9
Geoaxborotda odatda ikkita aspektga urg‘u beriladi: ilmiy va texnologik
aspektlar. Nazariy aspekt odatda konsepsiyalar, nazariy asoslar, modellashtirish
usullari, modellar va ma‘lumotlar tarkibini tashkil qilish bilan chegaralanadi.
Texnologik aspekt esa kompyuter texnologiyalari yordamida ma‘lumotlarni
qayta ishlash va uzatishni o‘z ichiga oladi. Demak, geoaxborot tizimlar yer yuzida
sodir bo‘ladigan jarayon va voqealarni o‘rganuvchi
fanlarning sintezidan paydo
bo‘lgan o‘ziga xos fan.
Geoaxborot
tizimlari
fani
geodeziya,
kartashunoslik,
geografiya,
fotogrammetriya kabi fanlarga tayanadi.
Geodeziya – bu aniq o‘lchashlar va hisoblar asosi.
Kartagrafiya – geoaxborot ob‘yektlarining taqdimot shakli.
Yerni masofadan zondlash va uning texnologiyalari zamonaviy geoaxborot
tizimlarida ma‘lumotlarni olishning asosiy vositasi hisoblanadi. Fanlarning
ikkinchi guruhini informatsion modellar tuzuvchi va formallashtirishga o‘rgatuvchi
fanlar tashkil etadi. Bular ko‘pliklar nazariyasi, graflar nazariyasi, texnologiya va
boshqalar.
Informatsion tizimlar bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar yangi bir blokni tashkil
etadi: ma‘lumotlar bazasi nazariyasi, dasturlash, kompyuter grafikasi va boshqalar.
Navbatdagi blokga informatikada tahlilni ta‘minlovchi fanlar kiradi: tizimli tahlil,
strukturaviy tahlil, modellashtirish, yechim qabul qilish nazariyasi.
Yangi
informatsion texnologiyalar, avtomatlashtirilgan informatsion tizimlar jamlovchi
fanlar sirasiga kiradi. Bularning hammasi ma‘lumotlarni himoyalash va
informatsion xavsizlikni ta‘minlash zarurati doirasida amalda qo‘llanilgan.
Geoaxborot
tizimlarining
ilovalari
xilma-xildir.
Eng
oddiysi
bu
avtomatlashtirilgan kartografiya, eng murakkabi- tabiiy
resurslarni tadqiq qilish
hamda tahlil turlari: statistik,iqtisodiy, fazoviy, transportli, to‘rli.
Ilovalar bloki shuningdek yer informatsion va yer kadastri tizimlari,
geomarketing, logistika va riyeltor faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bular biznes ilova
hisoblanadilar.
Keltirilgan
Ilovalar
maskur
fanning
imkoniyatlari
va
xususiyatlaridan dalolat beruvchi ilovalarning to‘liq ro‘yxatini tashkil etmaydi.
10
Geoaxborot tizimlarining ko‘p qirraliligi uning gumanitar va texnik
yo‘nalishlarni birlashtiruvchi fundamental fan ekanligidan dalolat beradi.
Agarda biz informatikada ikkita tashkil etuvchi ilmiy va amaliyni
ajratadigan bo‘lsak, geoaxborot tizimlarni uch qismdan iborat to‘plam deb
qarashimiz to‘gri bo‘ladi. [1-4].
1. Umumiy geoaxborot tizimlar- amaliy tavsifga
ega bolmagan geoaxborot
va geoxaborot tizimlarning umumiy asoslarini ishlab chiqish va tadqiq qilish bilan
shug‘ullanadi.
2. Maxsus geoaxborot tizimlar- fazoviy- vaqtli ma‘lumotlarni qayta ishlash,
sifatini baholash va qo‘shimcha tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
3. Amaliy geoaxborot tizimlar-geoaxborot tizimlari va geoaxborot
texnologiyalari bilan amaliy ishlash usullarini o‘rganadi. Bu yerda ma‘lumotlarni
taqdim etish, ishlab chiqish, yangilash, saqlash, jamlash texnologiyasini o‘rganish
bilan bir qatorda ilmiy va texnologik jihatlar tadqiq etiladi.
Geoaxborot tizimlarining katta qismi telekommunikatsion va informatsion
tizimlarni
avtomatlashtirishni
o‘rganishga qaratilgan. Ularning amalda
qo‘llashning ijrosi sifatida har xil tizimlar maydonga chiqishi mumkin. Masalan,
geodezik informatsion tizimlar (GIT), geologik informatsion tizimlar (GeoIT),
marksheyderlik
informatsion
tizimlar
(MIT),
xaritalashtirishning
avtomatlashtirilgan tizimi (XAT) va boshqalar.[31.32.33].
Bayondan kelib chiqib ta‘kidlash mumkinki,
informatikaga tayanib
geoaxborot tizimlari rivojlangan va bugungi kunda geologiya, konchilik va
marksheyderlik ishlarning muvofaqqiyatida alohida o‘rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: