O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,74 Mb.
bet1/7
Sana15.12.2019
Hajmi0,74 Mb.
#30268
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

(o‘quv qo‘llanma)

Toshkent-2007

Annotatsiya


Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.

«Maktabgacha pedagogika» ma’ruza matni bog‘cha yoshidagi bolalarni ta’lim-tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogik tushunchalari, qonun-qoidalari va amalga oshirish vosita, metodlari haqida ma’lumot beriladi. O‘qituvchi-tarbiyachini jamiyatda tutgan o‘rni hamda bog‘cha bolalarni tarbiyasida oila va jamiyachilikning hamkorligi hamda har bir mavzu yuzasidan amaliy, ijodiy topshiriqlar berildi. O‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yaratilgan.


«Maktabgacha pedagogikasi» o‘quv qo‘llanmasi professor O.U.Xasanboeva tahriri ostida yaratilgan.

O.U.Xasanboeva, SH.K.Tashpulatova M.SH.Nurmatova N.M.Qayumova, M.X.Tojieva, M.Pirmuxamedova, R.T.Akbarova, X.Sariev, N.Djamilova


Taqrizchilar:


Pedagogika fanlari nomzodi: N.M.Egamberdieva
Pedagogika kasb-hunar kolleji,

metodist o‘qituvchisi T.Xasanova



KIRISH
Milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy maktabgacha ta’limdir. Tabiiyki, bunday islohlashgan maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachisi yuksak bilim va ma’naviy kasbiy faoliyatga ega bo‘lishini talab etadi.

Jahon hamda jamiyatda har bir ota – ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak odob egasi, mahoratli ijodkor, tadbirkor tarbiyachiga berishni istaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi tarbiyachilarni talabalik davridan boshlab maktabgacha ta’limning asl mohiyati, bola va tarbiyachining hamkorlik faoliyati ekanligini o‘rgatadi. Bola tarbiyachisining maqsadi, bolaning ruhiyatini rivojlanish qoidalariga amal qilishni talab etadi.

O‘z kasbini mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogika fanini chuqur bilishi lozim.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini, o‘quv tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uni echishni to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarni to‘g‘ri echimini topishga yo‘naltiradi.

Maktabgacha ta’lim pedagogika fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi.

Maktabgacha ta’lim pedagogika fani bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalariga tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. SHu sababdan o‘quv qo‘llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va milliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi.

Maktabgacha ta’lim pedagogika fanining nazariy asoslari: Inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga Markaziy Osiyo va jahon mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi.

Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari: Ta’lim - tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog‘cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi.

Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallab tuzilgan.

O‘quv qo‘llanma X bobdan iborat bo‘lib, unda maktabgacha ta’limning mazmuni, ta’lim - tarbiyani tashkil qilish metodlari va boshqarish masalalariga bag‘ishlangan. Har bir bobdan so‘ng nazorat savollari berilgan. Maktabgacha ta’lim pedagogika fanini chuqur o‘rganib, har bir bola qalbini zabt etuvchi murabbiy - ustoz bo‘lishlariga talabalarga omad tilaymiz.



1.BOB Maktabgacha ta’lim pedagogika fanining baxsi va barkamol Inson tarbiyalashdagi o‘rni
I.I Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari
Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka etaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. CHunki insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi.

Pedagogika - grekcha so‘z bo‘lib, «bola etaklovchi» - manosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. SHu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir.

Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – CHo‘lpon singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. SHarq pedagogikasining asoschilari Farobiyning «Fozil odamlar shahri», YUsuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulib»i, Kaykovuchning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.

Pedagogik fikrni rivojlanishida ulug‘ rus pedagogi K.D.Ushinskiyning ham hissasi katta. Uning nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, bolalarning bir necha avlodni shu kitoblar vositasida ta’lim olgan.

Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi olimi YAn Amos Komenskiy (1592-1670) ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asari hisoblanadi.

Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunio‘lgan davrda har tomonlama etuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muvzuidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’sinlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasining nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga ekaligiga asoslanadi.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.



Maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti:

  • Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga suyangan holda faoliyat yuritish;

  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bog‘chalardagi ta’lim – tarbiya mazmunini takomillashtirish;

  • Ta’lim – tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullarni axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish;

  • Bolalarni jismoniy, aqliy, ruxiy sog‘lig‘ini ta’minlashda o‘kituvchi – tarbiyachi mahorati;

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi nazariyasi va amaliyotining maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishga bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli maktabgacha tarbiyani xayot, zamon bilan olib bog‘lab olib borishning zarurligi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi axamiyatiga asoslanadi.

Maktabgacha pedagogikaning vazifalari:

- Maktabgacha ta’lim soxasidagi pedagogik muammolarni hal kilish;

- Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim olish ehtiyojini, o‘qishga kiziqish, kitob o‘qish, maktabga borish hissiyotini shakllantirish;

- Bolalarda mustakil va erkin fikrlashga o‘rgatuvchi ilg‘or metodlarni qo‘llash;

- Bolalarga yuksak odab ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni mentalitetimiz asosida o‘rgatish.



Pedagogika fani tarbiyani pedagogik xodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.



Pedagogikaning asosiy tushunchalari

Tarbiya

Ta’lim

Ma’lumot

Pedagogik xodisa bo‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib bori shva uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.

Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish,ularning ongiga bu xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga. hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amaga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon - o‘qitish va o‘qishni o‘z ichikga oladi.

Asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, uning ijtimoiy hayot voqealarini ob’ektiv aks ettirishdir. Ma’lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko‘taradi va amaliyo faoliyatga tayyorlaydi. Ma’lumot ta’limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egalashdir.

O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim ko‘nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.

O‘qish - o‘kuvchining bilim, malaka, va ko‘nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlydi.



I.2 Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi faktlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. CHunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika fapiga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.

Estetika – insonlarni voqelikka, san’atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-xarakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan roganizm tuzilishining va xarakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg‘ulotlari shakllarini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerf sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘rischidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.

Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. SHu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. SHunga ko‘ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tu solgan.

Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli Fan bo‘lib, avvalo u tarbiya ijtimoiy xodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabi alohida o‘rin tutadi.


I.3 Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari.
Pedagogika o‘z tadqiqot ob’ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik xodisalarni takomillashtirishga, ularni to‘g‘ri xal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.

Adabiyotlar bilan ishlash metodi.

Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi. O‘rganilgan xujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador xujjatlari, qonunshunoslikka oid huquqiy xujjatlar kiradi. SHu bilan birga pedagogika faniga oid bo‘lgan tarixiy pedagogik adabiyotlar, darsliklar, o‘quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarining qaytomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish.

Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi.

Pedagogikaning ko‘pgina muammolarini xal etishda ta’lim-tarbiya sohasidagi orttirilgan tajribalarni muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o‘rganish jarayonidagi muammo: yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, anketalashtirish, tarbiyachi va bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik xujjatlari o‘rganish metodlaridan foydalaniladi.

Kuzatish metodi.

Ma’lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o‘zgarishi kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to‘plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.

Suhbat metodi.

fakt-dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plagan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo‘lishi mumkin. Suhbat bolalarning hayotining u yoki bu voqea xodisalari to‘g‘risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o‘tkaziladi.

Anketa yo‘li bilan so‘rash metodi.

Anketa yo‘li bilan so‘rash metodining boshqa metodlardan afzalligi shundaki, qisqa vaqt ichida anketa orqali anchagina kishilarga savollar berib, ulardan yozma javoblar olish mumkin. Olingan javoblar ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi.

Xujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi.

Pedagogik xujjatlarni o‘rganish orqali tadqiqotchi o‘rganilayotgan bo’ekt to‘g‘risida har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga MTM mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, MTM tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loydan yasagan buyumlari va shu kabilar kiradi. M: bolaning ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarni qay darajada murakkablashib borganini, ularda tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyingi ishlarni belgilashga yordam beradi.
Nazorat uchun savollar.


  1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi predmeti nima?

  2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi maqsad va vazifalari hakida nimalarni bilasiz?

  3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi qaysi fanlar bilan aloqador?

  4. Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular qaysilar?

2 Bob. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va kamolati.
2.1 SHaxsni rivojlantirish hakida tushuncha.

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.

Jismoniy rivojlanish bo‘yicha o‘sishi, vazinning kuchini ortishi, sezgi a’zolarini mukammallashuvi, xarakatlarni to‘g‘ri boshqara bilish bilan bog‘liqdir.

Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak- atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.

SHaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattlar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.

Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. SHunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.

Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydigan, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.

Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanida asos bo‘lib xizmat qiladi. M: kattalarning bolalar bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki xarakat va tasavvurlar, tasurotlar shakllana boshlaydi.

Xarakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan xarakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.

Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi.

2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchu nasos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.

Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to‘g‘risidagi, ijtimoiy hayot, kishilar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. SHuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlari kengayib boradi.

Agar ta’lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to‘g‘risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o‘qish asosiy faoliyat bo‘lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o‘zini maktab o‘quvchisi deb tushuna boshlaydi.

Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat etakchi rol o‘ynaydi. SHuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.

Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o‘ziga munosabat sistemasini nzchil o‘zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro‘y beradi. Bunda bolalik va o‘smirlik yoshi ayniqsa muhimdir.

Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma’naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e’tikod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg‘ular (burch, vijdon, mas’uliyat, muhabbat) madaniyati anik tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi.

Psixolrgiya va pedagogika odan shaxsi faoliyati va muomala-da shakllanadi hamda rivojlanadi, deb ta’kidlaydi. Agar odam ijtimoiy faoliyatning turli xillarida: o‘quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy muno-sabatlardan chegaralab qo‘ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to‘sqin-lin qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. SHaxsning etakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natija-sida rivojlanzdi. SHaxsning ma’naviy mazmuni — bu shaxsning o‘z ichki ishining yakuni bo‘lib, bu jarayonda tashki ta’sirlar qayta ishlanadi va o‘zlashtiriladi.

Odamning rivojlanishi — bu mikdor va sifat o‘zgarishi, eskining yo‘q bo‘lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo‘lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham ta-biiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.

Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivoj-lanadi va o‘zgaradi. Bu rivojlanish va o‘zgarishlar yosh xusu-siyatiga ega bo‘ladi. SHaxsning ijtimoiy rivojlanish manbai shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.

Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o‘zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rtasndagi ziddiyat faoliyat sifatida o‘yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o‘yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.

SHaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, nson tarbiyasi «uning xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy va madaniy quri-ish vazifalarini hal etishda amaliy ishtirokidan ajralmasdir».

SHaxsni shakllantirishga uchta omil: tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat nishonalari ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha pedagogika tarbiyani etakchi omil deb qaraydi, chunki bu to‘plangan ijtimoiy tajribani etkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko‘rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog‘chasida, maktabda, mehnat jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga karatilgandir.

SHaxsni shakllantirishga muhit — ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muxit shaxsni rivojlantirish-da ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. Bizning jamiyatimizda sotsialistik turmush tarzi tarkib topgan, U shaxsni shakllan-tirishda muxim omil xisoblanadi.

Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o‘simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Sotsialistik jamiyat tabiiy boyliklarni muhofaza kilib va ko‘paytirib, kishilarini xayvonlarni, o‘simliklarni, suv havzalarini va hokazolarni muxofaza etishga jalb kiladi, tabiat bilan faol muloqatda bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida odamga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi.

Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob’ektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini, asab sistemasi

tipi va kayishqoqligini (bular uning atrof-muhit ta’siriga be-riluvchan qilib ko‘yadi), asab reaksiyalari jo‘shqinligi va tezli-gini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyatturlariga kobiliyatning alohida anatomik-fiziologik asoslari — qobiliyat nishonalari han meros bo‘ladi. Irsiyat yununlari to‘g‘risidagi fan — genetika odamlarda yuzlab turli qobnliyat nishonalari — mutlaq eshitish, favqulodda ko‘rish xotirasi, g‘oyat tez ta’sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste’dodgacha mavjud bo‘lishini nazarda tutadi.



2.2 Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixii tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat
turlarnda ro‘y beradi. Natijada bola o‘zi yashayotgan jamiyat
ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi.

Bolaning ijtimoiy tajribani uzlashtirish tajribasi o‘zoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo‘lgan insoniy tajribani o‘zlash-tirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o‘zlash-tirish usullarini hali egallamagan bo‘ladi.

Tarbiya va ta’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushu-narli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbar-lik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo‘shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat bilan tarbiya jarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sayotgan odam shaxsiga ta’sir ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.

Tarbiyaning o‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zona-lari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog‘lik bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazo-larni o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutkni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi ta’savvurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta’lim «eng yaqin rivoj-lanish zonasi»ga asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg‘a harakatlan-tiradi.

Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o‘tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘la-di, avval erishilgan bosqich yanada yukorirok, bosqichning tuzi-lishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun mo‘ljallangan jamoat muassa-salarida ayniqsa anik namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.

Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning. biror tomonining ruhiy rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. SHuning uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish maqsadi o‘rtaga qo‘yiladi (A. V. Zaporojets).

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli pedagogning ham etakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniqli sovet pedagogi A.S.Makarenko pedagogning roli va mas’ulnyatini ta’kidlab shunday ezgan edi:

«Tarbiyaviy ta’sirning royat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u tarbiyadan, o‘z bolaligidan qarzdordir»1.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish