Nazorat savollari
1.
GATning dasturiy vositalari nimalardan iborat?
2.
GAT-paketlar deb nimaga aytiladi?
3.
GATni tuzish va qo‘llashning tayanch tashkil etuvchilarini aytib bering.
4.
Dasturiy paketlarni qo‘llashdagi asosiy ko‘rsatkichlarni keltiring.
5.
SQL – dasturiy til qachon qo‘llaniladi?
6.
Muammolarga yo‘naltirillangan GAT nima?
7.
Qanday disk-paketlar desktop deb nom olgan?
8.
GAT-viyuerlarga ta‘rif bering.
9.
Keng tarqalgan va qo‘llaniladigan GAT-paketlarning nomlarini keltiring.
10.
GAT-paketlari qaysi sohalarda qo‘llaniladi.
11.
GAT-paketlar qanday imkoniyatlarga ega?
12.
Atlas GAT tizimining Windows operasion tizimiga nima dahli bor?
173
IX BOB. MARKSHEYDERIYADA GAT TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH.
2
9.1. GATda yer osti boyliklarini o’zlashtirish masalalarini yechish
Konlarni qazib olishdagi geologo-marksheyderlik ishlarni dasturiy
ta‘minlashni avtomatlashtirish hisobiga konchilik korxonalari ishlab chiqarishining
iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish marksheyderitada GAT
texnologiyalarni qo‘llashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chunki, konchilik
korxonasining ta‘sir doirasidagi xududlarda texnogen o‘zlashtirishlarni prognoz
qilishning aniqligini oshirish, sanoat miqiyosida o‘zlashtiriladigan foydali qazilma
zaxiralarini ishonchli baholash imkoniyatlari kon-geologik va ekologo-geografik
modellarini ularni o‘zlashtirishning kon-texnologik moddalari bilan birlashtirish,
foydali qazilma konlarini iqtisodiy boshqarishning tezkorligini sezilarli darajada
oshiradi. Oxir-oqibat, yer qa‘ridagi mineral xomashyoning muayyam potensial
bozor narxi, ishlab chiqarishning chiqimdorligi ehtimolini inobatga oladigan
bo‘lsak, yetarlicha qat‘iy ekologo-iqtisodiy cheklovlar va ijtimoiy-texnologik
talablarning doimiy o‘sib borish sharoitida konchilik kompaniyasini strategik
rivojlanishini rejalashtirishning bugungi kundagi zaruriy unsuri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yer osti boyliklarini o‘zlashtirish va foydali qazilmani qazib
olishda kompyuter texnologiyalar va dasturiy vositalar keng joriy etilmoqda.
Ular xarita tuzish kabi qiyin ishlarni avtomatlashtirish, geologik
strukturalarni vizuallashtirish, konchilik ishlarini rejalashtirish va sanoat
miqyosidagi kon zaxirasini hisoblash kabi ishlarni amalga oshirishda qo‘l
kelmoqda.
So‘z albatta birinchi navbatta ixtisoslashgan geoaxborot tizimlar to‘grisida
bormoqda, chunki aynan GAT konchilik sanoatining amaliy masalalarini tezkor va
samarali echish imkonini yaratmoqda. Oxirgi yillarda geologlar, marksheyderlar va
konchi muxandislar tomonidan geologik-marksheyderlik geoinformatsion tizimlari
jadal qo‘llanilmoqda. Bu tizimlar an‘anaviy GAT bilan hamohang bo‘lib,
2
BOB Raximov Sh.Sh. bilan hamkorlikda yozildi.
174
funksional jihatdan kengaygan va qator xususiyiyatlar bo‘yicha farqlanadi, ulardan
asosiylari quyidagilar:
yer qa‘ridagi konlarning ko‘rsatkichlari va atributlarning joylashuvi tabiatan
uch o‘lchamli bo‘lganligi sababli asosiy yo‘nalish hajmiy masalalarni
echishga qaratilishi;
foydali qazilma konlarini ifodalash uchun matematik modellashtirishning
keng imkoniyatlaridan foydalanish;
1:500 dan 1:5000 gacha masshtablarda ko‘p qatlamli xarita, plan va
qirqimlarni yaratishni avtomatlashtirish;
maxsus texnologik masalalarni yechadigan tagtizim yoki modellarni
mavjudligi;(foydali qazilma hajmi va zaxirasini hisoblashdan taqvimiy
rejalashtirish va qazib olishni optimallashtirishgacha);
ish natijalarini ayoniy grafiklarda tadqiq etish uchun dinamik, vaqt sari
ozgaradigan modellarni vizuallashtirish.
Amaliyotda yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq barcha yetakchi
GATlar original formatda saqlanadigan ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi
bo‘lgan xususiy ko‘rinishli yadroga ega. Lekin, so‘ngi vaqtlarda ODBC mexanizmi
orqali boshqa mavjud ma‘lumotlar bazalari bilan munosabatlarni o‘rnatish va
Oracle, MS Access ga o‘tish harakatlari keskin sezilmoqda. Fazoviy va atributiv
ma‘lumotlarni o‘zaro aloqadorlik variantlari har xil turdagi mega ma‘lumotlar
uchun georelyatsion va integrallashgan shaklda namoyon bo‘lmoqda. Fazoyiy
ma‘lumotlarning oddiy turlari: nuqta, geologik namunalash trayektoriyasi;
poligonlar va ko‘pchiziqlar, triangulyatsiya tarmoqlari, regulyar panjaralar va
bloklar, noregulyar to‘rli modellar va chekli unsurlar to‘ri, uzluksiz hajmli ruda
tanalari. Mos ravishda sirt relefining tarqalgan nuqtalari , gorizontal tekislikda bir
xil jisimlarni ajratuvchi chegara kontaktlar yoki geoko‘rsatkichiar (burg‘i quduq
stvoli bo‘ylab ruda qiymatlari yig‘indisi ko‘rsatilgan qatlarining hisoblangan
qalinligi) 2D nuqtalari sifatida qaraladi; shunda, tog‘ jinslari massividan olingan
geologik natija nuqta sifatida 3D nuqta hisoblanadi. Bu o‘z navbatida ikki va uch
175
o‘lchamli interpolyatsiyalash usullarini tanlab qo‘llash imkoniyatini yaratadi; ya‘ni
teskari masalalar usuli, nuqtali yoki indikatorli kriking, uchburchaklar to‘ri bo‘ylab
interpolyasiyalash va boshqalar. Natijada topografik tartibli 2D modelli rastrali
interpolyatsion panjara yoki matritsali (vekselli) geologik kartalarning 3D modeli
shakillanadi.
Hajmli modellarni odatda blokli uzluksiz modellar deyishadi, chekli
uchburchaklar fazoviy to‘rlarini (oktayerderlar, tetrayederlar yoki undanda
murakkabroq poliyederlar) esa noregulyar bo‘ladi. Masalan, aytish mumkinki
ba‘zi bir cho‘kindi va sochma konlarning zaxirasini hisoblash maqsadida yetarli
bo‘ladi ularni Deloney triangulayasiya tarmog‘I orqali yoki Voronoyning ikki
yoqlamali diagrammasi bilan ifodalangandan keyin foydali komponentlarning
zaxirasini kerakli aniqlikda baholasa bo‘ladi. Umumiy holda, biroq, ruda
tanasining atrof tog‘ jinslari bilan bo‘lgan chegarasining yemirilganligi kon
massivining struktura-teksturaviy xususiyatlari, tektonik buzulishlarni inobotga
oluvchi uch o‘lchamli karkas-blokli modelini to‘liq qurishni amalga oshirish zarur.
Skanerlangan, raqamlangan geologik plan va qirqimlar qurishning
avtomatlashtirgan va ekspert usullari taqqoslash uchun xizmat qiladi. Odatiy
muammo shundaki, plan va qirqimlarda ruda tanasini chegaralash geologlar
tomonidan qo‘lda bajarilgan bo‘lib, zaxira bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan
tasdiqlangan arxiv kartografik materiallar har doim xam mos kelmaydi.
Qo‘shimcha razvedka va qazib olish jarayonida maskur matetiallar eskiradi va ular
doimo aktuallizatsiyalanishi zarur. Yer osti boyliklaridan foydalanishda GATni
qo‘llashning muhim Davlat miqiyosidagi bu foydali qazilma konlari zaxirasining
miqdor va sifatini Davlat zaxira komissiyasida tasdiqlash uchun avvaldan
baholashdan iborat.
Foydali qazilma sanoat miqiyosidagi geologik zaxirasini baholash iloji
boricha uning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini aniqroq topib, qazish, tayyorlash va
boyitish yo‘li bilan yer qa‘ridan chiqarib olish iqtisodiy samarali ekanligini
176
tasdiqlashga xizmat qiladi. O‘zlashtiriladigan konlar zaxirasini har tomonlama
baholash nafaqat kon uyumining hajmi va undagi foydali komponetaning
miqdorini aniqlashni o‘z ichiga oladi, balki qazib olish, boyitish va tayor
mahsulotni sotishning texnik va qonuniy jihatlarini hisobga oladi.
Shunday qilib, foydali qazilma konlarining sanoat miqiyosidagi geologik
zaxirasini baholashda foydalanadigan ilmiy darslar ro‘yxati geodeziya, geologiya,
marksheyderiya, konchilik ishi, boyitish, konchilik ishlab chiqarishi iqtisodi, erdan
foydalanishning huquqiy masalalari yer q‘arini muhofazalash va ekologiya
kabilarni o‘z ichiga oladi. Shuning bilan birga GATning zamonaviy
texnologiyalari yer osti boyliklaridan foydalanishda konlarning sanoat
miqiyosidagi zaxirasini va uni qazib olishdagi oqibatlarni baholash bilan bog‘liq
kompleks masalalar echimini ta‘minlash uchun zazur bo‘lgan barcha dasturiy
vositalarni o‘zida jamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |