13-rasm.
GAT ning ish joyidagi texnik vositalari.
Tizimga raqamli informatsiyani kiritish texnik vositasi sifatida
digitayzer
lardan
foydalaniladi. Xaritalarning grafikaviy unsurlari yoki qog‘ozda ifodalangan boshqa
informatsion manbalarni maxsus kursor yordamida EHM operatori tomonidan
raqamlashtirishni ta‘minlovchiga uzatuvchi qurulmaga
digitayzer
deyiladi.
Muntazam tartibli to‘r yacheykalari (ko‘zlari) bo‘yicha informatsiyani
qatorlar bo‘ylab avtomatik tarzda solishtirib o‘qiydigan va uzatadigan asbobga
yoki qurulmaga SKANER deyiladi.
Digitayzer vositasida vektorli tasvir hosil bo‘ladi, ya‘ni (x,y) koordinatalar
va unsurlarni (ob‘yektlarni) identifikatsiyalash parametrlari to‘plami vektor sifatida
tasvirlanadi. Boshqacha qilib aytganda barcha mavjud berilgan boshlang‘ich
ma‘lumotlar vekorlar to‘plami xolatiga keltiriladi.
Skaner vositasida esa rastrali tasvir hosil qilinadi, ya‘ni u matritsa
(to‘r) ni
tashkil etuvchi ystun va qatorlar soni tasvir unsurining qiymati (piksel) bilan
tavsiflanadi. Odatda piksel grafikaviy tasvir rangining kodini uziga saqlaydi [11,-
b.10-12; 38,-b.39-40].
EHM
Xarita
ma’lumotlarini
bosmaga uzatish
Printer
Plotter
Boshqa foydalanuvchilar bilan bog’lanish
elektron pochta
Modem
................................................................ +++
………………………………………………..
+
_ _
Digitayzer
Tabletka
Skaner
Kompakt disk
CD
Flesh disk
Informatsiyani kiritish tizimi
Xaritalar
Klaviatura
Ekzel jadvallari
Vektorli GAT “Map Grafix”
Relyatsion ma’lumotlar bazasi Fox Pro
Rastrali GIS “Map II”
56
Digitayzer elektron grafikli planshet va indikatordan iborat bo‘lib, indicator
sifatida kursordan (belgili plastinka) foydalaniladi. Xarita, fotosurat yoki boshqa
qog‘ozda o‘z ifodasini topgan xujjat
grafikli planshetning yassi yuzasiga
joylashtiriladi.
Zamonaviy planshetlarda simlar to‘ri montaj qilingan bo‘lib, ular kursor
ilg‘ab olishi (payqashi) uchun magnit maydoni hosil qiladi. Ushbu to‘r
digitayzerning koordinatalar sistemasini aniqlab beradi. Planshet yuzasi bo‘ylab
harakatlanadigan indikatorning o‘rni kompyuterda belgilanib, (x,y) koordinatalari
0,1 mm aniqlikda topiladi.
Ba‘zi bir planshetlarda koordinatalarni o‘zgartirish funksiyasiga ega bo‘lgan
moslamalari bo‘ladi va ular ma‘lumotlarni asosiy prosessorga uzatgunga qadar
qayta ishlash imkonini yaratadi. Hozirgi kunda informatsiyani tizimga kiritish
uchun maxsus dasturlar (Arc Info) ishlab chiqilgan va ular qayd qilingan barcha
funksiyalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Odatda kursorda boshqaruv
knopkalari (4tadan 17 tagacha) joylashtirilgan bo‘lib, ular planshetdan kompyuter
displeyi va klaviaturasiga e‘tiborni almashtirmasdan tizimni nazorat qilsh imkonini
yaratadi. Grafikli planshetlar 25x25 dan 200x150 sm (A4-A0 formatlar)
o‘lchamlarda bo‘ladi.
Tasvirlarni tizimga kiritish uchun elektromexanik skanerlar qo‘llaniladi.
Sharda skanirlaydigan qurulma yorug‘lik manbai va fotodektordan iborat bo‘lib,
oynali tekislik ostida joylashtirilgan bo‘ladi va uning vazifasi tekislikda
joylashtirilgan tasvirlanadigan predmetdan qaytgan yoki o‘tgan yorug‘lik nurini
yig‘ib olish. Skanerlanadigan materialga nisbatan qurilma ko‘ndalang yo‘nalishda
harakatlanganda fotodetektor suratning bitta chizig‘ini skanerning siyraksizlanish
darajasi belgilaydigan qadam bilan solishtirib o‘qiydi. Bunda suratdan qaytgan
signallar solishtirib o‘qiladi va raqamli kodlarga aylantiriladi hamda rastra unsuri
qatorini, ya‘ni piksellarni tashkil etadi. Ularning soni tasvir kengligini skanerning
siyraklashish darajasi nisbatiga teng. Skanerlash jarayonida skanerlash qurilmasi
57
siljib rastra unsurlarining ya‘ni, qatorlarini hosil qiladi. Skanirlash darajasi (unsur
o‘lchami) ba‘zi bir qurulmalarda 12,5 mkm, skanerlanayotgan tasvirning bir
tomoni bir metrgacha bo‘lishi mumkin. Odatda skanerning siyraksizlik darajasi
dyumda o‘lchanadi va 75 dan 1200 dpi gacha (bir dyumga to‘g‘ri keladigan
nuqtalar soni) o‘zgaradi.
Skanerlash qurilmasida fotodetektorlar to‘plami mavjud bo‘lgan
mexanizmlar borki, ular bir vaqtning o‘zida rastra qatorlarining bir nechtasi
bo‘yicha ma‘lumotlarni yig‘ib oladi. Skanirlanayotgan xujjat bo‘yicha
harakatlanayotgan detektorlar to‘plami qatorlar tasmasini shakllantiradi. Shu
yo‘sunda barcha ustunlar skanerlangandan keyin detector qatorning navbatdagi
tasmasiga o‘tadi.
Skanerlashning har qanday usulida ham natijada raqamlar matritsasi hosil
bo‘ladi. Bunda qatorlar va ustunlarning tartib raqamlari tasvirni raqamlashtirilgan
nuqtalarining koordinatalari hisoblanadi, raqamlar signalni o‘zgartiruvchining
siyraksizlanish drajasiga bog‘liq bo‘lib, nuqtaga 2, 8 yoki 16 bit o‘lchamdagi
informatsiyaga ega bo‘ladi. Demak tasvirni oq-qora, yarimtonda yoki to‘liq rangda
taqdim etish imkoniyati tug‘iladi. Bayon qilingan qurulmalar, kompakt disk, flesh
disk, ―sichqon‖ bilan birgalikda informatsiyani kiritish tizimini tashkil etadi va ular
maxsus dasturlar vositasida boshqariladi.
Ma‘lumotlarni bosib chiqarish tizimi yakka tartibdagi grafikaviy qurilmalar
to‘plamidan iborat. Ular monitor (displey)- ekranda tasvirni ko‘z bilan ko‘rish
(vizuallashtirish) va tahlil qilish uchun; printerlar- qatorlab qog‘ozga nashr qilish
uchun; grafopostroitellar- xaritalar chizish uchun. Bu qurulmalar o‘z navbatida
rastrali va vektorli bo‘lishi mumkin.
Rastrali qurilmalar bir xil o‘lchamli unsurlar bilan to‘ldiriladigan
(chiziladigan) tasvirlarni ko‘radi. Bularga monitor ekrani va matritsali yoki
rangni tizzillab o‘qishga moslashgan printerlar kiradi.
58
Vektorli qurilmalar (masalan grafopostroitel) areallarni buyab, chiziqlar
chizish orqali tasvirlarni ko‘radi.
Vektorli tasvirlar ekranda (rastrli qurilmada) uni ko‘rsatish uchun rastraga
aylantiradigan vektorli komandalar orqali harakatga keltiriladi.
Interfaol grafikli video qurilmalar foydalanuvchilarga ob‘yektlar va ular atrofidagi
muhitni tanlash imkonini yaratadi. Monitor ekranida tasvirni ko‘rsatish uchun u
EHM xotirasidan sekundiga 60-80 hatto 100 marotabagacha tezkor chaqiriladi.
Tasvirning o‘zi ekranda belgilangan xolatlardagi tasvir unsurlari (piksel)larni
yoritish orqali shakllantiriladi. Odatda tasvirning siyraksizlanish darajasi deb
nuqtalar orasidagi minimal ilg‘ash mumkin bo‘lgan masofa yoki masofa birligiga
to‘g‘ri keladigan, farqlash mumkin bo‘lgan chiziqlarning maksimal soni
tushuniladi. Piksellar markazi orasidagi masofa monitoring nuqtali qadami
deyiladi.
Ushbu masofa tasvirning ravshanligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Qadam
qanchalik kichik bo‘lsa ravshanlik shuncha yuqori bo‘ladi. Odatda rangli
monitorlarda qadam 0,28 mm ni tashkil etadi. Ekran monitorining ravshanligi
qadam o‘lchami (zarra) yoki piksellarning qator va ustunlari soni bilan belgilanadi.
Masalan 640x480, 800x600. Yuqori sifatli grafiklar uchun ekranlar 1280x1024 va
undan ortiq bo‘lgan siyraksizlantirish darajasiga ega bo‘lishi kerak. Ekranning
o‘lchami ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi va u 14 dan 21 dyumgacha bo‘ladi.
Monitorlar nurli-elektron trubkali va suyuq kristalli bo‘ladi. Bugungu kunda uch
o‘lchamli stereotasvir beradigan qurulmalar ham qo‘llanilmoqda.
Zamonaviy
tezkor
bosma
uskunalarda
lazer
va
kserografiyadan
foydalaniladi. Ularning afzalligi 1 dyumga 300 dan 2000 gacha nuqta to‘g‘ri
keladigan siyraksizlik darajasini ta‘minlashda va natijada fotografiya yoki
poligrafiya sifatiga ega bo‘lgan tasvirlarga erishishdir.
59
Ma‘lumotlar bazasi va electron jadvallar bilan ishlash uchun Map Grafix,
Fox Pro, MapII, Atlas Map Maker, Nubase, Exsell, Hyper card dasturlardan va
matn redaktori Word dan foydalaniladi.
Zamonaviy geoaxborot tizimlarning afzalliklaridan biri bu boshqa
kompyuterlar bilan aloqa vositasida bo‘lish ya‘ni, bir guruh kompyuterlar tarmog‘i
bilan ish olib borish. Bunda kompyuterlardan biri asosiy (server) hisoblanadi.
Tarmoqda ish olib borilganda taqsimlangan maxsus ma‘lumotlar bazasi yaratiladi
va ish ―klient-server‖ tizimida tshkil etiladi. Kompyuterlar tarmog‘i lokal yoki
global bo‘ladi. Buning uchun aloqa vositalari modemlardan foydalaniladi.
(Masalan ―Constation‖ yoki ―Apple Link‖).
Bugungu kunda Internet tarmog‘idan keng foydalanilmoqda. Buning uchun
qayd qilingan texnik vositalar va maxsus dasturiy ta‘minot zarur bo‘ladi. Internet
tarmog‘i orqali GRID global resurs ma‘lumotlar tizimiga kirish va undan
foydalanish orqali 1:1000 000, 1:2000 000 masshtabli topografik xaritalar, atrof
muhit to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, yer sun‘iy yo‘ldoshlaridan yuboriladigan kosmik
suratlarni qabul qilib olish mumkin. [3,9,20,22,27,31,50,51].
GAT ning ish joyidagi texnik vositalaridan foydalanish va ularning dasturiy
ta‘minoti to‘g‘risidagi ma‘lumotlar GAT texnologiyalarni tashkil qilishga
bag‘ishlangan boblarda batafsil ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |