Oʻzbеkiston rеspublikаsi oliy vа oʻrtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/115
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#791921
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
fayl 1773 20210908

r
m

ma‘lumotlar 
funksiyasi sifatida qarash mumkin, ya‘ni
  


d
m
om
i
u
r
f
m
,


Joydagi predmet – ikkinchi oddiy unsur modelini qurish tasniflashgan va 
kodlangan topografik informasiyaning o‘rnatilgan tizimga mos ravishda semantik 
informasiyani to‘plash va formalizasiyalashga
asoslangan. 
JRM tuzilishining navbatdagi bosqichi bu joy va ob‘yektlarning konturlarini 
modellashtirishdan iborat bo‘ladi. 
Bu modellashtirishning eng murakkab jarayonlaridan biri bo‘lib, har xil 
yondashuv bajarilish rejimi, ma‘lumotlarni taqdim etish shakllari bilan bog‘liq. 
Shuning uchun birinchi navbatda konturning oddiy tashkil etuvchilari – 
primitivlarining shakllanishiga e‘tibor qaratiladi. Primitivlar konturning nuqtalari 
bilan berilishi mumkin (32(a) rasm). 
Bunday yondashuv digitalizasiya va joylardagi fotogrammetrik o‘lchamlarda 
konturlarni kuzatish yoki bevosita o‘lchash orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, 
primitivlar ularni tashkil etuvchi yondosh nuqtalar juftliklarining to‘plami shaklida 
berilishi mumkin. (32-rasm). Bu yondashuv taxeometrik, stereofotogrammetrik 
tasvirga olish, skanirlash natijalarini qayta ishlashda qo‘llaniladi. 


141 
Demak, birinchi holatda ma‘lumotlar sifatida ikkita massiv: nomlangan 
tasvir nuqtalari massivi (matematik informasiya) va ushbu nuqtalarning tartibga 
keltirilgan nomlari massivi (sintansistik informasiya) yuzaga keladi, ya‘ni kontur 
primitivlari yondosh nuqtalar bilan beriladi (32-rasm). 
 
 
32-rasm.
Kontur primitivlarini bevosita (a) bilvosita (b) shakllantirish usullari. 
Ikkinchi holatda berilgan ma‘lumotlar sifatida nuqtalarning koordinatalari 
bilan berilgan kontur primitivlari boshlang‘ich sifatida qabul qilingan bo‘lsada, bu 
koordinatalar o‘zaro ma‘lum bir munosabatlarni saqlagan bo‘ladi. (23a-rasm). 
Kontur primitivi o‘zida ham metrik, ham strukturaviy (tuzilma) ma‘lumotlarni 
mujassam etadi [23,-b.122]. 
Konturlarning modullarini shakllantirish jarayonining yana bir xususiyati bu 
informasiyani 
to‘plashdagi 
vaqt 
rejimi 
hisoblanadi. 
Unga 
qarab 
modellashtirishning ikkita tamoyili o‘rnatilgan. Bevosita topografik informasiyani 
to‘plash vaqtida (real vaqt sharoitida) va informatsion to‘plash tugagandan keyin 
(ajratilgan vaqt sharoitida). 
Shunday qilib, konturlarni modellashtirish primitivlarni shakllantirishga 
nisbatan yondashuvga (bevosita va bilvosita) kontur modelini shakllantirish 
usullari (nuqta koordinatalari to‘plami), konturlarning yondosh nuqtalari 


142 
shakllarini berilishi (raqamli, grafikaviy) va modellashtirish rejimi vaqti (real vaqt 
va ajratilgan vaqt)ga qarab tasvirlanadi. 
Topografik ob‘yektlarning va suratlarning modellarini shakllantirish ham 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Topografik sirt modeli mavjud nuqtalar modellarining to‘plamidan tarkibida 
balandligi haqida o‘z informasiyaga ega bo‘lgan nuqtalar modellarini ajratish yo‘li 
bilan tuziladi. Ajratilgan nimto‘plam modelini taqdim etilgan shakli va 
nuqtalarning sirt bo‘ylab taqsimlanganlik tavsifi bilan to‘lg‘aziladi. 
Topografik ob‘yektlar modellari ularning turlari va tuzilishlariga mos 
ravishda quriladi. Ob‘yektni tashkil etuvchi foydali predmet va konturlar 
modellarni bir xil identifikasiyalashni topshirish yo‘li bilan oddiy bo‘lmish nuqta, 
chiziq va tasma shaklidagi ob‘yektlarning modellari quriladi. Ushbu modellarni 
birlashtiruvchi umumiy informatsion massivlarni shakllantirish orqali ham bu 
natijaga erishish mumkin. Xuddi Shunday, o‘z konturiga ega bo‘lgan yuzasi bor 
oddiy ob‘yektlarning modellarini ham tuzish mumkin. 
Konturi boshqa ob‘yektlarga tegishli konturlarning qismlaridan tashkil 
topgan yuzasi bor oddiy ob‘yektning modelini tuzish jarayoni biroz murakkabroq 
ko‘rinadi. Masalan, shudgor, yo‘l, daryo qirg‘og‘i va o‘rmon chegarasi 
tutashuvlaridan hosil bo‘lgan kontur modeli maxsus qoida va algoritmga binoan 
olti bosqichda amalga oshiriladi. 
Demak, oddiy yuzasi bor ob‘yektning konturi berilgan bo‘lsa, uning 
modelini shakllantirish imkoniyati mavjud ekan. Unday model tuzilgandan keyin 
joydagi predmet modeli bilan birlashtirilsa, natijada ob‘yektning modeli hosil 
bo‘ladi. Murakkab (ko‘p tashkil etuvchilardan iborat) topografik ob‘yektning 
modelini tuzish uchun qo‘shimcha jarayonlar jalb qilish zarur bo‘ladi. Avval 
tarkibga kiritilgan oddiy ob‘yektlarning modeli tuziladi. Keyin ob‘yektlarning 
nomlari tartibga keltirilib, oddiy ob‘yektlarning munosabatlari, ularning 


143 
identifikatorlari ko‘rinishida beriladi va munosabat turlari ko‘rsatiladi. Bunday 
munosabatlar uch xil bo‘lishi mumkin: 

o‘rab olish – bir ob‘yektning ikkinchisining chegarasida joylashishi; 

birlashish – ob‘yektlarning bir chegarada joylashishi; 

kesishish – ob‘yektlarning bir xil yoki har xil sathlarda joylashib o‘zaro
kesishuvi. 
Ana shunday bosqichda joy unsurlarining modellarini shakllantirish 
nihoyasiga etib, raqamli modellashtirishning so‘nggi bosqichi – uchastkalar 
bo‘ylab modellarni tuzish boshlanadi. U jarayonga quyidagi opersiyalar kiradi: 

har xil uchastkalar konturlarini avtomatizasiyalashtirilgan tutashtiruvi; 

modelni fragmentlashtirish (modellashtirish uchastkasini qirqib, parcha-
parchalardan birlashtirib ajratib olish); 

konturlarni nazorat tariqasida chizish; 

semantik informasiyani bosmaga uzatish; 

modelni tuzatish va uni ma‘lumotlar bazasiga yozib qo‘yish. 
EHM ga kiritilgan informasiya modellashtirilgan joy uchastkasiga tegishli 
bo‘lgan mustaqil massivni tashkil etadi. Nazorat tariqasida massivlarga kiritilgan 
ob‘yektlarning va konturlarning tartib raqamlari taqqoslanadi va shundan keyin 
massivlar ma‘lumotlar bazasiga kiritilib, ularning unsurlari orasida bir xil bo‘lgan 
aloqa o‘rnatiladi. Shuning bilan joy uchastkasi modeli (

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish