35-rasm. Karyerning sun’iy yo’ldoshdan olingan tasviri.
Resurslardan foydalanuvchi amalda barcha eng zamonaviy geografik
texnologiyalarni qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Yer relyefi shaharlar va boshqa
ob‘yektlar hamda ular ustidagi vertual ―parvozlar‖ni o‘rganish mumkin bo‘ladi.
Eng asosiysi foydalanuvchi unga qulay bo‘lgan har qanday tematik tasnifda va
topologiyada o‘z kartografik qatini yaratishi mumkin hamda ularni semantik
ma‘lumotlar bilan to‘ldirib, o‘zaro almashuv tashkil qilishi hech gap emas.
186
Demak, asosiy ish suratlar bilan Google Earth dasturi yordamida olib
boriladi va u sun‘iy yo‘ldoshdan olingan o‘rta sifatli surat asosida yaratilgan
yerning uch o‘lchamli modeli bilan ishlaydigan kliyent uchun dasturiy ta‘minot
vazifasinini o‘taydi.(36-rasm)
Tasvirning
masshtabini
o‘zgartirishning
keng
imkoniyatlari
va
ob‘yektlarning koordinatalarini aniqlash xaritadan foydalanish qulayligini oshiradi.
36-rasm - Google Earth 3D dagi relyefning uch o’lchamli xaritasi
9.4.
Konchilik kadastri ishlarida GAT texnologiyalaridan foydalanish
Konchilik kadastri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Foydali qazilma konlarini, ularning yo‘ldoshlari va texnogen hosilalar davlat
kadastri.
2.
Yuqori havfli texnogen zonalar davlat kadastri.
Foydali qazilmalar davlat kadastri konchilik kadastrining asosini tashkil etadi
va kon zaxirasining hajmi, foydali komponentasining sifati, konning shakli,
joylashuvi, tuzilishi, konni qazib olishning kon texnik, texnologik, gidrogeologik
sharoitlari, konning geologo-iqtisodiy baholash kabi ko‘rsatkichlarni o‘zida
mujassam etadi. Har bir kon yo‘ldoshi bo‘yicha ham huddi shunday ma‘lumotlar
jamlanadi.
187
Texnogen hosilalar bo‘yicha har bir to‘planadigan ob‘yektning son va sifat
ko‘rsatgichlari hamda saqlanish sharoiti to‘g‘risidagi barcha ma‘lumotlar kadastr
tarkibiga kiritiladi. Ushbu GATlar Davlat geologiya fondi tomonidan olib boriladi.
Yuqori havfli texnogen zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi tartibda
bajariladi:
kadastr ob‘yektining mulkchilk va boshqa huquqlarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish;
kadastr ob‘yektining son, sifat va qiymat ko‘rsatkichlar hisobini yuritish;
kadastr ma‘lumotlarini tizimlashtirish, saqlash va yangilab borish;
kadastr ob‘yektining holati to‘g‘risida hisobot olib borish, pasportini
tuzish va kadastr kitobini yuritish.
Yuqori hafli texnogen zonalar davlat kadastrini yuritishning asosiy tamoillari bu:
kadastr ob‘yektining har bir turi bo‘yicha butun xududni qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
kadastr ma‘lumotlarini ishonchliligi va foydalanish uchun to‘siqsizligini
ta‘minlash.
Qo‘yilgan talablarning ijrosi ishlab chiqarish korxonalarining kadastr
pasportida o‘z ifodasini topadi va bu jarayonda GATdan foydalanish maqsadga
muofiq.
Konchilik kadastri yer sathi, unda joylashgan ob‘yektlar haqida aniq va
tartiblashtirilgan axborotlar majmuini tashkil etadi. Bu o‘ta murakkab masalani
echimini topishda ma‘lum bir hudud miqyosida yer kasadstrining
avtomatizasiyalashtirilgan tizimini yaratish va undan foydalanish masala echimini
osonlashtiradi, tizimini yaratishda GATdan keng foydalaniladi.
Masalan, shahar yoki viloyat hududi miqyosida davlat yer kadastrining
avtomatizasiyalashtirilgan tizimini tuzish uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan
foydalaniladi: ma‘lumotlar bazasini boshqarish Oracle 8, Arc View 8.1, Arcinfo
7.1 Tizimining har bir moduli uchun ma‘lumotlarni kiritish maqsadida alohida
intyerfeys dasturlanadi.
188
Yerdan foydalanuvchilar bilan ishlash uchun hujjatlarni qabul qilish moduli
(klyerk) yaratilgan. Ushbu modul yordamida nafaqat yerdan foydalanuvchilardan
ma‘lumotlar bazaga kiriladi, balki ularga topshirilgan hujjatlar ham belgilab
qo‘yiladi.
Kadastr hujjatlarining moduldan modulga o‘tishi ham dastur orqali kuzatib,
nazorat qilinadi. Grafikaviy ma‘lumotlarni kiritish ―Ichiga kirib koordinasiyalash‖
moduli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ArcView dasturlash paketidan
foydalangan holda, ish ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqich joydagi
o‘lchamlarni
amalga
oshirish
ishlariga
tayyorgarlik
ko‘rish:
avval
rasmiylashtirilgan yer uchastkasi poligonlari, tayanch nuqtalar va ularning
koordinatalari, situatsiya, ko‘rsatilgan joy abrisini umumlashtirish va tayorlash,
1:2000 masshtabdagi ayerofotosuratlarni transformatsiyalash. O‘lchash natijalari
abrisga kiritiladi.
Ikkinchi bosqichda, joydagi o‘lchashlardan keyin koordinatalar bo‘yicha yer
uchastkasi poligoni tuziladi va unga identifikasion tartib raqami byeriladi (ID)
hamda yer uchastkasi plani va kadastrli ishlari uchun koordinatalar vedomosti
umumlashtirilib, ma‘lumotlar bazasida saqlanadi.
Poligon bazaga kiritilgandan keyin uchastkaga kadast tartib raqam beriladi.
Joydagi qo‘shni uchastkalarni identifikasiyalash uchun ―shahar‖ nomini olgan
kuzatuvchi modul qo‘llaniladi (37-rasm). Ushbu viyuyer ArcView loyihasi sifatida
ishlab chiqilgan, uning uchun manzil va kadastr tartib raqami bo‘yicha
ma‘lumotlarni qidirishni ta‘minlovchi skriptlar yozilgan. ―Shahar‖ moduli orqali
ma‘lumotlar bazasiga birlashtiriganligi sababli birdaniga ham grafikaviy
informatsiya va uning atributiv ma‘lumotlarini tasvirlash imkonini beradi.
Yer uchastkalarini baholash ma‘lumotlarini tizimga kiritish uchun
―Baholash‖ moduli ko‘zda tutilgan. U baholashga oid barcha ma‘lumotlarni
tizimga kiritib, kadastr ishlarini baholash uchun hisobotlarni shakllantiradi.
189
Ma‘lumotlarni moslash va bosmaga chiqarish uchun ―Yer hisoboti‖ moduli
tuzilgan va unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
―huquqiy munosabatlar‖ atributiv jadvali orqali yer uchastkasi
va mulkdor haqidagi ma‘lumotlarni jamlash;
atributiv ma‘lumotlarni davlat tilida kiritish;
yerga tegishli huquqiy hujjatlarni shakllantirish va bosmaga chiqarish
(davlat dalolatnomasi, yer uchastkasi plani);
yer kadastri kitobiga muayyan uchastka bo‘yicha informasiya bilan
birga yer taqsimotini shakllantirish va bosmaga uzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |