rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar. Ishbilarmonlik xislatlari: mehnansevarlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas’uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saranjom-sarishtalik, tadbirkorlik, aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, tavakkalchilik va boshqalar. Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnlilik, bama’nilik, xotirjamlik, sog‘lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar. Sobitlik xislatlari: faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, jo‘shqinlik, sabotlilik, bir so‘zda turishlik, barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, o‘zini yo‘qotmaslik, sovuqqonlik, o‘ziga talabchanlik, kamsuqumlik, o‘zini o‘zi idora eta bilish va boshqalar. Ehtiroslilik xislatlari: ko‘tarinkilik, tantanavorlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, oliyjanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, xijolatpazlik, iffatlilik va hokazolar. Ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borish ularni barkamol, sog‘lom va komil inson ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Insondagi komillik eng avvalo uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligini anglashidadir. Shu ma’noda, buyuk yunon faylasufi Suqrotning «O‘z-o‘zingni angla», degan da’vati ham insonning nasl-nasabini, hayot mazmunini, kishining kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyat va majburiyatini anglashga qaratilgan chaqiriqdir. Komil insonning mohiyati, avvalo, jamiyatni barkamol qilish yo‘lidagi sa’yi-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Komil inson va jamiyat munosabatlarida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki jarayonni ko‘rish mumkin. Birinchisi, komil insonning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilishi. Komil inson g‘oyasining mavjudligi va u bilan bog‘liq amaliyot jamiyatni rivojlantirish darajasini belgilaydigan mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki biz har qanday jamiyatni unda yashayotgan kishilarning xatti-harakatiga qarab baholaymiz. Ikkinchisi, jamiyatning xarakteri, uning komil insonni tarbiyalash borasidagi imkoniyatlarida, unga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Ya’ni erkinlik, mustaqillik komil inson g‘oyasini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratadi. O‘zbekistonda komil insonni tarbiyalashda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy vazifalar davlat siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Prezidentimiz Islom Karimov komil insonni tarbiyalashga yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligining eng muhim omillaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratmoqda. Yurtboshimiz inson tarbiyasiga keng to‘xtalar ekan, quyidagilarni ta’kidlaydi: «...har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli, komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi». 1 Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a’lo darajada his etadigan shaxs bo‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?» deb emas, balki: o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?» deb o‘ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak bo‘ladi. Bu komillikka da’vogar inson uchun asosiy mezondir.

Download 50,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish