Oʻzbеkiston rеspublikаsi oliy vа oʻrtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/115
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#791921
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
fayl 1773 20210908

37-rasm. 
Yer kadastrining avtomatizatsiyalashtirilgan tizimi sxemasi. 
Geoma’lumotlarni 
tayyorlash 
nazorat 
“Klerk” moduli 
Hujjatlarni qabul 
qilish va taqdim 
etish 
n
az
o
rat
nazorat 
n
az
o
rat
ma’lumotlar
bazasi 
Informasiyani 
moslash va bosmaga 
uzatish
Yer to’g’risida hisobot. 
Huquqiy munosabatlar 
moduli 
Ma’lumotlarni ichiga 
kirib koordinatsiyalash 
moduli 
O’lchash natijalarini 
qayta ishlash 
“SHahar” moduli 
Kadastr tartib raqamini
belgilash 
Yer
uchastkasini 
baholashi
“Baholash” moduli 


190 
Keltirilgan barcha ishlanmalar yer kadastri ishlarining ma‘lumotlar bazasini 
yaratib, uni davlat miqyosida hal qilishni yo‘lga qo‘yadi. 
Ushbu ishlarni amalga oshirishda ArcGAT topologik vositalari barcha 
konturlarning yuzalarini aniqlash va ulardan rasmiy informasiya sifatida 
foydalanish imkonini beradi. 
Davlat yer kadastri negizida konchilik kadastri GAT modullari, dasturiy 
paketlari, jumladan, ArcGAT intyerfeyslaridan samarali foydalanib, konning 
yagona davlat reestrini va balansini avtomatik informatsion tizim doirasida yaratish 
mumkinligi, zamonviy geoaxborot texnologiyalarga oid adabiyotlarda va internet 
resurslarda keltirilgan. [50,55]. 
9.5.
 
Credo Dat dasturini marksheyderlik masalalarini yechishda qo’llash. 
Bugungi kunda juda ko'plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo'lib, ular 
qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari 
o'z faoliyatlari uchun qulay bo'lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning 
imkoniyat chegaralari ham ma'lum bir sohaga yo'naltirilgan bo'ladi. Demak, grafik 
dasturni tanlashda avvalam bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. 
Aksariyat hollarda grafik dasturni qo'llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki 
fanlarni o'zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlarni 
qo‘llash murakkablashib boradi. 
Credo DAT Rossiya kompaniyasining avtomatik loyihalash paketi bo'lib, 
kompyuterli 
modellashtirish 
va 
loyihalash 
ishlarini 
sifatli 
bajarishda, 
foydalanuvchiga texnikaviy rasmlarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda 
ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog'ozga chiqarish imkoniyatini beradigan 
tizimdir. 
Credo dasturi 1990 yilda yaratilgan bo'lib, u dastlab faqat MS DOS tizimi 
uchun ishlab chiqilgan edi. 2000 yildan boshlab grafik yasashlarni 
avtomatlashtirish asosida loyihalash dasturlari mukammallashdi va hozirgi vaqtda 


191 
Credo tizimi faqat Microsoft Windows uchun ishlab chiqmoqda. Loyihalash 
ishlarini avtomatlashtirish deganda avvalo grafik tuzishlarni grafik dasturlarning 
imkoniyatlari asosida avtomatik aniq bajarish tushuniladi. Zamonaviy Credo 
dasturi interfeysi komp'yuterning eng zamonaviy vositalari va texnologiyalarining 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratilganligi bois rasm va sxemalarni, 
loyihalash masalalarini yuqori sifatda bajarilishini kafolatlaydi. Credo dasturining 
yaratilganligiga 15 yildan oshgan bo'lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida 
hanuzgacha yetakchi o'rinni egallab kelmoqda. Chunki CREDO dasturi mukammal 
va ommabop dastur bo'lib, u har qanday turdagi sxema va rasmlarni yaratishni 
yuqori 
aniqlikda 
va 
sifatli 
bajaradi. 
Shuningdek, 
maskur 
dasturdan 
foydalanuvchilarning imkoniyatlarini to'la amalga oshirishga yordam beradi. Shu 
sababli, 
millionlab 
marksheyderlar, 
mutaxassislar, 
loyihalash 
ishlarini 
avtomatlashtirish sohalarida Credo tizimidan foydalanishlari ommalashib 
bormoqda. Marksheyderiyada Credo dasturining qulayligiga ishonch hosil qilish 
uchun Qizil Olma konining yer usti bino va inshoatlarini havfsiz joylashish 
moddelini yaratish bo‘yicha bir misol ko‘rib chiqamiz. 
Marksheyderiyada kon grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni 
o‘z ichida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to muayyan 
borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ma‘lumotlar joylash dastur vositasi 
yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ham ko‘zda tutiladi. Kon 
grafikasi keng tarqalib borayotgan dastur ta'minotidir ya'ni kompyuter grafikasi 
mavjud va yangi yaratiladigan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter 
texnolgiyasida kon geometriyasi bilan ishlash eng ommobop yo‘nalishlardan biri 
bo‘lib bormoqda. Hozirda bu yo‘nalish bilan hatto professional marksheyderlar 
ham shug‘ullanmoqda.
Marksheyderiya tizimining barcha grafik ob‘yektlari, shuningdek, boshqa 
tasvirlar qoidali qilib kompyuterda kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga 
kiritish uchun maxsus tashqi qurilmalar ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan qurilma — 
bu taxeometr. So‘nggi paytda raqamli taxeometrning ham qo‘llanish ko‘lami 


192 
kengayib bormoqda. Ularning oddiy taxeometrdan farqi shundaki, tasvir avtomatik 
tarizda tushirilmaydi, balki taxeometr xotirasining mikrosxemalariga yozib 
qo‘yiladi. U yerdan axborotni kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli 
taxeometrlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo‘yish 
imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o‘tkazish unchalik 
qiyin emas.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta taxeometr yordamida, 
tasvirga olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o‘zida ham hosil qilish 
mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi 
ishlab chiqilgan. 
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularni qayta ishalsh, 
shuningdek, grafik ob‘yektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob‘yektlar o`rtasida 
bog‘lanish o‘rnatishni kon grafikasi deb atash mumkun. 
Maxsus kompyuter dasturi xuddi bir varoq oq qog‘ozga qalam yoki ruchka 
bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida ―sichkoncha‖ yordamida 
rasm chizish, ya'ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini 
yaratdi. Bu dasturlar tasvirga olish programmalari yoki grafik redaktorlar 
hisoblanib, ular yordamida rasmning unsurlari boshqarib boriladi. 
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va 
dasturiy vositalarining yangilanib turilishini kon geometriyasi hamisha 
takomillashtirish orqali yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi. 
Kon geometriyasi bilan nafaqat marksheyderlar, balki geologiya 
sohasidagilar, loyihachi mutaxasislar shug‘ullanadi. Uning qo‘llanilishi keyingi
paytlarda konning 3D modelini yaratishning keng imkonyatini ochib bermoqda.
Marksheyderiyada kon grafikasi uch turga bo'linadi: rastrli grafika, vektorli grafika 
va fraktal grafikalar.


193 
Ular monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqilishi bilan
farqlanadi.Dastlabki rastrli va vektorli grafikasi orasidagi farqi grafik tasvirni 
yaratish texnologiyasi, aks ettirish uslubi, tahrirlash va sahifalashda bilinadi. Bu 
farqni shunday tushuntirish mumkin: nuqtali grafikada tasvirning minimal elementi 
nuqta hisoblanadi, vektorli grafikada esa - egri chiziq. 
Qizil Olma koning tasvirga tushirish olingan boshlang‘ich ma‘lumotlar 
natijasida hamda nuqtalar o‘rninig kordinatalari yordamida yer yuzasini geometrik 
tasvirini yaratishda Credo dasturiga murojat qilamiz. 
Taxeometr xotirasidagi burg‘uquduqlar o‘rni koordinatalarining kompyuter 
xotirasiga yuklaymiz. Yuklangan faylning farmati har qanday farmatda ham Credo 
dasturiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuklanadi. Bu esa Credo dasturining yana bir avzalik 
tomonlaridan biridir. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish