3.6. GAT da geografik ma’lumotlarni qatma-qatli taqdimoti.
Ma‘lumki, geografiya yer qobig‘ini tashkil etuvchi ko‘p sonli
komponentlarning o‘zaro munosabatlari va tasvirini o‘rganadi. [37,- 25 b]
GAT goeografiya qobig‘ini alohida komponentlari va butun tizimini ifodalaydi.
Masalan, joyning modeli bo‘lmish xaritani tashkil etuvchilari alohida- alohida
taqdim etilishi mumkin, ya‘ni, ―Qatlama‖ tuzulishida (16- rasm). Shu sababli
GAT geografik tahlili va sintezning ta‘sirchan quroliga aylanishi mumkin, chunki
unda qatlamlarning bir birga nisbatan usma-ust keltirib uzaro ta‘sir va
munosabatlarni xilma-xilligida o‘rganish imkoniyati mavjud [37,-b.25].
16-rasm.
GAT da xaritani qatma-qatli taqdim etish: a) ko‘l; b) daryo; v) yo‘l; g)
ustma-ust keltirilgan qatlam.
66
Qatlarga bo‘lish tematik xarita va atlaslarni tuzish uchun muhim jarayon
hisoblanadi. Masalan, geografik xarita tuzish zarur bo‘lsa, daryolar, ko‘llar va
boshqa shunga o‘xshash suv bilan bog‘liq ob‘yektlar va predmetlardan iborat
qatlamlarni o‘zaro ustma-ust keltirish orqali bunga erishish mumkin. Yoki
o‘rmonning kesilgan qismini xaritada ko‘rsatish kerak bo‘lsa, landshaftning boshqa
tashkil etuvchilari o‘zgarmagan taqdirda, faqat o‘rmon tasvirlangan xarita qatiga
o‘zgartirish kiritish kifoya bo‘ladi.
Geoinformatikada ma‘lumotlarni qatma-qatli taqdim etish yoki overleey
tamoili muhim tushuncha hisoblanadi. Fazoviy ob‘yektlarni qatma-qatli taqdim
etish xarita mazmunini unsurlar bo‘yicha ajratib chiqish bilan o‘xshash.
17-rasmda tematik xarita tuzish uchun kerak bo‘ladigan topografik xaritaning
informatsion manbalari va qatlari ko‘rsatilgan. Aytaylik, asosiy xaritadagi mavjud
daryolar tasvirlangan xarita qati, ko‘llar, suv yig‘iladigan joylar, dengizlarning
qirg‘oq chiziqlari qatlari alohida-alohida ustma-ust keltirilsa suv tizimlari tasviri
hosil bo‘ladi va uning ustiga suvning sifat ko‘rsatgichlari tasvirlangan qatlam
tushirilsa ―Suvning sifati‖ tematik xaritasi hosil boladi. Shunga o‘xshash zarur
bo‘lgan soha bo‘yicha xarita va atlaslarni avtomatik ravishda tuzish imkoni
yaratiladi.
Geoaxborot tizimga informatsiyani rastrali usulda kiritish orqali yagona
umumiy qatlamga ega bo‘linadi. Natijada tematik xaritalar tuzish uchun uni
qatlarga bo‘lish zarurati tug‘iladi.
Hozirgi vaqtda bu yumushlar mexanik (qo‘l yordamida) yoki avtomatik ravishda
amalga oshirilishi mumkin. Avtomatik usulda Vektorizator deb atalgan maxsus
kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Bu jarayon vektorizatsiyalash deyiladi.
Rastrli tirkagich (podlojka) vositasida xaritalarni tuzish katta hayotiy
dasturlarni ishlab chiqishda keng qo‘lanilmoqda [37,-b.26.,32,-b37].
67
Do'stlaringiz bilan baham: |