f
m
) ni shakllantirish
yakuniga etkaziladi va xaritalash jarayoni yangi bosqich-modelni saqlash
bosqichiga o‘tadi.
Topografik va geodezik ishlab chiqarish jarayonida bajarilgan ishlarning
natijalarini saqlash va to‘ldirib borish hamda foydalanuvchilarga etkazish
an‘anaviy ravishda tayyor xarita va planlar ko‘rinishida amalga oshirilardi.
Informatsiyalarni raqamli ko‘rinishda to‘plash, qayta ishlash va taqdim etish
144
usullari paydo bo‘lgandan keyin joyning raqamli modelini saqlash muammosi
dolzarb bo‘lib qoldi.
JRMning yaratish va saqlash muammosini hal qilish uchun maxsus
avtomatizasiyalashgan informatsion tizimlar (AIT) tuzilgan va bugungi kunda ular
keng qo‘llanilmoqda.
AITlar o‘z tartibiga informatsion fond majmui, (ma‘lumotlarni to‘plashni
tartibli tashkil qilish) va ma‘lumotlar bilan murakkab amallar bajarish
(manipulyasiya) va ularni EHMda amalga oshirishni o‘z tarkibiga oladi.
AITlar informatsion fondlar mazmuni va tuzilmasi bilan tavsiflanib,
informasiyani qayta ishlash jarayoni, foydalanuvchilarning so‘roviga javob berish
kabi yumushlarni amalga oshiradi. Unday tizimlar katta hajmdagi informasiyalarni
to‘plash, qo‘llab-quvvatlash va saqlash hamda ular bilan foydalanuvchilarni o‘z
vaqtida ta‘minlash imkonini beradi.
7.2. Raqamli modellarni tuzishning fotogrammetrik usullari
Joyning yoki relefning raqamli modelini fotogrammetrik usulda tuzish uchun
raqamlangan suratlardan foydalaniladi. Raqamli fotosuratlarni qayta ishlash uchun
dasturiy-texnologik majmuilar yaratilgan bo‘lib, ular bugungi kunda keng
qo‘llanilmoqda. Masalan, DPW (Leica – Helava firmasi mahsuloti), PHODIS
(Karl Seyes), INTEGRAF va ERDAS firmalarining raqamli tizimlari,
PHOTOMOD (―Rakurs‖ firmasi, Rossiya) GAT-paketi. Nomalari keltirilgan
dasturiy-texnologik tizimlar ko‘p modulli bo‘lib, raqamli fototasvirlarni qayta
ishlashga oid keng doiradagi masalalarni echishda xizmat qiladi va quyidagi
ishlarni ta‘minlaydi:
fototriangulyasiyaning blokli va marshrutli tarmoqlarini qurish va
tenglashtirish;
relef va konturlarni tasvirga olish;
145
relefning raqamli modelini tuzish;
ob‘yektning fazoviy modeli, raqamli konturli planlar va ortofotopolanlarni
yaratish.
Raqamli suratlar boshlang‘ich berilgan ma‘lumot sifatida suratga olishda
qo‘llaniladigan apparatura imkoniyatlariga qarab, har usullarda yaratiladi. Raqamli
fotokameralar qo‘llanilganda joyning o‘zida rastrali raqamli fototasvirlar olinsa,
fotoapparat vositasida ob‘yektning surati olinib, keyin u raqamli fototasvir shakliga
o‘tkaziladi.
Agarda kompyuterda bitta raqamli sterojuftlik suratlar qayta ishlanadigan
bo‘lsa, teskari fazoviy fotogrammetrik kestirmani tuzish va echish orqali
transformasiyalangan suratlar, ortofotosuratlar va stereomodelga erishish mumkin
[29,-b.74].
Stereomodelni kuzatish uchun anaglif usuldan yoki maxsus zatvorli
ko‘zoynakdan foydalansa bo‘ladi [29,-b.75;16,-b.5]. Suratlarni vektorizasiyalash
uchun transformasiyalangan fototasvirlardan yoki stereomodeldan foydalaniladi.
Tasvirlar ustma-ust keltirilgan suratlar bloki yoki marshrutini qayta ishlashda
umumiy model tuziladi va undan tayanch tarmog‘ini zichlash, fotoplan tuzish va
vektorizasiyalashda foydalaniladi (33-rasm):
Fototasvirlarni raqamli holatga o‘tkazuvchi apparat vositalari katta hajmdagi
(100 MB – 10 GB) informasiya massivlari bilan ishlashni ta‘minlashi kerak bo‘ladi
va ular quyidagilarni o‘z tarkibiga oladi.
EHM (i5 va i7 kompyuterlar);
Skanerlar 2D va 3D;
Plotter – grafikaviy informasiyani chop etish uchun.
146
Xujjatlar (ma‘lumotlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |