4.2. Topografik ma’lumotlarni to’plash texnologiyasi
Topografik informatsiyani to‘plashda joyning topografik unsurlari uch turga
ajratiladi:
8.
xududiy unsurlar-topografik ishlar olib boriladigan uchastkalar;
9.
topografik ob‘yektlar-joylarda aniqlanadigan va o‘rganiladigan
ob‘yektlar;
10.
geometrik unsurlar-konturlar, sirtlar va nuqtalar, ya‘ni, o‘lchash
ob‘yektlari yoki sintaksis informatsiya manbalari.
Informatsiyani yig‘ish va qayta ishlash jarayonini boshqarishni ta‘minlash uchun
barcha unsurlar bir xilda aniqlanishi va identifikatsiyalanishi (o‘xshatilishi) shart.
Identifikatsiya topografik unsurlarning tarkibiy munosabatlari va informatsiyani
to‘plash usullarining texnologik xususiyatlariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Masalan, topografik informatsiya to‘plash alohida tasvir uchastkasi chegarasida
amalga oshirilib, uning o‘lchami va joylashishi informatsiyaning optimal hajmi
74
bilan belgilanadi. Tasvir uchastkasi konturi (sirtqi ko‘rinishi) yoki yaqqol ajralib
turgan kontur nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq kesmalari bilan chegaralangan
bo‘ladi. Xuddi shunday topografik ob‘yektlarning tuzilishi va identifikatsiyalash
omillari belgilab olinadi. Masalan, murakkab va oddiy ob‘yektlar.
Geometrik unsurlarni identifikatsiyalash ularning
iyerarxiyas
i
(darajalanish
tartibi) va o‘lchash texnologiyasining xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan,
murakkab kontur, oddiy kontur, unsur konturi va tasvir nuqtasi.
Demak, to‘plangan va qayta ishlangan topografik unsurga tegishli informatsiya
GAT ma‘lumotlar bazasining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Information
jarayonning har qanday bosqichida shakllantirilgan topografik informatsiyalar
to‘plami ma‘lum bir tarkibiy munosabatlarda bo‘lib, xilma-xil shakllarda taqdim
etiladi (18-rasm).
Bu xilma-xillik ma‘lumotlarni to‘plash usullarining (geodezik, fotografik,
kartometrik) xususiyatlari va informatsiyani ishlab chiqish jarayonlari bosqichlari
tufayli vujudga keladi [14,28,29,32,35].
Topografik informatsiya taqdim etilish shakli bo‘yicha analitik, raqamli,
analogli (grafikaviy, fotografik) bo‘ladi. Ular alohida yoki birgalikda qo‘llanishi
mumkin. Masalan, grafo-analitik shaklda. Informatsiya bir shakldan ikkinchisiga
maxsus
texnik
vositalar
yordamida
(digitayzer,
registrator,
grafopostroitel)o‘tkaziladi.
Topografik informatsiya unsurlar yig‘indisi va ushbu unsurlardan ma‘lum
bir qoidalar asosida tuzilgan konstruksiyalardan iborat. Topografik
informatsiyani to‘plash va qayta ishlashning har bir bosqichiga o‘zining
information tuzilmasi va formati mos keladi. Lekin ularni umumlashtirish va
cheklangan namunali tuzilma va formatlarga keltirish mumkin. Masalan,
joyni xaritalash tizimidagi informatsiyaning shakllanishini uch bosqichga
keltirish mumkin: tasvirga olish bilan bog‘liq informatsiyalar, tizim ichidagi
informatsiya va tizim tashqarisidagi informatsiya. Birinchi bosqichdagi
informatsiyani tuzilishi va formati ma‘lumot to‘plash usullari, tarzi,
asboblarning o‘ziga xos xususiyatlariga javob beradi. Ularning ta‘sir doirasi
75
ma‘lumotlarni to‘plash va xomaki qayta ishlash tizimi bilan chegaralanadi.
Ikkinchi bosqich informatsiyalari ikki tizimli tavsifga ega bo‘lib,
tagtizimlarning o‘zaro munosabatlarni oziga aks etadi. Uchinchi bosqich
informatsiyalari xaritalash jarayoni tizimlarining boshqa tizimlar bilan
o‘zaro ta‘sirini ifodalaydi. Shuning uchun ham uning shakli va tuzilishi
foydalanuvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
So‘z vositasida ifodalangan informatsiya raqamli xaritalashning asosiy
unsurlaridan hisoblanib, ular birinchi navbatda ma‘lumotlarning mazmun-
mohiyatini to‘liq va aniq ifodalash umumlashtirish, EHMda qayta ishlab chiqish,
joy modelini tuzish va tahrirdan chiqarishdagi mantiqiy jarayonlarda ma‘lumotlar
bilan murakkab amallar (manipulyatsiya) bajarish imkonini ta‘minlashi kerak
So‘z vositasida ifodalangan topografik informatsiyadan foydalanish
shakllaridan biri bu ularni tasniflash va kodlash. Bunday tizimlar alohida
masshtablar yoki masshtablar qatori, yoki maxsus masalalar uchun tuzilgan bo‘lib,
boshlang‘ich ma‘lumotlarni ya‘gona formatlashtirilgan ko‘rinishda, informatsiyani
qayta ishlashning oraliq natijalari va butun jarayonning yakuniy natijalarini joining
xilma-xil modeli ko‘rinishida taqdim etish imkonini yaratadi.
Zamonaviy topografiyada boshlang‘ich informatsiyani to‘plash uchun uchta
asosiy usul qullaniladi: Fototopografik, geodezik va kartometrik. Ularning o‘zaro
farqi quyidagilardan iborat [14,28,29,35].
Geodezik usuldan foydalanilganda bevosita mavjud bo‘lgan ―joy uchastkasi‖
uzluksiz tizimini ma‘lumotlarni to‘plash avtomati keyinchalik kuzatiladigan diskret
topografik unsurlarga aylantirib beradi. Fototopografik usulda esa joy avvaliga uzluksiz
tizim ―surat‖ shaklida tasvirlanib, keyin unda topografik unsurlar ajratiladi. Kartometrik
(digitalizatyalash) usulda topografik unsurni o‘zida mujassam etgan kartografik
materialdan foydalaniladi. Shunday qilib, informatsiya to‘plashni asosiy usullarining
farqi birinchidan, bevosita kuzatiladigan ob‘yektda (joy uchastkasi, fotosurat, xarita),
ikkinchidan, joyni tasvirlash jarayonining ketma-ketligida o‘z ifodasini topgan. Yana
birta farqi topografik unsurlarni ajratish tamoyilida.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |