37-rasm.
Yer kadastrining avtomatizatsiyalashtirilgan tizimi sxemasi.
Geoma’lumotlarni
tayyorlash
nazorat
“Klerk” moduli
Hujjatlarni qabul
qilish va taqdim
etish
n
az
o
rat
nazorat
n
az
o
rat
ma’lumotlar
bazasi
Informasiyani
moslash va bosmaga
uzatish
Yer to’g’risida hisobot.
Huquqiy munosabatlar
moduli
Ma’lumotlarni ichiga
kirib koordinatsiyalash
moduli
O’lchash natijalarini
qayta ishlash
“SHahar” moduli
Kadastr tartib raqamini
belgilash
Yer
uchastkasini
baholashi
“Baholash” moduli
190
Keltirilgan barcha ishlanmalar yer kadastri ishlarining ma‘lumotlar bazasini
yaratib, uni davlat miqyosida hal qilishni yo‘lga qo‘yadi.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda ArcGAT topologik vositalari barcha
konturlarning yuzalarini aniqlash va ulardan rasmiy informasiya sifatida
foydalanish imkonini beradi.
Davlat yer kadastri negizida konchilik kadastri GAT modullari, dasturiy
paketlari, jumladan, ArcGAT intyerfeyslaridan samarali foydalanib, konning
yagona davlat reestrini va balansini avtomatik informatsion tizim doirasida yaratish
mumkinligi, zamonviy geoaxborot texnologiyalarga oid adabiyotlarda va internet
resurslarda keltirilgan. [50,55].
9.5.
Credo Dat dasturini marksheyderlik masalalarini yechishda qo’llash.
Bugungi kunda juda ko'plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo'lib, ular
qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari
o'z faoliyatlari uchun qulay bo'lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning
imkoniyat chegaralari ham ma'lum bir sohaga yo'naltirilgan bo'ladi. Demak, grafik
dasturni tanlashda avvalam bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim.
Aksariyat hollarda grafik dasturni qo'llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki
fanlarni o'zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlarni
qo‘llash murakkablashib boradi.
Credo DAT Rossiya kompaniyasining avtomatik loyihalash paketi bo'lib,
kompyuterli
modellashtirish
va
loyihalash
ishlarini
sifatli
bajarishda,
foydalanuvchiga texnikaviy rasmlarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda
ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog'ozga chiqarish imkoniyatini beradigan
tizimdir.
Credo dasturi 1990 yilda yaratilgan bo'lib, u dastlab faqat MS DOS tizimi
uchun ishlab chiqilgan edi. 2000 yildan boshlab grafik yasashlarni
avtomatlashtirish asosida loyihalash dasturlari mukammallashdi va hozirgi vaqtda
191
Credo tizimi faqat Microsoft Windows uchun ishlab chiqmoqda. Loyihalash
ishlarini avtomatlashtirish deganda avvalo grafik tuzishlarni grafik dasturlarning
imkoniyatlari asosida avtomatik aniq bajarish tushuniladi. Zamonaviy Credo
dasturi interfeysi komp'yuterning eng zamonaviy vositalari va texnologiyalarining
imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratilganligi bois rasm va sxemalarni,
loyihalash masalalarini yuqori sifatda bajarilishini kafolatlaydi. Credo dasturining
yaratilganligiga 15 yildan oshgan bo'lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida
hanuzgacha yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. Chunki CREDO dasturi mukammal
va ommabop dastur bo'lib, u har qanday turdagi sxema va rasmlarni yaratishni
yuqori
aniqlikda
va
sifatli
bajaradi.
Shuningdek,
maskur
dasturdan
foydalanuvchilarning imkoniyatlarini to'la amalga oshirishga yordam beradi. Shu
sababli,
millionlab
marksheyderlar,
mutaxassislar,
loyihalash
ishlarini
avtomatlashtirish sohalarida Credo tizimidan foydalanishlari ommalashib
bormoqda. Marksheyderiyada Credo dasturining qulayligiga ishonch hosil qilish
uchun Qizil Olma konining yer usti bino va inshoatlarini havfsiz joylashish
moddelini yaratish bo‘yicha bir misol ko‘rib chiqamiz.
Marksheyderiyada kon grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni
o‘z ichida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to muayyan
borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ma‘lumotlar joylash dastur vositasi
yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ham ko‘zda tutiladi. Kon
grafikasi keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir ya'ni kompyuter grafikasi
mavjud va yangi yaratiladigan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter
texnolgiyasida kon geometriyasi bilan ishlash eng ommobop yo‘nalishlardan biri
bo‘lib bormoqda. Hozirda bu yo‘nalish bilan hatto professional marksheyderlar
ham shug‘ullanmoqda.
Marksheyderiya tizimining barcha grafik ob‘yektlari, shuningdek, boshqa
tasvirlar qoidali qilib kompyuterda kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga
kiritish uchun maxsus tashqi qurilmalar ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan qurilma —
bu taxeometr. So‘nggi paytda raqamli taxeometrning ham qo‘llanish ko‘lami
192
kengayib bormoqda. Ularning oddiy taxeometrdan farqi shundaki, tasvir avtomatik
tarizda tushirilmaydi, balki taxeometr xotirasining mikrosxemalariga yozib
qo‘yiladi. U yerdan axborotni kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli
taxeometrlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo‘yish
imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o‘tkazish unchalik
qiyin emas.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta taxeometr yordamida,
tasvirga olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o‘zida ham hosil qilish
mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi
ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularni qayta ishalsh,
shuningdek, grafik ob‘yektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob‘yektlar o`rtasida
bog‘lanish o‘rnatishni kon grafikasi deb atash mumkun.
Maxsus kompyuter dasturi xuddi bir varoq oq qog‘ozga qalam yoki ruchka
bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida ―sichkoncha‖ yordamida
rasm chizish, ya'ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini
yaratdi. Bu dasturlar tasvirga olish programmalari yoki grafik redaktorlar
hisoblanib, ular yordamida rasmning unsurlari boshqarib boriladi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va
dasturiy vositalarining yangilanib turilishini kon geometriyasi hamisha
takomillashtirish orqali yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi.
Kon geometriyasi bilan nafaqat marksheyderlar, balki geologiya
sohasidagilar, loyihachi mutaxasislar shug‘ullanadi. Uning qo‘llanilishi keyingi
paytlarda konning 3D modelini yaratishning keng imkonyatini ochib bermoqda.
Marksheyderiyada kon grafikasi uch turga bo'linadi: rastrli grafika, vektorli grafika
va fraktal grafikalar.
193
Ular monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqilishi bilan
farqlanadi.Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni
yaratish texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahifalashda bilinadi. Bu
farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal elementi
nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziq.
Qizil Olma koning tasvirga tushirish olingan boshlang‘ich ma‘lumotlar
natijasida hamda nuqtalar o‘rninig kordinatalari yordamida yer yuzasini geometrik
tasvirini yaratishda Credo dasturiga murojat qilamiz.
Taxeometr xotirasidagi burg‘uquduqlar o‘rni koordinatalarining kompyuter
xotirasiga yuklaymiz. Yuklangan faylning farmati har qanday farmatda ham Credo
dasturiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklanadi. Bu esa Credo dasturining yana bir avzalik
tomonlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |