16-rasm.
Ob‘yektlarni kodlash.
Bu holda xatolik bo‘lishi muqarrar. Shuning uchun kiritiladigan ma‘lumotlar
taxrirdan o‘tkazilishi shart.
Chiziqlar kesmalarining ketma-ketligiga ZVENO deyiladi. Har bir uchuda
tuguni bo‘lib, o‘zaro kesishmaydigan kesmalarning yo‘naltirilgan ketma-ketligiga
ZANJIR deyiladi. Raqamlash jarayonida zanjir koordinatalari ma‘lum bir
yo‘nalishda kiritilishi shart. Zanjirga chap yoki o‘ng identifikator beriladi. Uzel
tutash joy bu o‘lchamsiz ob‘yekt bo‘lib, topologik tutashish hisoblanadi.
Topologiya-
bu topologik fazolarning geomorfizmda o‘zgarmaydigan
xossalarini o‘rganuvchi fan [24,25,-b.267].
Geografik ob‘yektlar to‘plarinig kesishmasi va ular majmuining birlashmasi
topologik fazoni tashkil etadi. Geomorfizm esa yer sirti shakllari va tashqi
ko‘rinishlarini paydo bo‘lish jarayoni.
Demak , geografik ma‘limotlar majmuini bir to‘plam sifatida idrok etish,
ob‘yektlarning uzel, zanjir va halqa sifatida belgilash yoki xalqalarning
63
tutashtiruvchi zanjirlarni va zanjirlarni tutashtiruvchi uzellarni bir majmuiga
to‘plashni topologiya omillari va qoidalari ta‘minlaydi [37,-b.20].
Raqamli va qog‘ozdagi xaritalarda taqdim etilgan ob‘yektlarning qaysi
turidan foydalanish afzalroq degan savol tug‘iladi. Bu yechiladigan masalalar
ko‘lami va xaritalar masshtabiga bog‘liq. Masalan 1:1000 masshtabli xaritada
yakka tartibda turgan bino polygon sifatida ko‘rsatiladi, 1: 100 00 masshtabli
xaritada shu ob‘yekt simvolga aylanadi. Xuddi shunday 1:10 000 masshtabda
daryo poligon sifatida ko‘rsatilsa, 1:1000 000 masshtabda u chiziqqa aylanadi.
Agarda biz 1:100 000 masshtabli raqamli xaritani 1:100 000 masshtabli xaritadan
foydalanib tuzsak, hosil bo‘lgan xaritani tushunish yoki o‘qish qiyin bo‘ladi.
Undagi ob‘yektlarni polygon, chiziq, nuqta va simvollarga aylantirib taxrirdan
chiqargandan keyin umumlashtirish amalini bajarish kerak.
GATda ma‘lumotlarni taqdim etish uchun asosan ikkita texnologiyadan
foydalaniladi: vektorli va rastrali. Shuning uchun GAT lar vektorli va rastraliga
ajratiladi.
Vektorli GAT- texnologiya koordinatalari aniq bo‘lgan bir qator nuqtalardan
foydalanib, ular o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirilganda ob‘yektning
grafikaviy obrazini yaratadi (15-(a) rasm).
Ob‘yektning joylashish o‘rni uning xossalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bilan
to‘ldiriladi. Ular maxsus ma‘lumotlar bazasida saqlanadi. Masalan, ko‘llarning
vektorli xaritasi (qati) daryolar ifodalangan qati, dengizlarning qirg‘oq zonasi qati
bilan birlashtirilib ular to‘g‘risidagi nomlar yoki boshqa ma‘lumotlar bilan
qovushtirilishi mumkin [37,-b.21].
Rastrali GAT- texnologiya yacheykalar (to‘r ko‘zlari) majmui ko‘rinishidagi
ob‘yektlarning fazoviy joylashuvi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni taqdim etadi. Xar bir
to‘r ko‘zi ob‘yektlarning ma‘lum bir nuqtadagi xossasi to‘g‘risida ma‘lumotga ega
bo‘ladi. (15-(b)rasm).
64
Do'stlaringiz bilan baham: |