evristik
tavsifga ega bo‘lganligiga qaramay xilma-xil
obeklarning modellarini yaratishning umumiy talab va qoidalari mavjud
[1,12,23,25,30,32,35].
Shunga binoan modellash usullari qo‘ydagi bosqichlarni nazarda tutadi:
1. Ob‘yektning modelda akslanadigan hossalarini tanlash, ya‘ni bo‘lajak
modelning universallik darajasiga bo‘lgan talablar belgilab olinadi.
2. Modellanadigan ob‘yektning hossalari to‘g‘risidagi aprior
informatsiya to‘planadi.
3. Modelning umumiy ko‘rinishdagi matematik tenglamasi aniqlanadi.
4. Model parametrlarining son qiymatlari hisoblanadi.
118
5. Qabul qilingan modelning aniqligi va adekvatlik chegarasi
baholanadi.
6. Modellar bibliotekasiga foydalanish uchun qabul qilingan shaklda
model taqdim etiladi .
GAT masalalarini echish uchun modellash jarayonlari va ularning
turlarini tanlash qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi .
6.2
GAT modellarining hususiyatlari
GATning asosiy funktsiyalaridan biri bu modellashtirish .Nazariy
tadqiqot usullari aynan modellashtirishga asoslangan.
Geoinfarmatika uchun modellashtirishning quyidagi turlari ajratilgan:
- kartografiyaga tegishli bo‘lmagan modellar. Ular uchun ma‘lumotlarni
fazoviy tayantirilishi muhim emas;
- ob‘yektlar yoki voqelikning fazoviy holatidan foydalaniladigan
modellar;
Birinchi guruh modellarga statistik hisobotlar, fazoviy ma‘lumotlar tahlili
(variatsion qatorning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblash), dispersion va
diskreminantli tahlil va boshqalar.
Geodezik o‘lchash natijalarini korrelyatsion va spektral tahlillari
modellash jarayonida keng qo‘lanilmoqda .
Murakkab tizimlarni ifodalash uchun imitatsion modellash usullaridan
foydalanish yahshi natija bermoqda. Bunda birinchi bosqichda geoaxborot
tizimning ma‘lum holatlari imitatsiyalanadi . Mazkur modellardan ham global
darajada ham regeional maqsadda foydalanilsa bo‘ladi. Masalan, imitatsion
model suv havzasining trafik darajasi o‘zgargandagi unga bo‘lgan kritik
119
eng katta yuklamani aniqlashda qo‘l keladi. Bunday modellar uchun
ob‘yektning fazoviy tavsiflari (suvning hajmi, suv havzasining ifloslangan
maydoni ) asos qilib olinadi. Lekin bu ma‘lumotlarni koordinatalar sistemasi va
proektsiyaga tayantirish shart emas.Ba‘zi bir masalalar borki
gidroelektrostansiya qurulishi tufayli suv bosgan zonalarning modeltni
yaratish , unda model joyga fazoviy tayantirilgan va uning relefi inobatga
olinishi muhim bo‘lib qoladi .
GAT modellarini bloki tarkibiga muammoni - yo‘naltirilgan dasturlar
to‘planishi ham mumkin. Masalan, ArcInto, Intergraph [44,45].
Ko‘pgina hollarda amaliy masalarni echish uchun ma‘lum bo‘lgan
usullar va modellar tanlanib olinadi . Ular bilan ishlashda ilovalar
foydalanuvchi tomonidan yaratiladi. Mavjud dasturlar ―Inventarizatsiya tahlil-
boshqarish‖ masalalarini echish imkoniyatini beradi. Lekin, masalalar va
ularga mos keladigan modellar ko‘lami shu darajada kattaki, birorta GAT
ham ularning barchasini qamrab ololmaydi. Shu sabab zamonaviy GATlarda
―boshqa dasturiy muhitga‖ o‘tish operatiyasi ko‘zda tutulgan bo‘lib,
hisoblash ishlari bitgandan keyin birlamchi dasturga qaytiladi. Matematik-
kartografik modellar modellashning mahsus sinfini tashkil etadi . [37,-b.57].
Xaritalarning tematik mazmunini tuzush va tahlil qilish uchun
xaritalarni tuzush-foydalanish tizimida matematik va kartografik modellar
majmui modellashning maxsus sinfiga kiritilgan.
Ma‘lumki, kartografik modellashtirish orqali GAT da ma‘lumotlar
tahlili qatma-qat tarzda (overleylar bo‘yicha) olib boriladi [37,-b.24].
Umuman olganda, ma‘lumotlar tahlili GAT modellaridan biri hisoblanib,
GAT texnalogiyalarning o‘zagini tashkil etadi . Modellash tufayli GATda
ko‘pgina analitik operatsiyalar avtomatizatsiyalashgan tizimlarda bajariladi.
Jumladan :
- ma‘lumotlarni formatdan-formatga o‘tkazish, vektorli shakildan rastrali
120
shakilga o‘tkazish;
- proeksiyalarni transformatsiyalash va boshqa koordinatalar sistemasiga
o‘tkazish uchun hisoblar bajarish;
- hisoblash geometriyasi usullarini qullash;
- ustma-ust keltirish;
- analitik va grafo analitik modellar yaratish;
Ushbu analitik operatsiyalarni bajarish tufayli geoaxborot tizimlarning
muhum vazifasi hisoblangan ijro uchun qarorlar qabul qilish ,prognozlash va
rejalashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Geoaxborot tizimlarda joyni raqamli modellashtirish va uning relefini
tahlil etish ko‘zda tutilgan. Bunday vazifa IDRISI geoaxborot tizimlarda
mavjud. Umuman olganda, GATda fazoviy ma‘lumotlarni tashkil etish
modellariga e‘tibor oshib bormoqda.
Geoinformatika deganda geotizimlarning raqamli informatsion modellarini
tuzish va tadqiq etish tushuniladi. Geoaxborot usullar esa tadqiqot predmeti
vositasi sifatida qaratiladigan modellar , ma‘lumot modellari va muayyan
ob‘yekt modelllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Muayyan fazoviy
ob‘yektlarning hossalari va ular to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni o‘zida mujassam
etgan fazoviy informatsion modellarning tasnifini quyidagi ierarxik tuzilma
(struktura) ko‘rinishida taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- voqeylikni ifodalovchi konseptual modellar;
- fazoviy ob‘yektlar modellari;
- fazoviy ma‘lumotlar modellari;
- ma‘lumotlar bazasini boshqarish tiziminig modeli;
121
-geofazoviy modellar.
Voqeylikning xilma-xil hossalariga asoslangan va uni interpretatsiya
va tahlili uchun zarur bo‘lgan fazoviy informatsiyani taqdim etishning 3 ta
konseptual modelli ierarhik tasnifning eng yuqori bosqichini belgilab
beradi (28-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |